Lazerlarning zamonaviy
Download 306.83 Kb.
|
2 5386368500807769048
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI Z.M.BOBUR NOMIDAGI ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI Qo’lyozma huquqida Sobirjonova Madina LAZERLARNING ZAMONAVIY ELEKTRONIKADA QO’LLANILISHI 5A140202-“Fizika (Lazer fizikasi)” Magistr akademik darajasini olish uchun yozilgan DISSERTATSIYA lmiy rahbar: f-m.f.n., dots. M.Nosirov Andijon-2019 Xozirgi zamonning ajoyib belgilaridan biri bu – mikrozarralarning majburiy nurlanish berish jarayoni asosida ishlovchi lazerlarning yaratilishi va ularni sanoat sohasida keng miqyosida qo’llanilishi desak mubolag’a bo’lmaydi. Lazer so’zi – inglizcha “Light amplification by Stimulated Emmission of Radiation” so’zlarining bosh xarflaridan olingan bo’lib , majburiy nurlanish ta’sirida yorug’likning kuchayishi ma’nosini anglatadi. Lazerlarning yaratilish tarixiga nazar tashlasak, 1916 yilda Eynshteyn kvan tushunchalar asosida kvant tizim tomonidan yorug’likning yutilishi yoki nurlanishi ushbu tizimning bir energetik xolatdan boshqa energetik holatga o’tishida majburiy nurlanish jarayoni bo’lishini o’z gipotezasida asoslab berdi. SHunday so’ng bu sohada bir qator olimlar yangiliklar yaratdilar. Tajribalarda birinchi bo’lib, yorug’likning kuchayishini Fabrikant ko’rsatgan, lekin lazerlar nazariyasi texnikasi va texnologiyasi rivojiga N.G.Basov, A.M.Proxorov va Ch.Taunslar asosiy sababchi bo’ldilar va 1964 yilda shu ishlari uchun nobel mukofotini oldilar. O’tgan davr ichida lazerlar fan va texnikaning murakkab masalalarini yechish asbobiga aylandi. Lazer yordamida ishlab chiqarishning o’ta murakkab texnologiyalari fanning nozik tadqiqotlari, inson sog’ligini saqlash, davolash, harbiy qurollar, aloqa tizimlari va boshqa sohalardagi muammolarni hal qilish imkoniyatlari vujudga keldi. Shuning uchun, lazerlarning ishlash prointsplari va xossalari, shuningdek, ularning zamonaviy elektronikada qo’llanilishini chuqur tahlil qilish orqali ularning ishlash samaradorligini oshirish bugungi kunning asosiy maqsadi. Lazer nurining hususiyatlari
XX asrning 60 yillaridan boshlangan axborotni lazer nuri yordamida optik qayta ishlash, axborotning yuqori himoyalanganligi, mahsulot tannarxining arzonligi va ishlatish qulay bo’lganligi uchun axborotni kompakt disklarda saqlash hozirgi kunda ommalashib, saqlanayotgan axborotning 70 foizini tashkil etmoqda. Ilmiy jurnallar, o’quv qo’llanmalari, kino, musiqa kabi ko’ngilochar va boshqa ma’lumotlarni kompakt disklarda yozib, ommalashtirish hozirgi kunda axborotni qog’ozsiz uzatishning eng qulay usulidir. Download 306.83 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling