“lan tarmog’ida qo’llaniladigan asosiy qurilmalar”


Download 0.59 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/6
Sana25.01.2023
Hajmi0.59 Mb.
#1120549
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
tarmoq 2-mustaqil ish

Mijoz kompyuterlar uchun mo’ljallangan adapterlarda ishning anchagina qismi 
drayverlarga yuklanadi, shuning uchun ham ular sodda va narxi arzon bo’ladi. 
Bunda kadrlarni operativ xotiradan tarmoqqa uzatish kabi ishlar bajarilishi kerak 
bo’lgani uchun kompyuter markaziy prosessorining ish yuklamasi ortadi. Serverlar 
uchun adapterlar o’zining prosessorlariga ega bo’lib, ular kadrlarni operativ 
xotiradan tarmoqqa uzatish va aksincha ishlarning katta qismini mustaqil bajaradi.
Qanday protokolni amalga oshirishiga qarab Ethernet, Token Ring, FDDI 
adapterlarga ajratiladi. Fast Ethernet protokoli avtomuloqot amali hisobiga 
avtomatik tarzda tarmoq adapteri ish tezligini tanlash imkoni mavjud, shuning uchun 
hozirgi kunda Ethernet adapterlari ikki xil tezlikni quvvatlaydi va uning rusumida 
o’zining 10/100 qo’shimchasi bor.
Tarmoq adapterlarida kadrlarga konveyerli ishlov berish sxemasi amalga oshirilgan
ya’ni kadrni kompyuter operativ xotirasidan qabul qilib olish va uni tarmoqqa 
uzatish vaqt bo’yicha birga olib boriladi. Shunday ekan, bir necha daslabki kadr 
baytlari qabul qilib olinishi bilan ularni uzatish ham boshlanadi. Bu esa «operativ 
xotira – adapter – fizik kanal – adapter – operativ xotira» bog’liqligidagi ish jarayoni 
unumdorligini sezilarli (25-55 % ga) oshiradi. Adapterlar uning unumdorligi va 
ishonchliligini oshiruvchi, shu bilan birga narxining arzonlashishiga olib keluvchi 
integral sxemalarda maxsus ishlab chiqariladi.
«Xotira-adapter» kanalining unumdorligini oshirish tarmoqning umumiy 
umumdorligini oshirish uchun juda muhim hisoblanadi. Shunday ekan istalgan 
marshrut bo’yicha kadrning harakat tezligi, misol uchun konsentratorlar, 
kommutatorlar, marshrutizatorlar, global aloqa kanallarida unumdorlik tezlik 
jihatidan eng kichik bo’lgan element orqali aniqlanadi. Shuning uchun, agar server 
yoki mijoz kompyuter tarmoq adapteri sekin ishlasa, hyech qanday kommunikasion 
qurilma tarmoq tezligini oshirib bera olmaydi.


Hozirgi kunda ishlab chiqarilayotgan tarmoq qurilmalarini to’rtinchi avlod tarmoq 
qurilmalariga qo’shish mumkin. Bu adapterlarga albatta ASIC (Application-Specific 
Integrated Circuit) integral sxemalari kiradi. Ular MAS pog’ona vazifasini, bundan 
tashqari ko’p sonli yuqori pog’ona vazifalarini bajaradi. Bunday vazifalar 
yig’indisiga masofaviy monitoring agentini quvvatlash, kadrlar birinchiligini 
tartiblash sxemasi, masofadan turib kompyuterni boshqarish vazifalari kiradi. 
Adapterning server variantlarda deyarli albatta quvvatli prosessor bo’ladi.

Download 0.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling