Langan yerlarni o’zlashtirish texnologiyasi
Taqir va taqirsimon, gipsli, karbonatli
Download 41.58 Kb.
|
Sho’rhok va sho’rhoksimon, sho’rtob va sho’rtobli yerlarni o’zla
2.Taqir va taqirsimon, gipsli, karbonatli tuproqlar, ularning meliorativ holati, o’zlashtirish texnologiyasi, o’zlashtirishning o’ziga xos usullari (chuqur yumshatish, tilmalash, qumlash, mineral va organik o’g’itlar solish).O’zlashtirilgan yerlardan foydalanish yo’llari (dastlabki ekinlar, ularning agrotexnikasi, almashlab ekish tizimi, yerlarni meliorasiya jihatdan nazorat qilish).
Taqir va taqirsimon (taqirli) tuproqlarning umumiy maydoni 16,6 mln.ga bo’lib, shundan kishloq xo’jaligida 12,8 % idan foydalaniladi. Jumladan haydaladigan yerlar 778,5 ming gektardir, umumiy maydonga nisbatan 4,45 % ni tashkil etadi. O’zbekistonda taqir va taqdrli tuproqlar maydoni 1,8 mln.ga; shundan taqirli tuproqlar 1,67 mln.ga ni tashkil etadi. Taqirlarning fizik, fizik-mexanik va agrokimyoviy xossalari niqoyatda past, yomon bo’lishiga qaramasdan, ularni o’zlashtirib, dexqonchilik maqsadlarida foydalanish mumkin. Taqirlarni o’zlashtirish va madaniylashtirish tadbirlaridan, ayniqsa, tuproqning zich, ko’pincha sho’rtobsimon yuqori qatlamini pastki qatlami bilan aralashtirib, yerni chuqur qaydash aloxdda aham iyatga ega. Natijada tuproqning sho’rtoblanishi kamayadi va uning suv-havo xossalari yaxshilanadi. Agar qaydalayotgan yerlarda gips qatlami bo’lmasa, takirlarga oz miqdorda gips solish maqsadga muvofiq. Taqirlar unumdorligini oshirishining samarali usuli: yerga gung, turli kompostlar solib o’g’itlash, shuningdek turli o’tlar ekish muhim ahamiyatga ega. Organik o’g’itlar yerni oziqa elementlariga boyitishi bilan birga tuproqning mikrobiologik faolligini oshiradi, strukturasini va fizik xossalarini yaxshilaydi. Taqirlar ustiga qum sepish yoki qumlash usuli yaxshi samara beradi. Yerga solingan qum tuproqning fizik va fizik-mexanik xossalarini yaxshilash bilan birga, mulcha singari tuproqsa nam saqlash imkoniyatini beradi. Yerga solinayotgan qum miqdori 1000 t/gadan kam bo’lmasligi kerak. Chunki, shu meyordan kam bo’lganda, qum aksincha, tuproq zichligini oshiradi. Sho’rhok taqirlarda yuqoridagi tadbirlar bilan bir qatorda, undagi tuzlarni yuvishga e’tibor berish kerak. Sho’ri yuvilgan yerlarga turli xil o’tlar ekib o’zlashtiriladi. Taqirlar sug’orilganda, undagi mikroorganizmlarning soni va sifati yaxshilanadi. Sho’ri yuvilgan va fizikaviy holati yaxshilangan maydonlarda bakterial o’g’itlar (azotobakterin, nitrogin singarilar)ni qo’llash yaxshi samara beradi. Sug’orilib o’zlashtirilgan taqirlar yuzasi qoramtir bo’lib, sug’orish muddatiga ko’ra gumusli qatlam ancha qalin va tuzli qatlam pastga tushgan bo’ladi yoki umuman yo’qoladi. Bu maydonlardagi tuproq garkibida gumus 1,2 % gacha ortadi. Taqirlar odatda kam strukturali bo’lganidan, sug’orilgandan keyin qatqaloqlanadi. Taqirsimon (taqirli) tuproqlar sug’oriladigan yer fondining asosiy rezervi hisoblanadi. O’zlashtiriladigan taqirli tuproqlarning unumdorligini oshirish uchun asosan quyidagi agromeliorativ tadbirlarni amalga oshirish lozim. Yerga organik o’g’itlar solish va turli o’tlar ekish yo’li bilan guproqsagi organik moddalar miqdorini ko’paytirish, azotli va fosforli o’g’itlardan to’g’ri foydalanish, taqirsimon tuproqlarning qaydalma osti qatlamini asta-sekin chuqurlashtirib borish yo’li bilan, yerga ishlov berish. Sug’organdan keyin hosil bo’ladigan qatqaloqning oldini olish choralarini ko’rish zarur. Sho’rlangan yerlarni yuvish, kuz va qish mavsumida yerga yaxob berish va kollektor-zovur tizimlarini tartibga solish kabi tadbirlarga e’tibor berish lozim. Gipsli tuproqlarni o’zlashtirish tadbirlari: 1) Gips usti tuproq qatlami qalinligini ko’paytirish va saqlab qolish; 2) Gips usti tuproq qatlami qalinligi 30 sm dan kam bo’lgan sharoitlarda yer tekislash ishlarini o’tkazmaslik; 3) Gipsli tuproqlarga yuqori normada organik va mineral o’g’itlar solish; 4) Gipsli tuproqlarga kam suv talab qiladigan, kurg’oqchilikka chidamli ekinlar ekish. O’zlashtirilgan taqirlarni meliorativ holatini yaxshilashda qo’llaniladigan agrotadbirlar muhim o’rin tutadi. O’zlashtirilgan taqir tuproq darga ekin ekilgandan keyin 1-2 sm qalinlikda qum solinsa qatqaloq hosil bo’lmaydi, yer yorilib niqol ildizlariga shikast yetkazmaydi. Taqirlar asosan chuqur qilib (35-40 sm) haydaladi. Haydalma qatlamga gips aralashtirilsa sho’rtoblik xossasi yo’qoladi, suvni yaxshi singdiradi, qatqaloqlanish xavfiga barham beriladi. Taqir yerlar holatini yaxshilashda ko’kat o’g’itlar ekib, organik moddalarga boyitish muham amaliy aham iyatga ega. Bunda kuzgi arpa, javdar, shabdar, raps, perko kabi ekinlarni ekish tavsiya qilinadi. O’zlashtirilgan taqir, takirsimon, gipsli va karbonatli tuproqlar holatini muttasil yaxshilab borishda almashlab ekish tizimini qo’llash muhim ahamiyatga ega. Bunda almashlab ekish tizimi tarkibiga beda ekinini kiritish, hamda uning salmogini oshirish yaxshi samara beradi. Shuningdek, almashlab ekishning kdsqa rotasiyali tuzilmalarini joriy etish lozim. Taqirlar o’zlashtirilganda dastlab kuzgi arpa, kuzgi bug’doy don uchun ekilib parvarish qilinadi. Shuningdek beda pichan uchun ekilib parvarishlanadi. Bu ekinlar tuproq holatini birmuncha yaxshilaydi, gumus miqdorini oshiradi. Keyinchalik borib, o’zlashtirilgan yerlarga g’o’za va boshqa ekinlar ekish mumkin bo’ladi. Taqirlarni o’zlashtirilgandan keyin ham meliorativ jihatdan nazorat qilib turish kerak. Bunda tuproqlarning agrofizikaviy va agrokimyoviy xossalari, suv-tuz muvozanatlari, sizot suvlar sathi, minerallashganlik darajasi, tuproq holati aniqlanib, ro’y berayotgan o’zgarishlar taqqoslangan holda tahlil etiladi. Ushbu kuzatuv va tekshirishlar bir yilda ikki marta, ya’ni o’suv davri boshlanishi va oxirida o’tkaziladi va xulosalar chihariladi. Download 41.58 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling