“lan tarmog’ida qo’llaniladigan asosiy qurilmalar”
Download 0.59 Mb. Pdf ko'rish
|
tarmoq 2-mustaqil ish
- Bu sahifa navigatsiya:
- Serverlar uchun
Mijoz kompyuterlar uchun mo’ljallangan adapterlarda ishning anchagina qismi
drayverlarga yuklanadi, shuning uchun ham ular sodda va narxi arzon bo’ladi. Bunda kadrlarni operativ xotiradan tarmoqqa uzatish kabi ishlar bajarilishi kerak bo’lgani uchun kompyuter markaziy prosessorining ish yuklamasi ortadi. Serverlar uchun adapterlar o’zining prosessorlariga ega bo’lib, ular kadrlarni operativ xotiradan tarmoqqa uzatish va aksincha ishlarning katta qismini mustaqil bajaradi. Qanday protokolni amalga oshirishiga qarab Ethernet, Token Ring, FDDI adapterlarga ajratiladi. Fast Ethernet protokoli avtomuloqot amali hisobiga avtomatik tarzda tarmoq adapteri ish tezligini tanlash imkoni mavjud, shuning uchun hozirgi kunda Ethernet adapterlari ikki xil tezlikni quvvatlaydi va uning rusumida o’zining 10/100 qo’shimchasi bor. Tarmoq adapterlarida kadrlarga konveyerli ishlov berish sxemasi amalga oshirilgan, ya’ni kadrni kompyuter operativ xotirasidan qabul qilib olish va uni tarmoqqa uzatish vaqt bo’yicha birga olib boriladi. Shunday ekan, bir necha daslabki kadr baytlari qabul qilib olinishi bilan ularni uzatish ham boshlanadi. Bu esa «operativ xotira – adapter – fizik kanal – adapter – operativ xotira» bog’liqligidagi ish jarayoni unumdorligini sezilarli (25-55 % ga) oshiradi. Adapterlar uning unumdorligi va ishonchliligini oshiruvchi, shu bilan birga narxining arzonlashishiga olib keluvchi integral sxemalarda maxsus ishlab chiqariladi. «Xotira-adapter» kanalining unumdorligini oshirish tarmoqning umumiy umumdorligini oshirish uchun juda muhim hisoblanadi. Shunday ekan istalgan marshrut bo’yicha kadrning harakat tezligi, misol uchun konsentratorlar, kommutatorlar, marshrutizatorlar, global aloqa kanallarida unumdorlik tezlik jihatidan eng kichik bo’lgan element orqali aniqlanadi. Shuning uchun, agar server yoki mijoz kompyuter tarmoq adapteri sekin ishlasa, hyech qanday kommunikasion qurilma tarmoq tezligini oshirib bera olmaydi. Hozirgi kunda ishlab chiqarilayotgan tarmoq qurilmalarini to’rtinchi avlod tarmoq qurilmalariga qo’shish mumkin. Bu adapterlarga albatta ASIC (Application-Specific Integrated Circuit) integral sxemalari kiradi. Ular MAS pog’ona vazifasini, bundan tashqari ko’p sonli yuqori pog’ona vazifalarini bajaradi. Bunday vazifalar yig’indisiga masofaviy monitoring agentini quvvatlash, kadrlar birinchiligini tartiblash sxemasi, masofadan turib kompyuterni boshqarish vazifalari kiradi. Adapterning server variantlarda deyarli albatta quvvatli prosessor bo’ladi. Download 0.59 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling