Ўлчашларни бажариш услубиятлари ва маҳсулот сифати


Download 0.49 Mb.
bet1/27
Sana23.02.2023
Hajmi0.49 Mb.
#1224402
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27
Bog'liq
pdf


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI


JIZZAX POLITEXNIKA INSTITUTI




«ELEKTROMEXANIKA VA RADIOELEKTRONIKA»

Fakulteti




«METROLOGIYA VA STANDARTLASHTIRISH»

Kafedrasi


«ELEKTR O‘LCHASH USULLARI VA ASBOBLARI »
fanidan amaliy mashg‘ulotlarini bajarishga doir


USLUBIY QO‘LLANMA


Jizzax 2019 y


KIRISH

Ushbu dastur elektr o‘lchash usullari va asboblari, uning asoslari, qisqacha tarixiy taraqqiyoti rivojining tendensiyasi, istiqboli hamda respublikamizdagi ijtimoiy-iqtisodiy isloxatlar natijalari va muammolarning elektr o‘lchash usullari va asboblari muxandislik va muxandislik ishi, metrologiya, standartlashtirish va sertifikatlashtirish yo‘nalishi sohalarida ishlatiladigan elektr o‘lchash vositalari, umuman o‘lchashlarga ta’siri masalalarini qamraydi.


Fanni o‘qitishdan maqsad – talabalarda elektr o‘lchashlar, o‘lchash usullari, o‘lchash vositalari, ularning ish prinsiplari, har xil elektr, magnit kattaliklarini hamda elektr zanjir parametrlarini o‘lchash bo‘yicha, o‘lchash natijalarini qayta ishlash bo‘yicha, yo‘nalish profiliga mos ta’lim standartida talab qilingan bilim, ko‘nikma va malakalarini shakllantirishdir.
Fanning vazifasi – talabalarga elektr zanjir parametrlarini o‘lchash usullarini, elektr o‘lchash vositalarining turlari, tuzilishi, umumiy nazariyasi, har xil kattaliklarni o‘lchash usullarini, o‘lchash natijalarini baholash yo‘llarini o‘rgatishdan iborat.
“Elektr o‘lchash usullari va asboblari” fanining tarixi va rivojlanish tendensiyalari. Ishlab chiqarish korxonalarida, xalq xo‘jaligi korxonalarida, ilmiy-tadqiqot ishlarida qo‘llaniladigan elektr o‘lchash vositalari to‘g‘risida umumiy ma’lumotlar, ularning fan va texnikaning rivojidagi ahamiyati va yutuqlari. Elektr o‘lchash usullari va asboblari fanining vazifalari.
Elektr o‘lchashlar to‘g‘risida umumiy ma’lumotlar. O‘lchash haqida umumiy tushuncha. Elektr o‘lchashlar, o‘lchash jarayoni, uni strukturasi va elementlari. o‘lchash turlari. Informatsiya, o‘lchash informatsiyasi, signal to‘g‘risida tushuncha, o‘lchash informatsiyasini hosil qilish, o‘zgartirish va uni ifodalash yo‘llari.
O‘lchash vositalari to‘g‘risida umumiy ma’lumotlar. O‘lchovlar, o‘lchash o‘zgartkichlari, o‘lchash asboblari, o‘lchash qurilmalari, o‘lchash sistemalari. O‘lchash vositalarining umumlashgan struktura sxemasi, ularning turlari, asosiy metrologik xususiyatlari. Elektromexanik o‘lchash mexanizmlari - magnitoelektrik, elektromagnit, elektrodinamik va h.k. Elektrik o‘lchash o‘zgartkichlari: shuntlar, qo‘shimcha qarshiliklar, kuchlanish bo‘lgichlari, o‘lchash transformatorlari, to‘g‘rilagichli va termoelektrik o‘zgartkichlar, raqamli o‘zgartkichlar. Analog-kod: ularni tuzilishi, ish prinsipi, xususiyatlari. O‘lchash asboblari ularning turlari asosiy xususiyatlari.

Download 0.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling