Soxibqiron Amir Temurning jangovar xarakatlari
Amir Temurning harbiy san’ati
Download 36.75 Kb.
|
Amir Temur janglari tarixi 6 лист
3. Amir Temurning harbiy san’ati.
Dunyoning 27 mamlakatini zabt etishda Amir Temurning qo’shini va uning harbiy san’ati bosh omil bo’ldi. Temur sarkarda sifatida dunyoga mashhur. Uning g’olibona yurishlarda qo’llagan taktik va strategik jang qilish uslublari bugungi kunda ham jahondagi etakchi mamlakatlarning harbiy bilim yurtlari va akademiyalarida o’rganiladi va o’qitiladi. Juda qattiq temirdek mustaxkam tartib va intizomga ega bo’lgan Temur qo’shinlari asosan piyoda va otliq askarlardan iborat edi. Ular «O’nliklar» («ayl»), «Yuzliklar» («xo’shun») «Mingliklar» («xozoro») va «O’nmingliklar» («Tuman») ga bo’lingan va ularga «O’nboshi;» «Yuzboshi», «Mingboshi» hamda «Amir» lar boshchilik qilganlar. «Tuman» larda askarlar soni 10 ming, qo’shinda esa 100 mingdan bo’lgan. 10 minglik lashkarni boshqarish uchun «Tuman Og’asi» minglik bo’limni «Mirixazora», yuzlikni «Xushinboshi» va o’nlikni boshqarish uchun «Aylboshi» kabi harbiy mansablar tashkil qilingan. Bo’linma boshliqlari - Amirlar Temurga tobe bo’lgan qirq aymoq (qabilar) dan o’n ikkitasi: Barlos, Arg’in, Jaloir, Tulkichi, Duldoy, Mo’g’ul, Sulduz, To’g’oy, Qipchoq, Arlot, Totar, Tarxonlar orasidan tanlab olingan. Eng ulug’ martaba amirlik bo’lib, Temur faoliyatining dastlabki yillaridan boshlab uni tark etmasdan sodiqlik bilan xizmat ko’rsatgan 313 kishiga berilgan: bittasi amir Ul-Umaro, to’rttasi Beklar-Begi; yuztadan Mingboshi, Yuzboshi va O’nboshi bo’lgan. Bulardan tashqari, yana o’n ikki nafar kishiga birinchidan to o’n ikkinchi darajali amirlik unvoni berilgan. O’n ikkinchi darajali amir odatda amir Ul-Umaroning noibi hisoblangan. O’n ikkinchi amirning xar biriga bittadan bayroq, nog’ora, o’n minglik qo’shin, tug’ va chortug’, to’rt nafar beklar begining xar biriga, bittadan bayroq nog’ora, chortug’ va burg’u (karnay) berilgan. Bu o’ziga xos ramzlar qo’shin bo’linmalarini bir-biridan farqlab, ajratib, turgan. Jumladan katta qizil bayroq qo’shin boshlig’i amir Ul-Umaro yoki beklar begining ramzi bo’lgan. Ot yoli bog’langan nayzali uzun tug’ tuman Og’asining, ikki tomonga kokillar osilgan ikki nog’ora yuzboshining belgisi hisoblangan. Otliq suvoriy qismlarni boshqarish uchun maxsus ajratilgan otliq egalarining ikki tomoniga ikki tabiy dovul osib qo’yilgan. Jang boshlanishi oldidan suvoriylarni ma’orabaga solish, maqsadida unga bong urib qoqilgan. Amir Temur sipoxni tuzishda, asosan o’z zamonida mashhur bo’lgan o’nliklar, yuzliklar, mingliklar tartibiga amal qiladi. Uning lashkarlarining eng quyi bo’g’inini o’nliklar tashkil etgan bo’lsa, eng yuqori bo’g’ini esa Amir Ul-Umaro raxbarlik qilgan sipox edi. Ularning ustidan yakka o’zi cheksiz xuquqqa ega bo’lgan holda qo’mondonlik qilar edi. Temur o’nboshi, yuzboshi, mingboshi va amirlar tanlashda shunchaki, tanish-bilishlar asosida tayinlamasdan, balki bu masalada bevosita jang maydonida o’zining maxoratini ko’rsatgan shaxslarni tanlaydi. Bu ‘aqda Temur shunday deydi: «Amr qildimki, qachonki asl sipoxlardan ish ko’rgan, jang-jadalda suyagi qotgan o’n kishi yig’ilsa bulardan qaysi birining shijoati, botirligi ortiqroq bo’lsa, qolgan to’qqistasining roziligi va ma’qullashi bilan uni o’zlariga boshchi saylab, otini o’nboshi deb atasinlar». Ko’rinib turibdiki, Temur o’z sipoxini tuzishda tabiiy qonunchilikka amal qilgan. U xar bir janchini tanlashda uning suyagi jangu-jadallarda qotganiga e’tibor bergan. Yana ularning boshlig’i qilib, o’zlarining orasida hammalaridan ham botir, shijoati ortiqroq jangchini tanlab, qolgan to’qqistasining roziligi asosida o’nboshi qilib tayinlaydi. «O’n nafar o’nboshi jam bo’lsa, o’z ichlaridan eng ish ko’rgan, jang maydonlarida to’planib tajriba orttirgan, boxodirlikda nomi chiqqan birovni amir qilib uni yuzboshi deb nomlasinlar». Ana shu tajribada mingboshi (amiri xozora) va boshqa qo’mondonlarni tayinlashni joriy qiladi. Download 36.75 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling