Ldoshev, Q. Muftaydinov, V. Abdurahmonov


iqtisodiy va ijtimoiy manfaatlar ro‘yobga chiqmasligi aniq


Download 5.44 Mb.
Pdf ko'rish
bet129/143
Sana15.10.2023
Hajmi5.44 Mb.
#1703859
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   143
Bog'liq
Iqtisodiy ta\'limotlar tarixi. Yo\'ldoshev Q.Muftaydinov Q

iqtisodiy va ijtimoiy manfaatlar ro‘yobga chiqmasligi aniq.
Agar Prezident I. Karimovning barcha ilmiy asarlarini, uning 
ma’ruzalari va chiqishlarini ushbu muammo doirasida alohida tadqiq qilinsa 
ma’lum bo'ladiki, mamlakat rahbari «erkinlik» kategoriyasiga alohida urg‘u 
beradi va uni o ‘tkazilayotgan islohotlar taqdiriga bog‘liq qilib qo‘yadi.
Awalo, u «iqtisodiyotni erkinlashtirish»ning mazmun-mohiyatini 
ochadi, uning salohiyatini hamda erkinlashtirishning yo‘l-yo‘riqlari va 
vositalarini ko‘rsatib beradi. Prezidentimizning Vazirlar Mahkamasining 
1999- yil yakunlariga va 2000- yil ustuvor yo‘nalishlariga hamda 2000- yil 
yakunlari va 2001- yil ustuvor vazifalariga bag‘ishlangan «Iqtisodiyotni 
erkinlashtirish va islohotlami chuqurlashtirish-eng muhim vazifamiz» deb 
nomlangan ma’ruzalari yuqoridagi iqtisodiy munosabatni ochishning ilmiy 
misoli bo‘la oladi.
Ma’lumki, iqtisodiyotni erkinlashtirish mulkni davlat tasarrufidan 
chiqarish va xususiylashtirish bilan belgilanadi. Ana shu ma’noda mulkni 
davlat egaligi shaklidan boshqa mulk shakllariga shunchaki aylantirilishi 
asosiy masala emas. Masalaning mohiyati, xususiy shakldagi mulkning 
realizatsiya qilinishi mazmunan shunga olib kelishi kerakki, undan 
olinayotgan iqtisodiy va ijtimoiy samara ilgarigi shakldagi mulk samarasidan 
yuqori bo‘lishi darkor. Shu ma’noda I. Karimovning quyidagi so‘zlari 
fikrimizni tasdiqlaydi: «Mulk shakli nomigagina o ‘zgarmoqda, tarmoq 
idoralari, korxonalar ma’muriyati va rahbarlari darajasidagi qarshilik hamda 
ayrim hollarda mulkdorlar yangi avlodining haq-huquqini himoya qila 
olmasligi oqibatida mehnatga munosib rag‘bat o ‘zgarmasdan qolmoqda1».
Iqtisodiy erkinlashtirish mulkka ega iqtisodiyot subyektlari bo‘lmish 

Download 5.44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   143




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling