Laning turlari va toifalari


Beva bo’lib qolish, yoki turmush o’rtog’ining vafoti munosabati


Download 42.28 Kb.
bet4/25
Sana08.01.2022
Hajmi42.28 Kb.
#238972
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25
Bog'liq
Hujjat

Beva bo’lib qolish, yoki turmush o’rtog’ining vafoti munosabati bilan noto’liq bo’lgan oila ham ko’proq onaning farzandi bilan yolg’iz qolishidir. Bunday oilalardagi ma’naviy muhit ajrim tufayli paydo bo’lgan noto’liq oilanikidan farq qiladi. O’zbek onalari bunday holatlarda otasining ruhi hurmatidan farzandlarida yuksak insoniy fazilatlarni tarbiyalashga intiladi. Bunday o’ziga xoslik qator tadqiqotlarda alohida qayd etilgan (G. YAdgarova, 2003).

Nikohdan tashqari oila 90-chi yillarda ko’paygan oila turi, unda asosan yolg’iz qolgan ayol-ona oilani tebratadi. Bunday oilalar o’sha davrda Rossiyada 20-21 foizni, Buyuk Britaniyada va Frantsiyada – 32-35 foizni tashkil etgan bo’lib, ko’proq yoshgina bo’la turib ona bo’lganlar (15-19 yoshlilar) yoki aksincha, reproduktiv yoshdan o’tib qolganlar – 40-44 yoshlilar tashkil etadi. Bu o’rinda ikkala holatda xotin-qizlarning nikohga kirmasdan tug’ish motivlari turlicha bo’ladi.

Rossiyada ota-onalardan bittasigina bo’lgan oilalarda 1989 yilda 4,5 mln. bola yashagan bo’lsa, bu ko’rsatgich 1994 yilda 5 millonga etdi (A.G.Volkov, E.L.Soroko, 1999). O’zbekiston sharoitida bu kabi holatlar favqulotda holatlar sifatida qaraladi, chunki ayrim udumlar va milliy qadriyatlarimiz farzandning nikohdan tashqari paydo bo’lishini qoralaydi, SHunday bo’lsa-da, turli sabablar va otag’onalarning vaziyatlar qurboni bo’lishi natijasida mamlkataimizda otalikni belgilash holatlari ortib bormoqdaki, unda ham ko’pincha rasman oila nikohsiz oiladay tasavvur etiladi. SHa’riy nikoh o’qilgani bilan rasmiy ravishda nikohning o’z vaqtida qayd etilmasligi mentalitetimizga zid bo’lgan shu toifa oilaalrning rasmiylashtirilib qolishiga sabab bo’lmoqda.




Download 42.28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling