S o’ z b o sh I


Download 92.64 Kb.
Sana02.06.2024
Hajmi92.64 Kb.
#1836916
Bog'liq
DILDORA YAKUBOVA 14 MAKTAB 1


S O’ Z B O SH I
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov e’tirof etganlaridek, ‘’Bilimga chanqoq, iste’dodli yoshlarni tanlab, ularni Vatanga fidoiy insonlar qilib tarbiyalash muqaddas burchimizdir.
Sirdaryo viloyati pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Tahririy nashr bo’limiga, 2014-yilning dekabr oyida Mirzaobod tumanidagi 14-maktabning 2-sinf o’quvchisi Dildora Yoqubovaning hikoyalar to’plami taqdim etildi…
Darhaqiqat, ijodkor qalb hayotdagi voqea va hodisalarni hech kim ko’ra olmagan, qirralarni teran ko’z bilan ko’radi, uyg’oq qalb bilan his etadi, hayrat va tug’yon olamida jo’shib, uni qalamga oladi.
Ijod olamiga dadil qadamlar kirib kelayotgan nozik didli jajji ijodkor qizimiz Dildorabonu ham ijod bo’stonida qalam tebrata boshladi. Uning ko’ngil mahsuli, “Salom”, “Ruhsora”, “Tush” kabi hikoyalar, bolalar sahnasi uchun yozilgan “Kim u mya-u degan”, “Varrak hangomalari” kabi ssenariylar fikrimizning yaqqol dalilidir.
Dildora Yoqubovaning hikoyalari badiiy jihatdan unchalik mukammal bo’lmasada, to’plamdagi hikoyalarda katta mavzularning nafasi barq urayotganligidan obrazlar orasidagi samimiy munosabatlarning aniq va tiniq yoritilayotganligidan quvonasiz. Hikoyalar muallifi bolalikning beg’ubor olamidan kundalik hayot tarzini, uning ibratli qirralarini ziyraklik bilan kuzatayotganligini, donolik va zukkolik bilan qalamga olayotganligining guvohi bo’lasiz.
Katta orzular bog’ida barq urib kamol topayotgan harakatchan va izlanuvchan, ijodkor qizimiz Dildora Yoqubovaga sihat-salomatlik, uzoq umr, baxt-saodat va ijod osmonida yuksak parvozlar tilaymiz.

S A L O M


Erta tong. Havo salqin, ko’chalar supurilgan, top-toza. Atrofimizdagi kelinoyilar hovlilar bilan birga ko’chalarni ham supurib-sidirib qo’yishgan.
Bizning ko’chadan o’tganlarning bu orastilikka havaslari keladi. Ertalab ko’chamizda yashaydigan qaynonalari-oyijonlari bir-birlari bilan omonlik qilishadi.
-Yaxshi yotib turdilaringmi?
-Bolalar yaxshimi?
Bu atrofda yashaydigan Oppoq onam, o’zimning onam, Mavluda onamlarning har kuni bo’ladigan suhbati.
Bir kuni ertalab men ham onam bilan ko’chaga chiqdim. Onamlar odatdagidek gaplashayotgan edilar. Qo’shni darvozadan Shukur bobom chiqib kelib onamlar bilan salomlashdi. Men ham qo’lchalarimni ko’ksimga qo’yib, bobomga salom berdim .
-Assalomu aleykum!
Bobom hayron bolib menga qaradilar va :
-Nima ?- desalar bo’ladimi. Men yana onam o’rgatganlaridek salomimni takrorladim. Shunda Oppoq onam: -Voy , Shukurjon, qizing senga salom beryapti , - dedilar. Bobo esa xursand bo’lib oldimga kedilar va meni boshlari uzra aylantirib, yerga qo’ydilarda:
- Yasha, barakalla,- dedilar. Boshim aylanib ketsa ham bobomning xursandligiga men ham sevindim. Qarasam onamlar ham kulib turishibdi. Salom berilsa shuncha xursandchilik bo’lar ekan, demak har doim, hammaga salom berish kerak ekan.

T U SH


  1. Mahmud bobomning asalarichi, yon qo’shnimiz. Bobomning asalarilari bor, ular ko’p, juda ko’-o’p. Bobomlarning biznikiga kirib-chiqishlarini ko’rgan asalarilar ham biznikiga tashrif buyura boshlashdilar. Ular uyga kirib o’tirishmaydiku-ya, hovlimizda ochilib yotgan turli-tuman gullarga yopirilishadi. Erta bahordan qor tushguncha shu ahvol. Uyg’onmasimizdanoq ular so’rab ham o’tirmay ochilib turgan gullarda “viz-viz”lab musiqa challllib yurishadi. Ba’zan hovlida o’ynashga ham imkon berishmaydi. Ularning dastidan na arqoncha sakrab bo’ladi, na tennis o’ynab bo’ladi. Bir kuni bobomga bu tarbiyasizlar ustidan arz qildim. Bobom kulib qo’ydilar va ularning adabini berib qoy’ishini aytdialar.

Bir kun o’tdi , bir hafta o’tdi hamki baribir o’sha “viz-viz”, o’sha musiqa.
Ularni qanday jazolashni o’ylab-o’ylab boshim qotdi. Bir kuni hatto tush ko’ribman. Singlim ikkalamiz ularning anchasini ushlab olibmiz. Ta’zirini berish uchun dadamning bo’yoq qutilarni ochdik va ualrning qaqnotlarini bo’yoqqa botirib-botirib bo’yay boshladik . Oppoq qanotlarini rang-barang qizil, sariq, yashil, ko’k bo’lob qolgan bu bezorichalar avval qanotlarini qimirlata olishmay yerda o’rmalashdi. Biz endi uchisha olishmasa kerak deb xursand bo’ldik. Hayolimda “viz-viz” ham, musiqa ham kamayib qolgandek edi. Lekin ozgina o’tmay bu yasanib shumtakachalar qanotlarini avval o’zlari burilib tomosha qilishdi. Bir-birlariga ko’z-ko’z qilishdilar. So’ngra havoga uchib ketishdi.
Xuddi shu yerda uyg’onib ketdim. Hovlimizdagi so’rimiz oldida Yodgora ammajonim tillarang asal solingan idishni ushlab, nariroqda esa bobom bizga qarab jilmayib turardilar.
Bundan ko’rinib turibdi-ki, asalarilar bunda buyon ham “viz-viz”lab musiqa chalishaveradi.

O P A CH A L A R


Qarindoshlarimizning bizdan katta qizlarini opacha deb ataymiz. Rasul bobomnig uchta qizlari bor. Hilola opacham maktabni a’lo baholarga bitirib, “Faxriy yorliq” oldi. Shaharga o’qishga qatnaydi, ham tikadi, ham to’qiydi. Dilo0bar opacham esa orasta, tozalikni yaxshi ko’radi. Madina opacham shunaqa rasmlar chizadi-ki, ko’rib hayron qolasiz. Qo’g’irchog’iga sumkami, qalpoqmi, nima kerak bo’lsa o’zi to’qiydi.
Mahmud bobomnikidagi opachalar ham zo’r. Iroda va Sevinch opachalarimning surati “A’lochilar” doskasida turibdi. Ular bo’sh vaqtlarida Yoidgora ammajonimga qarashishadi. Velosipedni ham mohirlik bilan boshqarishadi. Mening opachalarim ana shunday ajoyib qizlar.
Men ham katta opachalar mening opachalarimga o’xshagan deb o’ylardim. Yo’q unday emas ekan.
Bir kuni Hilola opacham kelgan edilar. Uni kuzatib chiqdik. Uyimizning orqasi katta yo’l, birov u yoqqa o’tadi, birov bu yoqqa o’tadi. Yo’lning chekkasidan ikkita opacha kelayotgan e di. Chiroyli kiyinishgan. Bo’yanib ham olgan ekanlar. Shu payt qo’shni hovlidan kichkina bola yugurib chiqdi-da, yiqilib tusib, yig’lay boshladi. Oldilaridan yiqilib yotgan bolachani o’sha opachalardan biri ko’tarib olmoqchi bo’ldi . Shunda yonidagi o’rtog’i unga qarab: -Nima, senga zarilmi, usti-boshi tuproq bo’lib yotibdi, ustingni kir qilasanku , - desa bo’ladimi. Yonimizda turgan Hilola opacham esa yugurib borib kichkintoyni ko’tarib olib, ustilarini qoqib, -O’zing polvon ekansan-ku, yig’lama , - dedi opacham. Kichkintoy burnini tortdi-yu,l “polvon” ekanligidan xursand bo’lib, darvozadan uyga kirib ketdi.
Odddiy voqea to’g’rimi? Lekin shu yerda turgan Ruhsora singlim ikkalamiz hayron edik. Tavba, opachalar ham har xil bo’lishar ekan-da….

V A R R A K H A N G O M A S I


Shohabbos: -Shamol, shamol,
Kel, kelaqol.
Varragimni ,
Uchira qol.
Bolalar: - Nima qilyapsiz?

  • Ha, nima bo’lyapti?

Javohir: - Bizlardayam varrak bor, dadam bilan yasadik.
Burhon: - Biz ham akam bilan yasaganmiz, zo’-o’-o’r.
Bunyod: - Meniki rosa zo’r.
Shohabbos: - Menikiyam.
Yahyobek: - Kelinglar, tortishmaylilk, hamma o’ziniong varraginni olib kelsin, ko’ramiz.
Dilmurod aka: - Varrakalring-ku, zo’r bo’libdi. Qnday yasadilaring ko’rinib turibdi. Lekin aytinglarchi, bu varrak bilan nima qilish mumkin?
Burhon: - Meni varragim raketaga o’xshaydi. “Ving-ving”, “g’ing-g’ing”.
Javohir: - Iya, menikini ko’rmayapsizmi? Rosa zo’ri o’zimniki.
Yahyobek: - Aka, meniki ertaklardagi uchar gilamning o’zi, mana ko’ring.
Bunyod: - Meniki samolyot.
Javohir: - Meniki “TU’’.
Yahyobek: - Meniki, e-e hech kim bilmaydi “BOING’’.
Shohabbos: - Unda minaylik.
Yahyobek: - Hamma birdan emas, Shohabbos, Burhon sizlar to’xtab turinglar, Bunyod ketdik.
Shohabbos: - Nega ekan endi….
Dilmurod aka : - Varrakalring bilan qayerga uchyapsizlar?
Yahyobek: - Men Toshkentga.
Shohabbos : - E-e men to’ppa-to’g’ri Amerikaga uchib boraman.
Burhon : - Men Gulistonga.
Yahyobek: - Hoy nima bo’lyapti, hammaga kulgu bo’lamiz-ku, axir, varrakka ham minib bo’larkan-mi? Undan ko’ra shamolni chaqiraylik , bularni uchirib ko’raylik.
Hamma : - Shamol, shamol, jon shamol,
Kel, kelaqol, kelaqol.
Varragimizni bir bor,
Osmonga uchira qol.

R U X S O R A


Uyimizda mendan boshqa yana bir qizcha bor. U singilcham. Ilgari Iroda opachamga havasim kelardi. Chunki ularning Sevinch degan singillari bor edei.
Endi biznikidayam chaqaloqcha bor, oppoqqina, jilmayishi biram chiroyli.
U hademay katta bo’lib, orqamdan ergashadib yurib qoldi, xursand bo’ldim.
Kunlardan bir kuni rosa xarxasha qilyapti, nima bo’ldi desam , bitta paypoqchasi yo’q ekan. Rosa izladik, oxiri topdik, ikkita paypoqchani bitta oyoqchaga kiyib olgan ekan.
Yana bir kuni uyimizga mehmonlar kelgan edi. Dadam hovlida Mahmud bobom bilan gaplashib turgan edilar. Shu payt darvoza tarafdan shippakchalari kiyilmagan, paypoqchalari tuproq bo’lib ketgan singilcham kirib kelsa bo’ladimi.
Dadam : - Madina, Dildora, qanisizlar, nega ukangga qaramaysizlar, - dedilar.
Biz hayron edik, chunki singilcham ichkari uyda divanchada uxlab yotgan edi. Keyinchalik u uyg’ongan va ochiq turgan derazadan egilib turgan olchalardan olaman deb derazadan tushib ketgan ekan.
Yoz kunlarining biri edi. Hovlimizdagi so’rida onam, men va o’sha singilcham choy ichib o’tirgan edik. So’ri atrofida katta olma shoxlarida olmalar pishib, to’kilib yotibdi. Yon tarafda katta olma shoxlarida olmalar osilib turga edi. Bir mahal singilcham olma shoxlariga qarab:

  • I-i, Dildora , qara ana poti-Zuqi (Fotima-Zuhra), Poti-Zuqi, Poti-i…. i-I qara Zuqisi…… yo’q ekan , - dedi.

U bu gaplarni shunaqa ajoyib qilib aytdiki, hamma kulib yubordi.
Shoxga qarasak olmachalar ikkitadan bo’lib, oxirgisi bitta o’zi turgan ekan.
Ana shunaqa gaplar, hammaning shunday singilchasi bo’lishini istardim.
Mening ajoyib singilchamning ismi Ruxsora, sizlarniki balki Shahnoiza bo’lar, balki Dilnoza, balki Dilnura …..

K I M U , ‘’M Y A – U ‘’ D E G A N


Boshlovchi: Kunlardan bir kuni (shu payt ‘’mya-u’’ degan ovoz eshitildi).

  • Eshitdinglarmi, kimdir ‘’mya-u’’ degan?(Quyon kirib keladi)- Ha-a, sizmi ‘’mya-u’’ degan ?

Quyon: - Men, men yo’q, yo’q men emas, ‘’mya-u’’deyishni bilmayman.
Boshlovchi:- O’zi qayerda ‘’mya-u’’dedi.
(ikkichi kirib keladi)
- E, mana ‘’mya-u’’degan , kechirasiz sizmi ‘’mya-u’’degan?
Ikkichi: - Voy-voy nimalar deyapsiz, manavini qarang-chi, o’zim ustoz Gulzoda opadan olgan ikkilarimni qayoqqa yashirishni bilmay yotibman-ku, men sizga ‘’mya-u’’ der ekanmanmi?
Boshlovchi: - Ha shundaymi, e-e sizmi ‘’mya-u’’ degan?
Tovusoy: (kiradi) - Hoy, og’zilaringga qarab gapiringlar. Menday go’zallar malikasi ‘’mya-u’’deb yurarmishmanmi, e , tavba!
Kechikuvchi:- (sahnaga kirib kelayotib yiqiladi) Voy-voyey.. E, nimalar deyapsiz o’zi darsga kech qolsam, yetakchilar zrifa, Mushtariy opalar ko’rib qolmasin deb qo’rqib kelayotgan bo’lsam, nega endi men ‘’mya-u’’ der ekanman.
Boshlovchi: (sahnaga Zo’r kirib keladi va boshlovchi bilan to’qnashib ketadi)

  • Iya, nima bo’lyapti, ko’zingizga qarasangiz bo’lmaydimi, sizmi ‘’mya-u’’degan?

  • Zo’r: - Nima-nima, ko’zingga qarasang bo’lmaydimi, meni bu maktabda Zo’rsan deyishadi, ko’rsatib qo’yaman senga ‘’mya-u’’ ni, ‘’mya-u’’ emish-a.

Boshlovchi: - Toza qiziq bo’ldi-ku, kim u ‘’mya-u’’ degan?
Mushukcha: - ‘’Mya-u’’.
Boshlovchi: - Voy, topdim, senmi ‘’mya-u’’ degan, nima deganing ‘’mya- u’’?
Mushukcha:- ‘’mya-u’’, axir shaharchada archa bayrami bo’lyapti ekan. ‘’mya-u’’, meni bayramga kim olib boradi dedim-da.
Boshlovchi: - Eh, seni qara-yu, toza boshni qotirdin-ku, bayramga seni mana biz olib boramiz, qani ketdik, bolalar.

A L L A


Bugun dam olish kuni. Dadam opam bilan shaharga ketishdi. Onam esa Oppoq onamlarnikiga chiqdilar. Uyda singicham bilan qolganmiz, u ikki yoshda, lekin hali yaxshi gapira olmaydi. Shuning uchun ‘’chuldiriq’’ deb ataymiz.
Men opam tayinlagan ishlarni bajarishga kirishdim, uka esa hovlida o’yinchoqlarini anchagacha o’ynadi, ularni yig’ishtirib, xomushgina bo’lib o’tirib oldi.
Unga yaqinlashib so’radim :

  • Nima bo’ldi, Ruxsoraxon, nimaga xafasan? Konfet berdim, uni yemadi, xalatchasining cho’ntaklariga joylab qo’ydim, olma bersam ham shu ahvol.

Onamni chaqiray deb borsam, hamma oyijonlar yig’ilgan, Sanobar onam gapirib kulishayotgan ekan.
Qaytib kelsam singilcham qo’llarimdan ushlab uyga sudradi, kirdik.
U esa yugurib borib beshigini ko’rsatdi:

  • Allacha dota.

Uni amallab beshikka beladim, uxlasa kerak debman. U esa menga qarab jilmaydi, beshikning yopqichlarini yopgan edim, chiyillavorsa boladimi. Ochib qarasam boshchasini chayqab yig’lamoqchi, nima bo’ldi ekan deb hayronman. Ukam esa boshchasini ko’tarib oldi, zo’rg’a tushunibman, unga onamga o’xshab ‘’alla’’ aytish kerak edi, endi nima qilaman? O’zimcha xirgoya qildim :
Ukajonim alla bo’lsin alla,
Shirin ukajonim alla.
Ukajonim uxlab qolsin,
Uyqusida orom olsin, alla
Ruxsoraxon katta bo’lsin, alla.
O’zimning allamga berilib sezmay qolibman, singilcham shiringina jilmayib uxlab qolibdi.

G U L D A S T A

Q I SH

Ko’chilik bahorni , yozni yaxshi ko’rishadi, ba’zilar kuzni ham. Qishni ham yaxshi ko’rish kerak-ku, axir. Yil fasllari muttasil almashinaverar ekan. To’g’ri, qish sovuq, uylarni isitish qiyin, lekin buning ilojini qilish mumkin.


Qishni gular yomon ko’rishi mumkin, chunki bu davrda ularning yam-yashil yaproqlari sarg’ayib, yerga to’kiladi.
Qishni qushlar ham yoqtirishmasa kerak, ularning ko’pchiligi issiq joylarga ketishar ekan. Qolganlari esa yemish topishga qiynalib, sovuqdan yunglarini hurpaytirib ololganini kuzatish mumkin.
Lekin qishdan ham zavq, zavq va yana zavq olish mumkin.
Kunlar sovib, Q O R yog’ayotganini tomosha qiling. Xuddi osmondan kichik qushchalarmi-ey, ajoyib gulchalarmi-ey yoki oq, faqat oq kapalakchalar yerga qo’nayotganga o’xshaydi. Atrofga yoqqan nimalrga o’xshatish mumkin. Oppoq dasturxon, oq choyshab deysizmi, dehqon bobolar uni yerning oq ko’rpasi deyishar ekan.
Men esa uni oppoq gulzorga o’xshatgim keladi.
Qor ham yog’ib oldi, endi bolalarning zavqlanishining cheki yo’q, kimlar chanada sirg’angan, kimlar qorbo’ron o’ynagan, Qorbobo, Qorbolalar yasagan.
Kechqurungi sovuqqa qaramay derazalarga gul chizadigan rassom kimligini haligacha hech kim bilmaydi. Qish bekorchilik emas, bunda hamma dam oladi deyishadi. Lekin bilsam bu davr faqat dam olish emas. Kelgusi yil uchun tayyorgarlik davri ekan.
Shunday qilib Q I SH ni yomon ko’rib bo’lmaydi.

I SH O N CH


Qo’ng’iroq jiringlab darsga chorladi.
O’QISH DARSI.
Ustoz bugun V A T A N mavzusida suhbat o’tkazishlarini aytdilar. Odatdagidek sinfga sukunat cho’kdi, qo’llarimizni parta ustiga qo’yib, tinglay boshladik. Ustoz Vatanimiz o’tmishi, buyuk bobolarimiz haqida ajoyib gapirdilar.
VATAN – buyuk SO’Z … bu siz tug’ulib o’sgan joy, shu Vatanda sizning ota-bobolaringiz, aka-singil va SIZ tug’ilib o’smoqdasiz.Shu Vatan sizning uyingiz, ko’changiz, mahallangiz va mamlakatingizdir. Sizlar shu Vatan ravnaqiga yaxshi xulqingiz, o’qishingiz va foydali mekhnatingiz bilan hissa qo’shishingiz bu sizning Vatan oldida xizmatingizdir.
Ertasi kuni darsda ustoz yana boshladilar:
-Qani, aytinglarchi kecha kim qanday ishlar bilan mashg’ul bo’ldi?
-Ustoz biz tomorqada ishladik.
-Biz esa 15 ta terak, yana shuncha tut ham ekdik.
-Ustoz,hovliga, ko’cha tarafga ekilgan gullarni ham aytsam maylimi?
Mayli, voy bu juda ajoyib-ku!
Xullas, topshirilgan uy ishlari mavzulari so’ralib ustoz anchamizni a’lo baholar bilan siyladilar. Shu payt sekin o’rnimdan turdim, qo’limni ko’ksimga qo’yib:
-O’zbekiston Respublikasiga xizmat qilaman-dedim. Shunda nima bo’ldi deng, a’lo baho olgan sakkizta sinfdoshliarim ham o’rnilaridan turib:
O’zbekiston Respublikasiga xizmat qilaman qilaman-desalar bo’ladimi.
Ustoz esa jilmayib:
-Juda soz, sizlarga ishonaman. Siz buyuk O’zbekistonni kelajagisiz – dedilar.

M E H R
Yoz qanday SOZ.

Erta tong. Hovlimizda ajoyib gular ochilgan, hovlimizga kirgan odam bir zum to’xtab, ularni tomosha qilmay iloji yo’q, ularning hidinio aytmaysizmi. Bugun Sodiq bobomonam bilan Oppoq onamni mehmonga olib ketuvdilar. Nima bo’pti deysizmi? Hali gapni o’ylamasimdanoq zinapoyada kichkina singilcham ko’rindi, yuragim shuv etib ketdi. Hozir onamni so’raydi, ertalab onamlar ketayotganda u xali uxlab yotgan edi. Aytganimdek,
-Opa ,opajon, onang qani? Deya boshladi. Tandirdan non uzayotgan opam: -Voy qizalog’im, turdingmi, kelaqol kulchang pishdi.
--Yo’-o’-o’q, onang qani? qilappan?
-- Ha, onang mehmonga ketuvdilar, choy ichib, o’ynab turgunlaringcha kelib qoladilar, ol asal qizim. Shu payt ko’chadan shoshilib dadam kelib qoldilar.
-- Dada, dadajon, onang qani? qilappan? Dadam:
-- O’zi esi ko’-o’-o’p qizsan, onang kelib qoladilar, -- dedilar-da, chiqib ketdilar. Singilcham yuvindi, kelib so’riga o’tirdi, biz bilan choy ichdi, lekin uning xomushligi tarqalmadi. Tez-tez, ishonasizmi yigirma marta desam ham oz bo’lsa kerak, darvoza tarafga qarab qo’yardi.
Bir payt qarasam singilcham yo’q, uni izlasam, uyga kirib, sekingina yig’lay boshlagan ekan.


  • Senga nima bo’ldi Ruhsora?, - deyishimni bilaman, barilla yig’lay boshladi.

  • Senga onang qani? qilappan?

Hayron bo’lyapsizmi dadam, Rasul bobom, Dilorom ammajonim, O’tkir bobom va uyimizga keladiganlarning hammasi hovliga kirishlari bilan: -- Onang qani? deb so’rashadi. Shu sababdanmi “onam qani” deyish o’rniga “onang qani” deb yuradi. Uni to’g’rilash uchun ancha urindik, bo’lmadi. Keyin dadam:

  • Mayli, qo’yaveringlar, o’zi bir kuni to’g’rilab olar, - dedilar.

Nihoyat ko’cha eshikka Sodiq bobomning tim qora “V O L G A”si kelib to’xtadi. Onamning: - Rahmat, bolam. Har doim Alloh seni o’zi asrasin,- degan ovozi eshitildi. Biz singilcham ikkimiz onamga qarab yugurdik.
-Ona, onajon men onang qani? qildim, -- dedi singilcham.Onam uni ko’tarib oldi va so’riga kelib o’tirdilar. Singlimni bag’riga bosar ekan:-Jonim bolam, qani mening jonim bolaginam, -- deb erkaladilar.
Shu payt Ruhsora ham shart o’rnidan turib onamni mahkam quchog’lab:
-Onam, onajonim, -- desa bo’ladimi. Hamma kulib yubordi. Bilasizmi, biz shuncha urinibm uddalay olmagan olmagan ishni ona mehri bir pasda hal qilib qo’ygan edi. Ertalab uyqudan uyg’ongan singilcham ko’zlarini ishqalab:
- Onam qani?—dedi.
- Onam qani emas, onam qanilar dedim.
O’qiganlaringiz balki oddiy tuyular, balki sizning hayotingiz, xonadoningizda ham sodir bo’lgandir. Lekin shu kabi kichik narsalarham bizga onaning , ona mehrining bundan han kattaroq narsalarga qodir ekanligining isbotidir.

U CH R A SH U V


Dars tugadi. Ustoz biz bilan xayrlashar ekanlar:
-Bolajonlar, bugun qishning so’nggi kuni, siz bugun qishda uxlashga yotasiz, ertalab bahorda uyg’onasiz, -- dedilar.
B A H O R so’zini eshitishimiz bilan xursand bo’lib ketdik, xuddi yugursak bahorga yetib oladigandek, shoshilib uylarimizga jo’nadik. Xuddi qish cho’zilib ketgandek tuyulardi. Bu yil esa unday bo’lmadi, hali fevralning boshlaridayoq yerda yam-yashil o’tlar paydo bo’la boshladi. Hovlimizdagi bodom daraxti hammadfan oldin kurtaklay boshladi.
Bir kuni ertalab hovliga chiqsam bodom novdalarida ajoyib tomosha : qator-qator pushti ko’ylakli qizchalar qo’l ushlashib turib ,raqsga tushayotganga o’xshardi. Huddi ular qochib ketayotgandek yugurib ularning oldiga bordim. Novdalar pushti gullar menga qarab mo’ralab turgan edi, gular shunaqa chiroyli edi-ki , ulardan ko’z uzib bo’lmasdi. Shu payt Ruhsora ham chiqib keldi va:
--Didi qara, kecha gular xuddi tugmachalarga , birov qator qilib qadab qo’yganga o’xshardi, bugun esa ular muncha chiroyli bo’lib ketibdi , voy-bo’……
Singilcham u daraxtdan bu daraxtga o’tib , xursandligi ichiga sig’masdi. Bundan bir necha kun avval mana shu gullar o’rnida dum-dumaloq bir narsachalarni ko’rgan edim. Ularni yaqinroq borib kuzatdim, go’yo yo’rgaklangan chaqaloqqa o’xshardi ular.
Demak ,o’shanda men maftunkor B A H O R bilan uchrashgan ekanman-da.

T A SH R I F


Yozning issiq kunlari boshlandi.
Bahor go’zal yozga o’rin bo’shatayotganda atrofni kuztganmisiz?
Bu s-o’-z bilan ta’riflab bo’lmaydigan manzara, yaxshilik, gullar va go’zal-lik-dan iborat. Bu kunlarda hovlimizdagi gulzorda tantiq kapalaklar yangi ko’ylaklarini, tillaqo’ng’izlar yashil nimchalarini boshqa qurt-qumursqalar ham yangi-yangi xalat va yaktakchalarini ko’z-ko’zlay boshlashgan edi. Bu paytda qishlog’imiz yanada go’zallashadi. Daraxtlar, gullar yana ham o’zgacha chiroyli bo’lib ketadi. Bahorda ekilgan gullar ifori olamni tutadi. Uyimiz atrofiga ekilgan qorag’atlar (smorodina) faqat biznikida emas, qishloqdagi ko’pchilikning uylarida bor bo’lgan bu meva hammadan oldin gullay boshlaydi. Uning sap-sariq oltindek gullari mayda bo’lsa ham juda chiroyli ko’rinadi, har bir gulcha kichik yulduzcha yoki quyoshgacha o’xshaydi. Bu kunlarda bobo quyosh ham qishlog’imiz tepasida biroz to’xtab go’zallikni tomosha qilib song yo’lida davom etadigandek.
Shunday kunlarning birida sodir bo’lgan bir voqeani sizlarga aytib bermoqchiman.
Yozda oppoq pashshaxonalarda gullar atriga burkanib, uyquga ketishning gashti boshqacha. Atrofda oqshom hukmron. Osmon yulduzli choponini kiyib olgan, xuddi sehrli ertakka o’xshaydi.
Bir mahal tushimdami, o’ngimdami hovlimizga osmondan oppoq nur taralgandek bo’ldi. Oymomoga qarasam, biz tomonga qarab qay ko’z bilan qaray-ki, oppoq ot qoshilgan chanada Qorqiz tushib kelyapti. O’rnimdan turdim: - Qorqiz, bu rostdan ham sizmisiz? Qrshimda oq po’stin, oq qalpoq, oq etik, hatto, qo’lqoplari ham oppoq QORQIZ jilmayib turibdi.

  • Salom, meni tanirkansiz, xursandman.

  • Adashib qolmadingizmi, mabodo hozir siz…

  • Yo’q-yo’q, sira ham adashganim yo’q, bobom QORBOBO o’zlari meni kuzatib qo’ydilar, - dedi-da boshidagi qalpog’i va bo’ynidagi sharfini yecha boshladi.

  • Qachonlardan buyon yozni ko’rmoqchi, quvnoq bolalar davrasida bo’lishni juda-juda orzu qilardim.

Bu gaplarni eshitib, albatta, xursadn bo’ldim. Darrov qo’shnilarni uyg’otdik. Iroda, Sevinch opchamlar, Yahyobek, Burhon, Farruh akamlar, Shohabbos, Javohir, Boburjon va Bunyod ukamlar chiqib kelishdi. Tinchimagan Ruxsora bobomnikiga telafon qilibdi. Bir pasda hovlimiz bolalarning qiy-chuviga to’ldi. Hamma haqiqiy QORQIZni ko’rganidan xursand. Axir, tomoshalardagi QORQIZ larbir xil yodlangan gaplarni aytib, bir xil she’r o’qiyverib zeriktirib yuborar edi-da.
Bu ko’zlari quvonchdan chaqnab turgan, biyron-biyron so’zlayotgan QORQIZ esa biz nima qilayotgan bo’lsak, shuni qilishga harakat qilar, har bir gulni, pishgan gilos-u olmalarni o’z qo’llari bilan ushlab ko’rardi.
Hayron bo’lganimiz u atirgullarni uzmoqchi edi, qo’liga tikani kirdi, lekin qon chiqmadi.

  • Iya, qo’lingiz og’rimadimi? – dedi mehribonlik bilan Dilobar opcham.

  • Qarangalr, qon chiqmadi, bu haqiqiy QORQIZ ekan, - dedi donolik bilan Yahyobek akam. Hamma QORQIZga yaqin bo’lishga intilar, Sevinh opcham, Yahyobek akam, Farruhlar uni taekvando musobaqalarida olgan medallarini taqib qo’ydilar.Shohabbosning velosipedidagi sayr ham maroqli bo’ldi.

Bir mahal qay ko’z bilan ko’ray-ki, Behruzbek akam uylaridagi g’ildirakli kata muzlatgichni yetaklab kelyapti.

  • QORQIZning mazasi qochib qolmasin dedim-da, - dedi u. Madina opcham allaqachon QORQIZning to’rt tomonidan turib rasmini chizibdi desam, Hilola opcham uni telafonga suratga ham tushurib ulguribdi.

Huddi shunday payt otning kishnagan ovozi hammani hayron qoldirdi. O’zimiz bilan bo’lib otni ham, chanani ham unutgan ekanmiz. QORQIZ o’yindan to’xtadi va bizga qarab:

  • Ishonasizlarmi, sizlardan sira ham ajralgim kelmayapti, sirta ham, lekin bobomni xafa qilmasligim kerak, o’z vaqtida Vatanimga qaytishim kerak, - dedi.

Hech kimning ajralgisi, xayrlashgisi kelmasdi. Sovg’alar to’plandi. QORQIZning chanasini anvoyi gullar, kitoblar, rasmlar bilan to’ldirdik.Ukalarim chanaga ‘’O’ZBEKISTON’’ degan kata yozuvni ham osib qo’yishdi. Ertaklardagidek oq ot chanani sudrab, osmonga ko’tarildi. QORQIZga qo’l silkib xayrlasharkanmiz ko’zimiz jilmayib turgan QORBOBO ga tushdi. Bu T A SH R I F biz uchun unutilmas bo’ldi.

G U L L A R I M

Hovlimizda gul o’stirdik rang-barang,
Ta’rifiga so’z yo’q o’zingiz qarang.
Gullar kulgusida o’zgacha jarang,
Gullarjonim mening, gullarim mening.

Gullarsiz o’tmaydi hech bir tantana,


Gulzorli hovlilar – chaman, xushhavo.
Yana bir sir ham bor – gullar ham davo,
Gullarjonim mening, gullarim mening.

B A H O R


( singlim Ruhsoraga )
Men bahorman, BAHOR,
Tanishaylik, bolalar.
Men bahorman, bahor,
Menda gullar ochilar.
Men bahorman, bahor,
Menda kular orzular.

Men bahorman, bahoroy


Menda sharqiraydi soy.
Men bahorman, bahoroy
Menda hayron , hatto OY.
Men bahorman, bahoroy
Menda olam ochar chiroy.
F A S L L A R E R T A G I
Q I SH
Avvalo bu oqlik. Sovuqqa toqat qilsa bo’ladigan fasl.
Hamma yoq oqqa burkangan,lekin sovuq.
Qishning ajoyib p a l l a s i bu – Q O R yog’ayotgan payt. Kaftingizni cho’zsangiz, unda mo’jiza yuz beradi.
Oppoq, ha, faqat oppoq gulchalar, yulduzchalar, kapalakchalar, hatto, laylakchalar unga qo’nganga o’xshaydi.
Bu unutilmas lahzalardir.

B A H O R

Qishning sovug’ini sindirib, bahorgi quyosh o’z jamolini ko’z-ko’z qila boshlaydi. Atrof … oyoq ostidan boshlab tomlargacha ajib bir yashillikni ko’rasiz.
Beixtiyor “ Xush
kelding
B A H O R ”
deb yuborasiz.
Bu orombaxsh oliqlikdan bobolar, momolar mamnun bo’lib, “Yetkazganingga shukur” deb duo qilishadi.
Yaxshilik saltanatiga xush kelibsiz.

Y O Z


Ta’rifiga tilham, dil ham ojiz.
Hamma yoq
G U L …….
Gul, gullar, gulshan, chaman, chamanzor, gul ifori.
Katta gul ham, kichik gul ham insonga go’zallik hadya etadi.
Hatto, tuvakdagi gullar ham tashqarini ko’ra oladi (bu haqda keyin).
Xullas, Y O Z -- bu G U L fasli.
K U Z
Hammaga to’kinchilik ulashuvchi, saxovatli fasl.
P I SH I Q CH I L I K .
Manzaraga qarab to’ymaysiz, to’rt fasl mujassam: sovuqqina yel esib turadi, daraxtlar, maysalarda hali yashillikni ko’rish mumkin. Tilla rang yaproqlar oyoqlar ostiga gilamdek to’shalgan. Kuz shamollari qish haqida kuylaydi.
Yurtim K U Z ining ta’rifiga til ojiz.
Dunyoning hech bir joyida bizning kuzga teng keladigani y-o’-q.
Yurtimizda har bir fasl o’z yumushi va husniga ega.
Mana shu go’zallik, to’kislik bardavom bo’lsin.

A r m o n

Gullar,
Gullar,
Gullar…
Hovlimizda anvoyi gullar bor. Ifori insonga xush yoqadigan tabiatning bu mo’jizasi borligiga shukur. Ularga ko’zingiz tushishi bilan dillar yayraydi, ko’zlar quvnaydi. Ammo shunday gullar ham bor-ki… to’g’ri topdingiz bu tuvakdagi gullar. Deraza va zinapoyalarni bezatib turgan shu gullarning o’ziga yarasha a r m o n i ham bor ekan. Ular hovlidagi gullarga juda havas qilishar ekan. Bir kuni qizaloq ularning suhabatini eshitib qolibdi. Kichkintoy gulcha oyisiga qarab:
-Oyijon, oyi. Hovlidagi gullarga buncha ma-za, ular toza havodan nafas olishar ekan.
- Voy, qizalog’im, biz turgan joy bilan hovlining havosi bir xil.
- Oyijon, ularga chiroyli, ko’ylaklari har xil kapalaklar qo’nishib, yuzlaridan o’pib qo’yishar ekan.
- Kichkintoyim, sabr qil, hademay yoz keladi. Ana o’shanda bizlarni tashqariga chiqarishadi. Shunda kapalaklar seni ham ko’rib qolar.
- Oyijon agar menga o’shanda ham kapalaklar qo’nmasa men kasal bo’lib qolaman.
- Hay, hay, hay. Unday be’mani gapni gapirma, bitta-yu bitta armoning shu bo’lasa, u ham ushalib qolar.
Qizaloq bu suhbatdan keyin uzoq vaqt o’ylanib qolibdi. Gulchaning armoni ushalishiga qanday yordam berishni juda ko’p o’ylabdi.
Ko’p o’tmay ukalari Hasanjon va Husanjonlarning tug’ilgan kunlariga atab xarid qilingan konfetlarni ko’rib qizaloqning ko’zlari chaqnab ketibdi. Chunki dadasi keltirilgan shirinliklar ichida konfet solingan qopchalarning og’zi kapalakli tasmachalar bilan bog’langan ekan. U barcha tasmachalarni kapalagi bilan yig’ib olibdi. So’ngra ularni gullar uxlagandan song, ularga qadab chiqibdi. Ertalab sekin qarasa, kichkintoy qizcha gul ham, uning oyisi ham shunaqa xursand edilarki, sevinchlarining cheki yo’q edi. Kichkintoy gul oyisiga, o’ziga qo’nib turgan kapalakchasini ko’rsatib, maqtanayotgan ekan. Shunday qilib kichkina gul kasal ham bo’lmabdi, u o’z orzusiga yetibdi. Qizaloq esa o’z ishidan mamnun bo’lib ketibdi.

E H T I R O M


( 21 – oktabr – “Ustoz va murabbiylar kuni “ga
bag’ishlangan sahna ko’rinishi)
ISHTIROKCHILAR

1.Qo’shni ayol


2. O’qituvchi
3.Doktor
4.Dizayner
5. Harbiy
6.Bokschi
7.Talaba
(Hovli. Qo’shni ayol hovlisidan turib qo’shninikiga mo’ralaydi)
Qo’shni ayol : -- Qo’shninikida nima gaplar ekan-a, bir chiqib boqaychi. Qo’shni,
huv-v qo’shni.Nimalar qilib yotibsiz? Uydamisiz?
(Qo’shninikiga chiqadi.)

  • Assalomu alaykum, qo’shnijon, voy-voy-voy, qachon qarasam kitob o’qiganingiz o’qigan. Nima hozir ham pensiyaga chiqqaningiz esingizda yo’q-mi?

Ustoz: - Keling, keeling, o’rgilay, xush kelibsiz. Kitoblarsiz tura olmaymanda, ular
yolg’izlikda ham yaxshi hamroh-da.
Qo’shni ayol: - Obbo, yig’ishtiring shu kitoblaringizni, bir pas bu dunyoda
kitoblardan ham boshqa narsalar bor.
Ustoz: - Mayli , mayli, keeling. Gaplashsak gaplashaveramiz-da.
(Hovliga ustozning shogirdlari birin-ketin kirib kela boshlashadi.)
Hammalari: - assalomu alaykum, ustoz. Bayram muborak.
Doktor: - Ustoz sizning sog’ligingizdan bir xabar olay dedim.
Harbiy: - Ustoz, yangi muvaffaqiyatlarimni sizga yetkazay devdim.
Ustoz: - Voy bolam, seni telavizorda ko’rsatishganda, ko’zimdan yosh chiqib ketdi.
Dizayner: - Ustoz, mana bu yangi loyihalarim bilan Parijga xalqaro tanlovga borar
ekanman.
(Chizmalarini ko’rsatadi.)
Qo’shni ayol: - Parijga deysanmi, qani ko’ray, voy bo’, balo-san-ku!
Bokschi: - Assalomu alaykum, ustoz. Sizni sog’inib keldim.
Ustoz: - Haya-a, anchadan buyon daraging bo’lmadi, dedim.
Bokschi: - Bekor yurganim yo’q, mana bu medallarni sizni xursand qilay deb
ko’rsatishga olib keldim.
Ustoz: - Eh-he, shuncha narsani olishni o’zi bo’lmasa kerak.
Qo’shni ayol: - Voy-vo’, tillalari ham bormi, voy bor ekan.
(Shu payt ustozning telefini jiringlaydi. Uni dizayner oladi)
Dizayner: - Ustoz, sizni so’rashyapti, Amerikadan ekan.
Ustoz; - Allo, eshitaman.
Talaba (telefondagi ovoz): - Assalomu alaykum, ustoz, salomatmisiz, men
Amerikadan qo’ng’iroq qilyapman. Bayramingiz
muborak bo’lsin. Baxtimizga sog’ bo’ling.
Ustoz: - Rahmat, shuncha ishlaring, o’qishlaringni qo’yib, vaqt topganingdan
boshim osmonga yetdi.
Harbiy: - Shu yig’ilishimizni bir suratga olib qo’ysam nima deysizlar?
H A M M A: - Yaxshi bo’lardi.
Qo’shni ayol: -- I-ye, bular hali suratga ham tushmoqchi-mi, hay-hay, men ham
qolib ketmay.
HAMMA: -- Ustoz, bayram muborak,
Dunyo turguncha turing.
Bizga bergan bilimlaringiz uchun
KATTA RAHMAT.
T a b r I k !

  1. Bizni bilimlar olamiga boshlagan, “Alifbo” ni o’rgatgan GULZODA opa, MUYASSAR opa, MUHABBAT opa, SAYYORA opa, DIFUZA opa, NILUFAR opa;

  2. Onajonimiz tili hozirgi kunda qudratli bo’lib borayotgan, hatto BMT minbaridan yurtboshimiz so’zlagan ona tilimizni o’rgatayotgan MAQSUDA opa, ZULAYHO opa, ELYOR aka, DILFUZA opalarni;

  3. Matematika sirlarini qunt bilan o’rgatayotgan SOBIR aka, BAHODIR aka, NURBEK aka, ILHOM akalarni;

  4. Vatanimiz o’tmishi buyuk tarixi bilan tanishtirayotgan NILUFAR opa, ELDOR akalarni;

  5. Qardosh rus tili bilan bizlarni oshno qilayotgan BOYNAZAR aka, SOFIYA opalarni ;

  6. Jahonga yuz tutayotgan yurtimiz ravnaqi uchun zarur bo’lgan ingliz tili fani muallimalari SAYYORA opa, DILDORA opa, NIGINA opalarni;

  7. Ta’limga qo’shib tarbiya berayotgan, huquq va burchlarimizni o’rgatayotgan RAHMATILLA aka, SHERZOD akalarni;

  8. Tabiat sirlarini tinmay o’rgatayotgan QUNDUZ opa, NAFISA opa, MANZURA opa;

  9. Maktabimiz sport sharafini yuqori cho’qqiga olib chiqayotgan O’KTAM aka, SAYDULLA akalarni;

  10. Boshqa biz uchun jon kuydirayotgan barcha ustoz va murabbiylarni BAYRAM bilan

T A B R I K L A Y M I Z !

DILDORA YOQUBOVA


Hayotdagi shiori:
“INTILGANGA TOLE YOR”
2007-yil 10-iyunda Sirdaryo viloyati Mirzaobod tumani “Oydin” mahallasida tug’ilgan. 2013- yil 6 yoshda Z.M.Bobur nomli 14-maktabning 1-sinfga qabul qilingan. Boshlang’ich sinflar bosqichini na’munali xulq va a’lo baholar bilan bitirgan. Hozirgi kunda shu maktabning 9-sinfida o’qimoqda, maktabning Yoshlar Ittifoq Sardori va namunali o’quvchi hisoblanadi. Oilada bosh farzand, hammamuammolarni dadasi bilan xal qiladi. Bo’sh vaqtida ustozi Sayyora opadan ingliz tilini o’rganadi, bichish-tikish ustozi Surayyo ammasi undan minnatdor.2015-yil uning ijodiy mashqlari “HAYRAT” nomi bilan nashr etilgan. Kichkina qizaloqning atrofidagi olamga hayrati jamlangan bu kitobchaga yozganlarida o’z atrofidagilarni aks ettirish, buni ularga foydasi tegishini istaydi.
Download 92.64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling