“lan tarmog’ida qo’llaniladigan asosiy qurilmalar”


Tarmoqni mantiqiy strukturalash


Download 0.59 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/6
Sana25.01.2023
Hajmi0.59 Mb.
#1120549
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
tarmoq 2-mustaqil ish

Tarmoqni mantiqiy strukturalash. Mahalliy tarmoqlarni mantiqiy strukturalash 
yagona ajratiladigan muhitni bir necha avtonom ajratiladigan muhitlarga 
segmentlashtirish va olingan segmentlarni ko’priklar, kommutatorlar va 
marshrutizatorlar yordamida ulashdan iborat (6.5-rasm).


Sanab o’tilgan qurilmalar o’zining bir portidan ikkinchi portiga kadrlarni, mana shu 
kadrlarga joylashtirilgan va jo’natiladigan manzillarni tahlil etish bilan uzatadi. 
Ko’priklar va kommutatorlar kanal pog’onasining tekis manzillari, ya’ni MAS-
manzillar asosida kadrlarni uzatish operasiyasini bajaradi, marshuritizatorlar esa bu 
maqsad uchun tarmoq pog’onasining iyerarxik manzillaridan foydalanadi. 
Mantiqiy strukturalash bir necha masalalarni, ulardan asosiylari samaradorlikni, 
ixchamlilikni, xavfsizlikni va boshqariluvchanlikni yechish imkonini beradi. 
Unumdorlikni oshirish. Mantiqiy strukturalashning bosh maqsadi bo’lgan 
unumdorlikni oshirishning samarasini ko’rsatish uchun yuklamalarni segmentlarga 
bo’lishda yuklamaning o’zgarishini ko’rib chiqamiz (6.6-rasm). Rasmda ko’prikli 
ulangan ikkita Ethernet segmenti tasvirlangan bo’lib, segmentlar ichida 
takrorlagichlar ishlaydi. Tarmoqni segmentlarga bo’linishgacha bog’lamalar hosil 
qilmaydigan trafik umumiy bo’lib, faqat takrorlagichlar orqali o’tadi va tarmoqdan 
foydalanish koeffisiyentini aniqlashda hisobga olinadi. Agar i bog’lamadan j 
bog’lamaga boradigan trafikning o’rtacha jadalligi (intensivligi) C
ij
orqali belgilansa, 
u holda segmentlarga bo’linishgacha tarmoq uzatishi kerak bo’lgan yig’indi trafik 
barcha bog’lamalarning 

ij
C
yig’indi trafigiga teng bo’ladi. Tarmoqni segmentga 
bo’linmaganligini hisobga olib bu yig’indini quyidagi ko’rinishda tasvirlash 
mumkin: 

ij
C
=S1+S1/S2+S2, 
bu yerda S1-birinchi segmentning ichki trafigi;
S2-ikkinchi segmentning ichki trafigi;
S1/S2-segmentlararo trafik. 
1 ажратила-
диган муҳит 
2 ажратила-
диган муҳит 
3 ажратила-
диган муҳит 
6.5-расм. Тармоқни мантиқий структуралаш 


Har bir ajratilgan segmentlar uchun alohida yuklamani hisoblaymiz. Masalan, 1 
segment uchun yuklama S1+S1/S2 bo’ldi. Demak, 1 segmentga yuklama 
bo’linishdan keyin ikkinchi segmentning ichki trafigi qiymatigacha kamaydi. Bu 
hisoblarni ikkinchi segment uchun takrorlash mumkin. Natijada segmentlardagi 
kechiktirish kamayadi, bitta bog’lamaga to’g’ri keladigan foydali o’tkazish 
xususiyati ortdi. 
Tarmoqni segmentlarga bo’lish doimo yangi segmentlarda yuklamani kamaytiradi 
(butun trafik segmentlararo bo’lmagan hollarda). Amalda tarmoqda doimo umumiy 
masalani yechadigan idora xodimlariga tegishli kompyuterlar guruhini ajratish 
mumkin. Bu bitta ishchi guruh, bo’lim, korxonaning boshqa tashkiliy qismining 
xodimlari bo’lishi mumkin. Ko’p hollarda ularga o’zlarining bo’limlari bo’yicha 
resurslari, faqat kam hollarda masofaviy resurslarga ulanish zarur bo’ladi. 

Download 0.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling