Laylakvoyniki, dedi
Download 328.56 Kb.
|
Document (3) Tuxliyeva Jongul Amayot.Tarjima.Ur toqmoq ertagi.Jongulsteep3week4
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ochil, dasturxon
- Qayna, xumcha
- Ur, to’qmoq
„qayna, xumcha» ni olib jo’nadi. Yo’l yurib, cho’l yurib, bir joyga yetdi. Dam olish uchun o’tirdi.
Qishloqning bolalariga qarab: ,,O’g’illarim, mana bu xumchaga qarab turing, men bir oz mizg’ib olay, faqat „qayna, xumcham» demanglar»,— deb tayinlab, uyquga ketdi. Bolalar chol uxlashi bilan „Qayna, xumcha» deb baqirishib edi, xumdan tilla qaynab chiqdi, shoshib-pishib, bolalar tillalarni yig’ib olib, xumni uylariga olib kirib bekitib qo’ydilar, „Qayna, xumcha» ning o’rniga boshqa bir xumchani olib kelib qo’ydilar. Chol uyqudan turib xumchani olib jo’nadi. Yetti kecha, yetti kunduz yo’l yurib, uyiga yetib keldi. — Qani, kampir, dasturxonni yoz, hozir tillaga boy bo’lamiz, — dedi. Kampir dasturxonni yozdi, dasturxonning o’rtasiga xumchani qo’yib, chol bor kuchi bilan „qayna, xumcha» deb baqirdi. Xumchadan tilla qaynab chiqmadi; chol yana baqirdi, tilla qaynamadi. Cholning jahli chiqib: „Ha, padaringga la’nat Laylakvoy, meni aldab boshqa xumcha beribdi; men ertaga borib boshqa sovg’a so’rayman,» deb qo’ydi. Ertasi saharlab chol yana yo’lga chiqdi. Yilqichining oldiga borib: -Laylakvoy meni aldadi, endi nima sovg’a so’ray, — dedi. Yilqichi o’ylab turib: „Ochil, dasturxon«ni so’rang, dasturxonni yozib, „Ochil, dasturxon» desangiz, har xil taomlar tayyor bo’ladi, — dedi. Chol Laylakvoyning eshigidan kirib: — Assalomu alaykum, — dedi. Laylakvoy: — Haq, saloming bo’lmasa, ta’ziringni berardim. O’tgan gal senga „Qayna, xumcha» ni berib edim, ko’ngling to’lmadimi? — dedi. Chol hamma voqeani aytib: — Meni aldading, „Qayna, xumcha«ning o’rniga boshqa xumcha beribsan, endi sendan „Ochil, dasturxon»ni so’ragani keldim, — dedi. Laylakvoy o’ylab qoldi. Axiri „Ochil, dasturxon«ni cholga sovg’a qildi. Chol yo’lga tushdi. Oz yurib, ko’p yurib, o’tgan gal dam olgan qishloqqa borib yetib, o’ziga tanish bo’lib qolgan bolalarni ko’rdi. — O’g’illarim, mana shu dasturxonni ushlab o’tiring, men bir oz mizg’ib olay, faqat „Ochil, dasturxon» demanglar,— deb ularga tayinladi. U uyquga ketgandan so’ng bolalar „Ochil, dasturxon», deb baqirgan edilar, yetti xil taom tayyor bo’ldi. Bolalar taomlarni o’rab, dasturxonni uylariga olib kirib, o’rniga boshqa dasturxon olib chiqib o’tirdilar. Chol uyqudan turib dasturxonni oldi, yo’lga tushdi. Uyiga kelib: — Kampir nima taom desang, hozir tayyor bo’ladi,— deb dasturxonni yozdi. „Ochil, dasturxon«, deb edi, hech qanday taom chiqmadi. Cholning jahli chiqib, — Laylakvoy meni ikkinchi marta aldadi, ertaga borib boshqa bir sovg’a so’ray, — dedi. Ertasi saharlab chol yo’lga chiqdi. Yilqichining oldiga borib: — Endi Laylakvoydan nima so’ray? — dedi. — Endi Laylakvoydan „Ur, to’qmoq»ni so’rang, dushmaningiz ko’pga o’xshaydi, agar „Ur, to’qmoq» desangiz, oldingizda kim bo’lsa, urib tashlaydi, — dedi yilqichi. Chol yo’lga tushdi, eshikdan: — Assalomu alaykum,— deb kirdi. Laylakvoy: — Haq, saloming bo’lmasa, ta’ziringni berardim. Yana nima uchun kelding? „Qayna, xumcha«ni olding, „Ochil, dasturxon«ni olding, yana nima kerak? — dedi. — Meni bu gal ham aldading, Laylakvoy! „Ochil, dasturxon» o’rniga boshqa bir dasturxon beribsan. Endi sendan bir narsa so’rayman, menga „Ur, to’qmoq«ni ber, — dedi. Laylakvoy cholga „Ur, to’qmoq» ni hadya qildi. Chol „ Download 328.56 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling