Landshaftshunoslik landshaftning ichki tuzilishi


puxta va har tomonlama mukammal ishlab chiqilmagan. Buning


Download 1.33 Mb.
bet5/8
Sana20.06.2023
Hajmi1.33 Mb.
#1633769
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Tojiboyev Landshaftshunoslik

puxta va har tomonlama mukammal ishlab chiqilmagan. Buning
asosiy sababi landshaftlarning morfologik qismlarini xaritaga
tushirish tajribasi ham kam ekanligidadir.
Landshaftlarning morfologik qismlari ichida eng kattasi joy
(местность) deb ataladi.
Joy deganda ma'lum landshaft uchun xos bo‘lgan urochishelar
yig‘indisining alohida varianti tushuniladi.
Geografik adabiyotda "joy turi" degan atama ham teztez uchrab turadi (F.N.Milkov, 1956). Joy turlari
landshaftlarning morfologik qismi hisoblanmaydi-ku,
ammo u ham xo‘jalikda foydalanishi nuqtai nazaridan
qaraganda nisbatan bir xil bo‘lgan yirik tabiiy hududiy
kompleksdir va urochishelarning majmuidan iboratdir.
Shunday qilib, landshaft o‘zidan kichik bo‘lgan
komplekslardan, ya'ni morfologik qismlardan tashkil
topgan murakkab tabiiy hududiy kompleksdir.
Landshaftning har bir morfologik qismi ham o‘ziga xos
xususiyatga ega bo‘lgan kompleks deb qaralishi bilan
birga, ular ayrim o‘xshash belgilarga asoslangan holda
tasnif qilin ishi mumkin, ya'ni tipologik birlik sifatida
qaralishi mumkin.
Landshaftlar boshqa har qanday geotizimlar
singari komponentlardan, ya'ni tarkibiy qismlardan
tuzilgandir. Shu bilan birga ular kichikroq bo‘lgan
geotizimlar, ya'ni morfologik qismlar majmuidan
iboratdir.
Landshaftlar ochiq geotizim bo‘lganligi uchun ular
ma'lum muhitda shakllanadi, mavjud bo‘ladi, yonatrofdagi qo‘shni landshaftlar bilan ham o‘zaro ta'sir
va aloqada bo‘ladi, ya'ni har bir landshaft o‘zidan
katta bo‘lgan geotizimning bir qismidir.
Landshaftning ichki
Landshaftning ichki tuzilishi deganda biz faqat
uning komponentlari va morfologik qismlarining

Download 1.33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling