Soxibqiron Amir Temurning jangovar xarakatlari


Download 36.75 Kb.
bet1/5
Sana18.06.2023
Hajmi36.75 Kb.
#1575439
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Amir Temur janglari tarixi 6 лист




Soxibqiron Amir Temurning jangovar xarakatlari


Reja:


1. Amir Temurning xokimiyat tepasiga kelishi.


2. Amir Temurning harbiy yurishlari.
3. Amir Temurning harbiy san’ati.
4. Amir Temur saltanatining parchalanishi.


1. Amir Temurning xokimiyat tepasiga kelishi.

Temurbek Ibn Tarag’ay Ibn Abag’ay 1336 yil 9 aprelda Shaxrisabz Yaqinidagi Xo’jailg’or qishlog’ida dunyoga keldi. Yoshligida u er eglarining o’zaro urushlarida ishtirok etar, jasur chavandoz va harbiy ishlar bilag’oni edi. Harbiy yurishlar chog’ida Amir Temur o’ng qo’li va o’ng oyog’idan og’ir yaralangan edi. Qo’li keyinchalik butunlay sog’ayib ketadi, lekin oyog’i bir umr oqsoqligicha qolib ketadi. Uning Temurlang-Temur oqsoq deb laqab olishi shundan edi. Evropada uni Tamerlan deb talaffuz qilishadi. O’zi tarix, falakiyot, tibbiyot va ayniqsa jug’rofiya fanlari sohasidagi bilimdonligi bilan olimlarni hayratda qoldirar edi.


1360 yilda Mo’g’uliston xoni Tug’luq Temur Movaraunnaxrga bostirib kiradi va hech bir qarshiliksiz Qashqadaryogacha keladi. Uning xokimi Xo’jabarlos Xurosonga qochib ketadi. Bo’lajak Amir Temur Tug’luq Temur qo’liga xizmatga kiradi. Vatani Mo’g’ulistonga qaytar chog’ida Tug’luq Temur uni Kesh viloyatiga (Shaxrisabz) xokimi qilib tayinlaydi. Shunday qilib, Amir Temur Qashqadaryoga xokim bo’lib qoladi. Ko’p o’tmay u Amir Xusayn bilan do’stlashadi. Ikkalasi birgalikda Movaraunnaxrga xokim etib qo’yilgan Mo’g’uliston xoni Tug’luq Temurning o’g’li Ilyosxo’jaga bosh ko’tarib chiqadi. 1365 yilda Ilyosxo’ja Movaraunnaxrga yurish boshlaydi. Chinoz bilan Toshkent oralig’ida qattiq jang bo’ladi. Bu jang tarixda «Shilta jang» nomi bilan mashxur bo’ladi. Chunki olishuv chog’ida qattiq jala quygan edi. Unda Ilyosxo’janing qo’li baland keladi, Amir Temur jangchilari bilan birgalikda Amudaryo sohillarida yashirinadi. Ilyosxo’ja uchun Samarqandga yo’l ochilgan edi. O’sha paytlarida dushman xujumidan saqlanish uchun Samarqandning na istehkom devori, na qal’asi bor edi.
Shahar aholisi mudofaa ishini o’z qo’liga oladi. Mudofaachilarga sarbadorlar raxbarlik qilar edilar.

Download 36.75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling