Soxibqiron Amir Temurning jangovar xarakatlari


Samarqandda Sarbadorlar harakati


Download 36.75 Kb.
bet2/5
Sana18.06.2023
Hajmi36.75 Kb.
#1575439
1   2   3   4   5
Bog'liq
Amir Temur janglari tarixi 6 лист


Samarqandda Sarbadorlar harakati.



Xalq ommasining kelgindi bosqinchilarga mahalliy er egalarining xaddan ortiq zarbu-zulumlariga qarshi kuchli noroziligi tarixda sarbadorlar deb nom olgan qudratli ozodlik harakatining boshlanishiga olib keldi. Bu harakat 1330 yillarda Xurosonda boshlanib, butun O’rta Osiyoga yoyilgan edi. Sarbadorlar mo’g’ullarga bo’ysunib yashagandan ko’ra dorga osilib o’lgan afzal, der edilar. Sarbador so’zi «boshi dorda» degan ma’noni anglatadi. Shunday qilib Sarbadorlar Xurosonda o’z davlatlarini tashkil etadilar. Sarbadorlar mo’g’ul xokimlarining mahalliy er egaligi zadagonlariga, yirik mulkdorlarga, yuqori tabaqa musulmon ruhoniylariga va boy savdogarlarga suyanishlarini yaxshi bilar edilar. Shu bois ular faqat mo’g’ullarni quvib chiqarishni o’z oldilariga maqsad qilib qo’ymagan edilar, balki ularga tayanch bo’lib xizmat qilgan yirik mulkdorlar, din peshvolari va boy savdogarlarni ham yo’q qilishga azmu qaror qilgan edilar. Oliy tabaqa er egaligi xukmdorlari mo’g’ullarni qo’llab - quvvatlabgina qolmay, o’zlari ham xalqni ezishda ishtirok etar edilar.
Sarbadorlarning g’oyasi Samarqand mehnat ahlining ham yuragidan joy oladi. Ular dushman yaqinlashib kelayotganligini bilib, jome’ masjidiga to’planadi. Samarqandlik sarbadorlar ichidan Samarqand madrasasining tolibi ilmi Mavlonozoda, paxta tituvchi Abu Bakr Keleviy va boshqalar oldinga chiqadilar.
Shahar oliy tabaqasi mudofaasini mohirona tashkil etadilar: mustaxkam –g’ov-to’siqlar o’rnatadilar, ko’chalarga ajoyib o’qchilardan qo’yib chiqadilar. Birgina darvozani ochiq qoldirgan holda Mavlonozoda odamlarini pistirmaga joylaydi, o’zi esa piyoda yoylandozlar bilan birgalikda darvoza to’rida turib oladi. Mo’g’ul dastalari tuzoqqa tushib qoladi. Hamma tarafdan ular ustiga o’q-yoylar, toshlar, kaltaklar do’lday yog’iladi. G’animlar vaximaga tushib, tum - taraqay qochishadi.
Bu jangda ikki mingga yaqin mo’g’ul qurbon bo’ladi. Shunda Ilyosxo’ja Samarqand mudofaasini gir atrofdan o’rab oladi, lekin baribir mo’g’ullar qamalni to’xtatishga majbur bo’ladilar va yilnomachilar ta’bir etganlaridek, «tishlarini bo’riday shaqillatgan» cha izlariga qaytib ketadilar.



Download 36.75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling