Langan yerlarni o’zlashtirish texnologiyasi


Qumli va qumloq yerlarni o’zlashtirish


Download 41.58 Kb.
bet4/5
Sana13.04.2023
Hajmi41.58 Kb.
#1355910
1   2   3   4   5
Bog'liq
Sho’rhok va sho’rhoksimon, sho’rtob va sho’rtobli yerlarni o’zla

Qumli va qumloq yerlarni o’zlashtirish.
Qum va qumloq tuproqlar O’rta Osiyo hududining 38,0 mln. gektarini egallaydi yoki umumiy maydonning 38.2% qumliklardir.(Qoraqum 26,mln/ga, Qizilqum 12,0 mln/ga). O’zbekistonda qum va qumloq tuproqlarning maydoni 17.5 mln. ga bo’lib ular Amudaryoning o’rta va quyi oqimida, Buxoro, Bahoriston, Qoraqum, To’rtko’l, Ellikqala massivlarida va Jizzax tumanining Arnasoy tumanida keng tarqalgan.
Bulardan tashqari qumliklar kichik massivlarda boshqa viloyat xududlarida ham uchraydi. Masalan, Sandiqli qum (Amudaryo va Qashqadaryo o’rtasida), Kattaqum (Surxondaryo viloyatida), Toliquduq, Yozovon qumliklari (Farg’ona viloyati).
N.A.Kachinskiyning tuproqning mexanik tarkibi buyicha klassifikasiyasida 0,01 mm.dan kichik bo’lgan tuproq zarrachalari 0-5 %gacha bo’lsa g’ovak qum deyiladi.Bunday tuproq zarrachalari 5-20%bo’lganda esa.qumloq tuproqlar deyiladi. Qumning suv o’tkazuvchanligi juda kata bo’lib, uning nam sig’imi juda kichik bo’ladi.Qumli tuproqlar deflyasiyaga uchraganligi, relyefi murakkabligi va unumdorligining ancha pastligi (gumus va oziq moddalarning juda kamligi, fizikaviy xossalarining noqulay ligi) sababli ulardan foydalanilayotganda, o’ziga xos agromeliorativ tadbirlar majmuasini qo’llash talab etiladi.
Qum va qumloq tuproqlarning suv-fizik xossalari mexanik tarkibiga va organik moddalarning miqdoriga qarab o’zgaradi. Qumning suv o’tkazuvchanligi juda katta bo’lib, uning nam sig’imi juda kichik bo’ladi(38 -jadval).
Qumli tuproqlarning suv o’tkazuvchanligi nihoyatda yuqori va nam sig’imi past bo’lganidan, tuproqning ana shu xossalarini yaxshilashga qaratilgan qator usullardan foydalaniladi. Shu maqsadda, dalalarga sug’orish suvlari bilan birga loyqa cho’ktirish yoki sun’iy ravishda gilli tuproq solish (kol’mataj) yaxshi samara beradi. Bundan tashqari ekinlarni yomg’irlatib yoki tomchilatib yeug’orishga aloqida e’tibor berish kerak. Shunda o’simliklarning o’sish davri saqlanib turadi. Tuproqdan suvning sizib ketishini va bug’lanishini kamaytirish maqsadida, kanallar tubini betonlash, sug’orish suvlarini yopiq latoklar va Quvurlar orqali yuborish kerak. Qumli tuproqlar gumusga va oziqa moddalarga kambag’al bo’lganligidan, organik va mineral o’g’itlardan keng foydalanish, ko’p yillik o’tlar ekish zarur.
5-jadval
Qum va qumloq tuproqlarning suv-fizik xossalari

Tuproq qatlamlari



Suv-fizik xossalari

Hajmiy
massasi,
g/sm3

Solishtirma massasi,
g/sm3

G’ovakligi,
%

To’liq
nam
sig’imi,%

Suv o’tkaz-
uvchanligi,
sm/minut

0-30

1,55-1,80

2,52-2,69

48,3-54,3

20-25

5-9

30-100

1,58-1,80

2,50-2,72

47,0-52,4







Qumli tuproqlarning shamol ta’sirida to’zg’ishiga qarshi kurash chora tadbirlarini olib borish ham muhim ahamiyatga ega. Shu maqsadda baland poyali o’tlardan kulislar yaratish, iqota daraxtzorlari barpo qilish, kimyoviy vositalar (KBT, K-4, K-9 kabi vositalar) dan foydalanib, tuproq mustaxkamlash yaxshi samaralar beradi. Tajribalardan ma’lumki, tadbirlar majmuasi o’tkazilgan Qumli cho’l tuproqlari maydonlaridan, ekinlardan yuqori hosil olish mumkin. Qarshi cho’li sharoitida Qumli tuproqlar o’zlashtirilib, g’o’za yetishtirilganda, birinchi yilidayoq 18-19 s/ga paxta hosili olish mumkin.
2. O’zlashtirish texnologiyasi, o’zlashtirishning o’ziga xos usullari (kolmataj, zichlash, mineral va organik o’g’itlar qo’llash)..O’zlashtirilgan qumli va Qumloq yerlardan foydalanish yo’llari (dastlabki va asosiy ekinlar, ularning
Download 41.58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling