Islom Karimov ishlab chiqqan 0 ‘zbekitonning bozor iqtisodiyotiga
o ‘tish konsepsiyasining xalqaro e’tirofi turli xalqaro darajalarda qayd
etilmoqda. Buning yana bir isboti uning « 0 ‘zbekiston-iqtisodiy islohotlami
chuqurlashtirish yo‘lida», « 0 ‘zbekiston XXI asr bo‘sag‘asida: xavfsizlikka
tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari» nomli kitoblarining
dunyoning turli tillariga tarjima qilinib, ommaviy nusxalarda chop
etilayotganidir. Eng muhimi - bu konsepsiyasining hayotiyligi, o ‘z
samaralarini berayotganligi, 0 ‘zbekiston iqtisodiyotining o ‘sish sur’atla-
rining tobora ko‘tarilib borayotganligidir, MDH davlatlari ichida eng
barqaror taraqqiyot iziga tushib olganligidir. Masalan, 1996- yildan boshlab
yalpi milliy mahsulotimiz o'sish sur’ati 1, 6 foizdan boshlanib, bu o ‘sish
sur’ati 2005- yilgacha o'tgan davrda o'rtacha 4-5, hatto 7, 0 foizni tashkil
etmoqda. Iqtisodiyotimizning ayrim tarmoqlaridagi iqtisodiy o ‘sish
sur’atlari esa yana ham yuqoriroqdir.
0 ‘zbekistonning bozor iqtisodiyotiga o ‘tish konsepsiyasini ishlab
chiqishda uning muallifi bozor iqtisodiyoti va islohotlaming negizini tashkil
qiluvchi yo'llari xilma-xil ekanligiga e ’tibor qaratdi. Bu xilma-xil yo‘llar
chuqur o ‘rganildi, tahlil qilindi, xulosa va umumlashmalar yasaldi.
Masalan, Amerika, fransuz, yapon, nemis, Lotin Amerikasi, Janubi-
Sharqiy Osiyodagi yosh rivojlanayotgan mamlakatlar modellari mohiyati
ochib berildi. Ana shu andozalami tahlil etish bilan birga ulaming ijobiy,
biz uchun yaroqli tomonlari aniqlashtirildi. Ana shu ilmiy tahlil 0 ‘zbekiton
Prezidenti Islom Karimovga quyidagi xulosani chiqarishga asos bo‘ldi:
«Biz boshqa davlatlaming rivojlanishi iaravonida to‘plangan va respublika
Do'stlaringiz bilan baham: |