Landshaftshunoslik landshaftning ichki tuzilishi


joylashish tartibinigina emas, balki ular orasida


Download 1.33 Mb.
bet6/8
Sana20.06.2023
Hajmi1.33 Mb.
#1633769
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Tojiboyev Landshaftshunoslik

joylashish tartibinigina emas, balki ular orasida
muttasil ro‘y berib turadigan o‘zaro ta'sir va
aloqadorlikni ham tushunamiz.
Har bir landshaftdagi o‘zaro ta'sir va aloqadorliklarni
o‘rganish orqali landshaftga xos bo‘lgan asosiy
xususiyatlarni ham bilish mumkin bo‘ladi.
Landshaftda ro‘y beradigan o‘zaro ta'sir va
aloqadorliklarning ikki xili mavjuddir.
Ulardan birinchisi vertikal yo‘nalishdagi o‘zaro
ta'sir va aloqadorliklar bo‘lib, asosan landshaftning
komponentlari orasida modda va energiya
almashinishi oqibatida yuzaga keladi
Gorizontal yo‘nalishda ro‘y beradigan aloqalar
mavjudligining omillaridan biri landshaftlarning va
uning morfologik qismlarining yonma-yon, qo‘shni
bo‘lib joylashganligidir.
Gorizontal aloqalarga modda va energiyaning
iqlimiy aylanib yurishi, ayniqsa issiqlik va
namlikning ko‘chishini belgilab beruvchi havo
massalarining harakati ko‘proq ta'sir etadi.
Yana bir muhim omil ekzogen jarayonlardir. Bu
jarayonlar har xil landshaftda har xil kuch bilan, har xil
jadallik bilan kechadi. Gravitatsiya ham surilmalar, qor
ko‘chkilari hosil bo‘lishida, oqar suvlarning ishi unga
bog‘liq holda ko‘chib yurishi, bir joydan ikkinchi joyga
to‘planishiga sabab bo‘ladi
Bir komponentdan ikkinchisiga yo‘nalgan
doimiy, aniq va nisbatan barqaror bo‘lgan aloqalar
to‘g‘ri aloqalar deyiladi.
Bunday aloqalarga tektonik strukturalar bilan
relyef orasidagi, relyef bilan iqlim, iqlim bilan suvlar
orasidagi aloqalarni misol tariqasida keltirish mumkin.
Iqlim omillari, jumladan atmosfera yog‘inlari
daryolarning to‘yinishi, suv rejimini va boshqa
ko‘pgina oqim ko‘rsatkichlarini belgilaydi. Suv

Download 1.33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling