Lazer fizikasi fanining tarixi, buguni va kelajagi


Eynshteyn koefisiyentlari orasidagi bog`lanish


Download 132.47 Kb.
bet40/44
Sana10.11.2023
Hajmi132.47 Kb.
#1762376
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   44
Bog'liq
Lazer fizikasi fanining tarixi, buguni va kelajagi-fayllar.org

Eynshteyn koefisiyentlari orasidagi bog`lanish


Bir dt vaqt davomidagi spontan o‘tishlar soni quyidagi formula orqali aniqlanadi:
(1.1.2)
Bunda: A21 - spontan nurlanishning ehtimoliyati yoki spontan nurlanish uchun Eynshteyn koeffitsienti deyiladi. Bu koeffitsient ikkinchi energetik holatdagi atomning yashash vaqti bilan quyidagicha bog‘langan:
, (1.1.3)
A21 -koeffitsient vaqt birligidagi spontan kvant o‘tishlar soni orqali aniqlanadi.
Endi atomlar uyg‘ongan Е2 energetik holatda joylashgan bo‘lsin va shu modda atomlariga tashqaridan v12 chastotali yorug‘lik to‘lqini kelib tushsin. Shu paytda yuqorida ko‘rib o‘tilgan spontan kvant o‘tishdan tashqari majburiy kvant o‘tishlar ham mavjud bo‘lishini A.Eynshteyn aniqladi. Tashqaridan tu­shayotgan yorug‘likning chastotasi atomning Е2 energetik sathdan е1 energetik sathga o‘tish chastotasiga mos kelgandagina atomlarning majburiy ravishda Е2 dan Е1 ga o‘tishi kuzatiladi va yorug‘likning nurlanishi kuzatiladi. Majburiy nurlanish spontan nurlanishdan tubdan farq qiladi. Spontan nurlanishda yorug‘lik to‘lqinlarining fazalari o‘zaro bog‘lanmagan va yorug‘lik kvanti tartibsiz ravishda turli yo‘nalishda tarqalsa, majburiy nurlanishda esa hosil bo‘lgan yorug‘lik to‘lqini fazasi, chasto­tasi va qutblanishi tashqaridan moddaga tushgan yorug‘lik to‘lqinining fazasiga, chastotasiga va qutblanishga aynan teng bo‘ladi. Majburiy nurlanishdan hosil bo‘lgan yorug‘lik kvanti bilan tashqi yorug‘lik kvantlari bir-birlaridan mutlaqo farq qilmaydi va ular bir xil tarqalish yo‘nalishiga ega bo‘ladi. Shuning uchun ham majburiy nurlanish tashqi yorug‘lik energiya zichligi – ga va uyg‘ongan atomlar soni N2 ga bog‘liq. Atomlarning dt vaqt davomidagi majburiy nurlanishlar soni quyidagi formula orqali ifodalanadi: , (1.1.4)Bunda, B21 - majburiy nurlanish ehtimoliyati yoki majburiy nurlanish uchun Eynshteyn koeffitsienti deyiladi, ( ).
Shunday qilib, majburiy nurlanish – bu tashqi maydon ta’siridagi nurlanishdir. Shuning uchun ham uning to’lqin uzinligi bir xil bo‘lishidan tashqari fazo va vaqt bo‘yicha ham kogerentdir.Odatdagi sharoitda modda atomlariiing ko‘pchiligi asosiy energetik holatda joylashgan bo‘ladi. Agar modda atom­lariga tashqaridan v12 chastotali yorug‘lik kelib tushsa, atom asosiy energetik holatdan ikkinchi uyg‘ongan energetik holatga, ya’ni е1→е2 ga o‘tadi. Energiyalar farqi atomni asosiy energetik holatdan uyg‘ongan ikkinchi energetik holatga o‘tkazadi va shu energiyalar farqini atom tushayotgan tashqi yorug‘likdan qabul qilib oladi va o‘z ichki energiyasini oshiradi. Atomning tashqi yorug‘lik ta’sirida pastki energetik holatdan yuqori energetik holatga ko‘chirilishiga majburiy yutilish deyiladi. Atomning tushayotgan yorug‘lik energiyasini yutishi tashqaridan tushayotgan yorug‘likning energiya zichligiga ( ) va birinchi energetik holatdagi atomlar soni N1 ga bog‘liq. Majburiy yutilishning dt vaqt davomida o‘tishlari soni quyidagicha aniqlanadi:
(1.1.5)
B12 - majburiy yutilishni ifodalovchi Eynshteyn koeffitsienti, N1 – asosiy energetik holatda joylash­gan atomlar soni.




  1. Download 132.47 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   44




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling