Laminarda ishlash tartibi eritmalar tayyorlash uchun idishlarni sterillash
Download 323.45 Kb.
|
LAMINARDA ISHLASH TARTIBI ERITMALAR TAYYORLASH UCHUN IDISHLARNI STERILLASH..
- Bu sahifa navigatsiya:
- Suv yutuvchi moddalar
- Sirpantiruvchi agentlar
- Kapsula massasini tayyorlashda ishlatiladigan yordamchi moddalar
Хiralashtiruvchilar – bu moddalar noshaffof kapsulalar olishda ishlatilib, ular jelatina massasida mayda dispers suspenziya hosil qiladi. Bu maqsadda asosan titan oksidi ishlatiladi, kamdan-kam hollarda alyuminiy oksidi va kalsiy karbonat (CAS № 471-34-1) lardan ham foydalaniladi.
Suv yutuvchi moddalar – bu moddalar agar kapsula gigroskopik moddalar bilan to’ldirilsa undagi namlikni shimib olishni oldini oladi. Bu maqsadda asosan polipeptidlar, oligosaxaridlar, kraxmal (CAS № 9005-25-8) va boshqa suv shimuvchi moddalar ishlatiladi. Dezintegrantlar – jelatina kapsulalari uzoq vaqt saqlanganda ham ularning parchalanishini ta’minlaydi (jelatina kollagendan olingandan so’ng eskirish xususiyatiga ega). Bu maqsadda aminokislotalar, proteinlar, kazein, kroskarmelloza, tvinlar, natriy gidrokarbonat ishlatiladi. Bundan tashqari dezintegrantlar dori moddani tez ajralishiga ham yordam beradi. Bundan tashqari kapsula qobig’ini tez parchalanishini ta’minlash uchun ayrim gazlardan foydalaniladi. Bu maqsadda kislorod, azot, uglerod (II) oksidi, argon va boshqa gazlar ishlatiladi. Yapon olimlari tomonidan taklif qilingan jelatinani yantar angdridi bilan ishlov berish usuli bu borada diqqatga sazovordir. Sirpantiruvchi agentlar – kapsulalarni yopishib qolishdan saqlaydi. Bularga D-mannit, D-sorbit (ТSh 64-5-17-80), ksilit kiradi. Aromatizatorlar – kapsulalarga hushbo’y hid berish maqsadida, ba’zi hollarda jelatinali asosga efir moylari, essensiya, etil-vanilin 0,1% kabi aromatizatorlar qo’shilishi mumkin. Тa’mini yaxshilash maqsadida esa shakar qiyomi, saxaroza, glyukoza va b. yordamchi moddalar ishlatiladi. Kapsula massasini tayyorlashda ishlatiladigan yordamchi moddalar Bir yoki bir nechta biologik faol ta’sirga ega bo’lgan moddani yordamchi moddalar bilan yoki yordamchi moddalarsiz kukun, granula, pellet, mikrodraje, suyuq yoki gazsimon yadroli mikrokapsula, pasta, tabletkalar, jelatin kapsulalar yoki ularning turli xil kombinatsiyalari bilan kapsulaga joylash uchun, to’ldiriluvchining o’ziga xos xususiyatlarini inobatga olgan holda turli xil, tibbiyotda qo’llashga ruxsat etilgan yordamchi moddalardan foydalanish mumkin. Foydalaniladigan yordamchi moddalarni indifferent bo’lishi maqsadga muvofiqdir. Odatda kerakli og’irlikga yetkazish uchun qattiq kapsulalarda to’ldiruvchilar, yumshoq kapsulalarda erituvchilardan foydalaniladi. Qattiq kapsulalar uchun bu maqsadda sut qandi, MKS, kalsiy digidrofosfat va boshqa moddalar ishlatiladi. Bular kerakli miqdorda og’irlik hosil bo’lishi va kapsulalanadigan massaning texnologik ko’rsatkichlarini me’yorlashga yordam beradi. Yumshoq jelatina kapsulalariga indifferent to’ldiruvchi sifatida o’simlik moylari, polietilenoksid aralashmalari kamdan-kam hollarda silikon moylari va murakkab tarkiblilariga esa yuqoridagilardan tashqari glitserin, propiletilenglikol, tvin-80 va boshqa yordamchi moddalar ishlatiladi. Download 323.45 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling