Laylakvoyniki, dedi


Download 328.56 Kb.
bet3/3
Sana15.05.2020
Hajmi328.56 Kb.
#106339
1   2   3
Bog'liq
Document (3) Tuxliyeva Jongul Amayot.Tarjima.Ur toqmoq ertagi.Jongulsteep3week4

Ur, to’qmoq«ni olib yo’lga tushdi. Oz yurib, ko’p yurib avvalgi o’zi bilgan qishloqqa borib yetdi. Tanish bolalarni chaqirdi.
— O’g’illarim, mana shu to’qmoqni ushlab turing, men biroz mizg’ib olay, faqat „Ur, to’qmoq» demanglar, — dedi. U uyquga ketgandan so’ng bolalar qiziqib, „Ur, to’qmoq» deb baqirishgan edi, to’qmoq hammasini ura boshladi. Bolalarning baqirig’idan chol uyg’onib ketdi.


Bolalar bo’lsa, yig’lashib: — Chol ota, to’qmoqni to’xtating, biz sizning xumchangizni, dasturxoningizni olib, o’rniga boshqa xumcha, boshqa dasturxon qo’ygan edik, tavba qildik, ota, to’qmoqni to’xtating, — deyishdi. Chol: „Tur, to’qmoq» deb baqirgan edi, to’qmoq urishdan to’xtadi. Bolalar yugurib borib uylaridan „Qayna, xumcha» bilan „Ochil, dasturxon»ni chiqarib berdilar, chol yo’lga tushdi. Oz yurib, ko’p yurib, ko’p yursa ham mo’l yurib, ko’l demay, cho’l demay yetti kecha-yetti kunduzda uyiga borib yetdi. „Qayna, xumcha» deb edi, xumchadan tilla qaynab chiqdi; „Ochil, dasturxon» deb edi, har xil taom muhayyo bo’ldi. Umrlarida ko’rmagan taomlarni yeb, chol bilan kampir xursand bo’ldilar. Tillalarga chol yaxshi uy soldirdi va xonni uyiga mehmondorchilikka chaqirgan edi, xon: „Men xon bo’lsam-u, o’sha kambag’al, qashshoq cholning uyiga mehmondorchilikka boramanmi», deb bormadi. Cholning jahli chiqib, xonni urushga chaqirdi. Ertasiga xon yetti ming askarni tayyorlab, cholning uyi oldiga tizib:



— Qani, chol, joning bo’lsa urushga chiq! — dedi. Chol eshikdan chiqib to’qmoqqa qarab:
— Ur, to’qmoq! — deb baqirgan edi, to’qmoq hamma askarlarni bittadan urib yotqizib qo’ydi, oxirida to’qmoq xonni ura boshladi.
Xon:
— Chol, to’qmog’ingni to’xtat, sen yengding, meni o’limdan olib qol, yurtga sen hokim bo’la qol, — dedi.
Chol to’qmoqni to’xtatdi. O’zi yurtga hokim bo’ldi. Murod-maqsadiga yetdi.
Download 328.56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling