subyektlarining erkinligi, o ‘z mulkiga egaligiga asoslangan ijtimoiy
himoyalangan, Loshqariladigan iqtisodiyotdir. Bu iqtisodiyotda iqtisodiyot
subyektlari o‘rtasidagi munosabatlar erkin va ixtiyoriy aloqalaiga asoslanadi,
iqtisodiy faoliyat natijalari-mahsulotlar va xizmatlar faqat ularning
egalarigagina tegishli bo'ladi va ulaming o ‘zi tasarruf etadi.
Bozor iqtisodiyotiga o ‘tish zarurligi. Faqat bozor iqtisodiyoti yo‘li
orqaligina barqaror taraqqiyotga, o ‘sish sur’atlariga, ijtimoiy-iqtisodiy
farovonlikka, demokratik fUqarolik jamiyatiga, jahon iqtisodiyoti bilan
integratsiyalashuvga, umumjahon mehnat taqsimoti afzalliklaridan
foydalanib, yuqori samarali milliy iqtisodiyot qurish mumkin. Buni bozor
munosabatlari yo‘lidan borayotgan mamlakatlar tajribasi isbotlab turibdi.
Shuning uchun «bizning bozor iqtisodiyotiga asoslangan jamiyat qurishdan
boshqa yo‘limiz yo‘q» (I. Karimov).
Bozor iqtisodiyotiga o ‘tish yo‘Dari (modellari) xilma-xildir. Jahonga
«Amerika», «fransuz», «nemis», «уароп», «Xitoy», «Singapur», «Janubiy
Koreya», «shved» kabi modellar allaqachon tanish. Biroq har bir
mamlakat bu iqtisodiy tizimga o ‘ziga xos va o ‘ziga mos yo‘ldan borishi
obyektiv haqiqat bo‘lganligi uchun 0 ‘zbekiston ham bunday iqtisodiyotni
qurishga o ‘ziga xos va mos yo‘ldan boradi. Ammo, «barcha ijobiy
tajribalardan foydalanish imkoniyatini istisno qilmaydi» (I. Karimov).
Bozor iqtisodiyotiga o ‘tishning besh tamoyili I. Karimov tomonidan
ilgari surilgan qoidalar. Ular iqtisodiyotning mafko‘radan holi bo‘lishida
va uning ustuvor ekanligida, davlatning bosh islohotchi bo‘lishida, bozor
munosabatlariga bosqichma-bosqich o ‘tishda, qonunlarning ustuvorligida
va aholini kuchli ijtimoiy himoya qilish mexanizmida o ‘z ifodasini topadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |