Lari universiteti urganch filyali


Download 293.05 Kb.
bet1/6
Sana13.08.2023
Hajmi293.05 Kb.
#1666716
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
AMALIYOT


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI RAQAMLI TEXNOLOGIYALARINI VA RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI
MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI
TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI URGANCH FILYALI.
Axborot texnalogiyalari” kafedrasi

Hayot faoliyati xavfsizligi”


fanidan


AMALIYOT


REFERAT.


Mavzu: Erga ulash qurilmalarini hisoblash. Inson tanasining elektrga qarshiligini o’lchash
Bajardi:__________________________ta’lim yo‘nalishi
____guruh
Qalandarova Yulduzxon Umid qizi
talabaning F.I.Sh.

Qabul qildi: ______________________________________


Urganch 2023
Mundareja:
1.Kirish
2.Yerga ulash qurilmalari
3. Yerga ulash qurilmalarini hisoblash
4. Inson tanasining elektrga qarshiligini o’lchash
5.Foydalanilgan adabiyot
6.xulosa.

Kirish.
Xayot faoliyati xavfsizligi fanini o‘qitishdan asosiy maqsad inson va tabiiy atrof muxitni antropogen va tabiiy faktorlardan xavfsizligi va muxofazalanganligini ta’minlashdan iborat. Xayotiy faoliyat xavfsizligi (XFX) tushunchasi ko‘p uchraydigan ta’riflar bilan belgilanib, fan sifatida 80 yillar boshida shakllangan. Inson – tabiiy, texnik, iqtisodiy va boshqa xar xil xavf - xatar dunyosida faoliyat ko‘rsatadi. XFX fanining o‘rganish ob’ekti-«inson-mashina-atrof-muxit» sistemasida vujudga keladigan inson va atrof muxitga nojo‘ya ta’sir ko‘rsatuvchi jarayon va xodisalar kompleksi. XFXning predmeti sifatida biosfera va texnosferada vujudga keladigan xavfli va zararli omillar; insonlarning anatomo-fiziologik xossalarini atrof muxit xavfli va zararli omillarni tinchlik va favqulodda xolatlarda ta’sirini baxolash; atrof muxit muxofazalanganligi va qulay va xavfsiz xayot faoliyati sharoitlarini yaratish vositalarini shakllantirish; xayot faoliyati xavfsizligini ta’minlash xuquqiy va tashkiliy asoslari. Faoliyat jarayoni modeli ikki elementdan, ya’ni inson va muxit orasidagi to‘g‘ri va teskari munosabatlardan tuzilgan deb tasavvur qilish mumkin. Teskari munosabatlar moddiy dunyoning qarama-qarshilik umumiy qonunlaridan kelib chiqadi. «Inson - muxit» sistemasi ikki maqsadli bo‘ladi: 1) aniq bir natijaga erishish 2) ko‘ngilsiz xodisalarni chiqarib tashlash (inson sog‘lig‘iga va xayotiga ziyon bo‘lgan yong‘inlar, falokatlar). Shularning kelib chiqishi va shunga o‘xshash xodisalar oqibatida kelib chiqadigan natija xavf deb ataladi.
Xavflar - yashirin va xaqiqiy bo‘ladi. YAshirin xavflar amalga oshishi uchun aniq shartlar bo‘lishi lozim. Bu shartlar sabab deb ataladi. Xavf va sabablarni misollarda ko‘rish mumkin;
1. So‘nggi 30 yil ichida tabiiy ofatlar ikki marta ko‘paygan.
2. 1909 yildan 1974 yilgacha asab kasalliklar 24 marta ko‘paygan.
3. Dunyoda 500 mln. ga yaqin nogironlar bo‘lib, ularning 1/5 qismi baxtsiz xodisa natijasida bo‘lgan.
Xavflar kelib chiqishi bo‘yicha; tabiiy, texnik, antropogen, ekologik va aralash bo‘ladi. Rasmiy standartga asoslanib xavflar xili bo‘yicha fizik, kimyoviy, biologik va ruxiy turlarga bo‘linadi. Kelib chiqadigan oqibatlari bo‘yicha - charchash, kasallanish, jaroxatlanish, xalokatlar, yong‘inlar va o‘limga olib boradigan xavflarga farqlanadi. Xavfni namoyon bo‘ladigan muxiti buyicha - maishiy, sport, yul transport, ishlab chiqarish va xarbiy.
Xavfsizlik sistemasi - bu xavfsizlikning murakkab masalalarini xal qilish yo‘llarini tayyorlashda va asoslashda foydalaniladigan metodologik choralar yig‘indisidir. Sodir bo‘lgan xavflar bilan sabablar o‘rtasida sabab-oqibat aloqasi bor. O‘z yo‘lida bir sabab ikkinchisi sababiy oqibat bo‘lib chiqadi. Shunday qilib, sabablar va xavflar zanjirsimon sistema yaratadi.
Xayot faoliyati xavfsizligining asosiy vazifalaridan biri xavfsizlik darajasini mumkin kadar oshirishdan iboratdir. Ushbu vazifa quyidagi uch xil yo‘nalishdagi tadbirlar orqali amalga oshirilishi mumkin:
Texnik sistemalar va ob’ektlarni takomillashtirish.
YUqori malakali mutaxassislar va kadrlarni tayyorlash.
Favqulodda xolatlarni bartaraf etish.
Xavfsizlikni ta’minlovchi vositalarga, jamoa (kollektiv) va shaxsiy ximoya vositalari kiradi. Ular o‘z yo‘lida xavflarning turiga, tuzilishiga, ishlatish soxasiga nisbatan guruxlarga bo‘linadi.
Xavfsizlikni ta’minlovchi prinsiplar turli xil bo‘lib, ularni belgilariga qarab yo‘naltiruvchi, texnik, tashkiliy, boshqarish kabi guruxlarga ajratish mumkin. Quyida ayrim prinsiplarni ma’nosi bilan tanishib chiqamiz.
Me’yorlash prinsipi - insonni turli xil xavflardan ximoyalash maqsadida, standart asosida xavfli va zararli faktorlarning ruxsat etilgan miqdorlarini o‘rnatish demaqdir. Masalan, ruxsat etilgan miqdor (REM), ruxsat etilgan daraja (RED), qo‘lda ko‘tarish yuk me’yori, ish vaqti me’yori va boshqalar.
Bo‘sh zaif (zveno) prinsipi. Texnik sistemaning xavfsiz ishlashini ta’minlash maqsadida unga zaif element o‘rnatiladi, ya’ni belgilangan ko‘rsatkich me’yoridan oshgach birinchi navbatda to‘xtaydi va natijada xavf bartaraf etiladi. Bularga saqlash klapanlarini, elektr saqlagichlarini («predoxranitel») va muftalarni misol keltirish mumkin.
Ma’lumot berish prinsipi. Ishchiga ish davrida xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha yo‘l-yo‘riqlar, ko‘rsatmalar berishga asoslangan. Bunga kurs o‘qishlari, yo‘riqnomalar («instruktaj») o‘tish, xavfsizlik belgilar, ogoxlantiruvchi belgilar va boshqalar kiradi.
Tasniflash prinsipida ob’ektlarni xavflilik darajasiga bog‘liq xolda sinflarga yoki kategoriyalarga ajratish tushiniladi. Masalan, sanitar-ximoya zonalari (5-sinfga ajratilgan), portlash-yonish xavfliligi bo‘yicha ishlab chiqarish binolarining kategoriyalri (A,B,V,G,D), yong‘in zonalari va boshqalar.



Download 293.05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling