Ldoshev, Q. Muftaydinov, V. Abdurahmonov


Nizoin-ul-mulkning iqtisodiy qarashlari


Download 5.44 Mb.
Pdf ko'rish
bet38/143
Sana15.10.2023
Hajmi5.44 Mb.
#1703859
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   143
Bog'liq
Iqtisodiy ta\'limotlar tarixi. Yo\'ldoshev Q.Muftaydinov Q

5. Nizoin-ul-mulkning iqtisodiy qarashlari
Sharq tarixiy iqtisodiy ta’limotlari tizimida Abu Ali ibn Ali Tusiy- 
Nizom-ul-mulkning butun dunyoga mashhur «Siyosatnoma» (yoki «Siyar
1 O 'sha asar, 85-bet
2
O 'sha asar, 85-86-bet
61


ul-Mulk») asarida ilgari surgan iqtisodiy g‘oyalari o ‘ziga xos o ‘ringa va 
o‘ziga xos ahamiyatga ega. Nizom -ul-mulk uzoq yillar davomida saljuqiy 
shohlar Alparslon (1063-1072- yillar) va Malikshoh (1078-1092- yillar) 
saroyida vazirlik lavozimlarida xizmat qilgan. U o ‘z zamonasining g‘oyat 
bilimdon, tadbirkor, o ‘z lavozimiga juda ham mos tushgan, sidqidildan 
xizmat qiluvchi vaziri sifatida dong taratdi. Shuning uchun ham u Nizom- 
ul-mulk, ya’ni mulkning nizomi, tartibi nomi bilan m ashhur bo‘lib 
ketadi. U davlatning deyarli barcha ishlarini o ‘zi olib boradi va yuksak 
tashkilotchilik mahoratini ko‘rsatadi. 0 ‘z navbatida, u mamlakatda fan va 
madaniyatni rivojlantirishga harakat qiladi, o ‘z davrining ilm-fan kishilarini 
saroyda ishlashga taklif etib, ularda g‘amxo‘rlik ko‘rsatadi. Nizom-ul-mulk 
davrida Sharqning mashhur olimi va faylasufi U m ar Hayyom saroyda 
ilm-fan bilan shug‘ullanadi, unga observatoriya qurib beriladi.
Malikshohning o ‘zi ham ilm-fanga, davlatni boshqarish san’atiga 
qiziqqan sultonlardan bo‘lganligi «Siyosatnoma» asarida qayta-qayta 
ta’kidlanadi. Malikshoh saroyda faoliyat ko'rsatayotgan fozil-u olimlarga 
murojaat qilib davlatni boshqarish qoidalari, tartibi, usullari haqida bir 
kitob yozilishini, asarda o ‘tgan shohlar tarixi va hayotiy tajribalari 
umumlashtiriJishini topshiradi. Shoh fikricha, bu kitob davlatni boshqarish 
ishining dasturamali bo‘lishini ham uqtiradi. Tabiiyki, ushbu ijodiy ishda 
yetuk olimlar qatnashadilar. Ular ichida N izom -ul-m ulk ham qatnashib 
«Siyosatnoma» risolasini taqdim etadi.
«Siyosatnoma»da iatisodiv masalalarea — xazina, uni boyitish va 
sarflanishi, oziq-ovqat va boshqa davlat barqarorligi uchun zarur zaxiralar 
tashkil etish, xizmatchilarga maosh belgilash, adolatli taqsimot, soliq va 
xiroj, zakot, moliya va xo‘jalik masalalariga doir bir qancha ko‘rsatmalar 
o ‘z ifodasini topadi.
«Siyosatnoma» haqida bir qancha tadqiqotlar e’lon qilindi, u ingliz, 
fransuz, nemis tillarida nashr etildi.
Asarda ilgari surilgan iqtisodiy g‘oyalar hozirgi davri ijtimoiy-iqtisodiy 
voqeliklari, o ‘tkazilayotgan iqtisodiy islohotlar, bozor iqtisodiyoti m uno­
sabatlarini qaror toptirish vazifalari bilan hamohangdir. Shu bilan birga, 
undagi iqtisodiy g‘oyalar xalqimizda, yoshlarimizda «Iqtisodiy ta ’limotlar 
tarixi»mizni o ‘rganish va shu asosda iqtisodiy tafakkur hosil qilish vazifasiga 
xizmat qilishligi bilan ham ahamiyatlidir.
Kitobning dastlabki sahifasidanoq muallif davlatni idora qilish va 
mamlakatda iqtisodiy barqarorlikni ta ’minlash uchun amalga oshirilishi 
lozim bo‘lgan iqtisodiy tadbirlar haqida fikr yuritadi. Buning uchun
62


«chetdan koriz qazib, suv keltirish, qishlog‘-u dalalar obodonligi uchun 
katta ariqlar qazish, qal’alar qurish, shaharlar barpo etish, zebo binolar-u 
keng ko‘chalar, rabotlar qurdirish lozim» deb yozadi1.
Asarda aholidan xiroi olishning yo‘l-yo‘riqlari bayon etilgan. Soliqlar 
odamlarga malol kelmaydigan bo‘lishi, ularga azob-uqubat yetkazmasligi, 
soliq to ‘lash imkoniyati yo‘qlarni majbur qilinmaslik kabi qoidalar taklif 
etiladi. Kitobda yoziladiki, «Xirojni ham u (soliq yig‘uvchi-muall.) shunday 
yo‘l bilan talab qilsinki, odamlarga ziyon yetmasin. Soliq o ‘z vaqtidan 
oldin olinsa, raiyatga ranj-u azob yetadi, ular majburlikdan mol-davlatlami 
yarim bahoda sotib, uy-joylarini tashlab, ovora va sarsonlikda g‘ariblikka 
mubtalo bo'ladilar2». Boshqacha aytganda, soliq solish va undirish ishini 
odamiylashtirish (gumanizm ruhi) lozimligi uqtiriladi. Davlatning mana 
bunday soliq siyosati podshohga, oqibatda el-yurtga naqadar foydali 
ekanligi bir necha hikoyatlar (tarixiy voqealiklar) misolida ishonarli qilib 
tushuntiriladi.
Asar muallifi bozorlardagi oldi-sotdi ishlarini tartibga solish haqida 
ham tavsiyaberadi. Zero, bozorda tartib o‘matilsa mamlakatda osoyishtalik 
qaror topadi. Buning uchun «har bir shaharda tarozi va narxlami tartibga 
soladigan, oldi-sotdi ishlarini biladigan eng olim va dono kishilardan 
muxtasib qo‘yishi kerak. Va atrofdan olib kelib sotiladigan har bir molni 
bozorda sotish uchun va haridorlami aldamaslik uchun ular ustidan nazorat 
bo‘lishi shart. Tarozi toshlarini to ‘g‘ri tutib amri m a’ruf va nahyi munkar 
qilishlari lozim3».
Asarda xizmatchilarga maosh berish tartibi haqida ham tavsiya berilgan. 
Masalan, davlat mol-mulkini muhofaza qiluvchi ashroflik lavozimidagi 
xizmatchilar «o‘z martabasi va bilimlariga ko‘ra maosh olishlari zarur. 
U larning oylik harajat va maoshlarini raiyat hisobidan emas, balki 
xazinadan berilishi kerak. Shunda xalq boshiga ranj-u azob tushmaydi...4» 
deb ta ’kidlanadi. Bu yerda biz ikkita tamoyilni ko‘ramiz: birinchisi, ish 
haqi xizmatchilarning o ‘z lavozimi va bilim-tajribasiga qarab tabaqalash- 
tirilishi zarurligi bo‘lsa, ikkincbisi, ularning ish haqi va oilaviy moddiy 
hayoti odamlarga malol kelmasligi. Bu hoi davlat xizmatchilariga nisbatan 
xalq noroziligiga sabab bo‘lmasligiga va ularning halol-u pok xizmat 
vazifalarini bajarilishiga sabab bo‘ladi. Bu fikr ham bugungi kunda naqadar 
ahamiyatli ekani tushunarlidir.
1 Siyosatnoma, Toshkent, «Adolat» nashiiyoti, 1997, 17-bet
2 O 'sha asar, 28- bet
3 O ’sha asar, 50- bet
" O 'sha asar, 68 — 69- betiar
63


Kitobda davlat soliq xizmati xodimlarining aholidan soliq yig‘ishdagi 
o‘zboshimchaligi yomon oqibatlarga olib kelishi mumkinligi aytiladi. 
Shuning uchun ular faoliyatini davlat tom onidan qonuniy yo‘llar bilan 
nazorat qilib turishlik haqida ko‘rsatma bayon qilingan. Agar soliq 
xizmatchisi davlat belgilaganidan ko‘p soliq olsa, «Xalq bundan kam- 
bag‘allashadi», odamlarga ko‘p azob yetadi, ko‘p mollar talon-taroj 
etiladi'». Bu yerda o ‘zboshimchalik bilan, davlat buyrug‘isiz ham soliq 
yig‘uvchilar faoliyatini cheklash zarurligi haqida gap boradi.
Nizom ul-m ulk o ‘z tajribasidan va tarixiy tajribalar dan kelib chiqib 
shunday nasihat qiladi: «Har bir narsa o ‘z vaqti va o ‘z joyida harj bo‘lishi 
kerak2». Shundagina «odamlar rohatda yashaydi, biror kishi mol-mulki 
jihatidan azob chekmaydi» . Demak, yuqorida keltirilgan fikrdan xulosa 
shuki, xazinaga (davlat yoki oila budjetiga) kelgan daromadni obdon 
o ‘ylab, kerakli maqsadlarga, eng zaruriy ehtiyojlaxga sarf etilmog‘i darkor. 
Shundagina farovon va tinch yashash imkoniyati vujudga keladi.
Kitobning so‘nggi, 50- faslida g‘oyat ajoyib, ibratli iqtisodiy g‘oya ilgari 
surilgan. M uallif yozadiki «... Behuda haij ham, isrof va ifratga ham yo‘l 
bermaslik kerak, odam lar iqtisodni tejamsizlik deb bilmasin.
Sahovat ham kishiga mos bo‘lsin, xazinadan nafaqa oladiganlarga haq 
berilsin: ko‘p oladiganga ko‘p, kam oladiganga kam. Shunda har bir odam 
o‘z qadrini tushunadr »
Muallif «iqtisod» degan kategoriyaga amaldorlaming ish-xo‘jalik yuritish 
tartiblarini (xo‘jalik faoliyatini tashkil etish), daromadlar, boylik. mol- 
mulkni saqlash, zarur zaxiralarni shakllantirish, xazinani boshqarish, 
to ‘g‘ri sarf-harajatlar qilish kabi tushunchalam i kiritadiki, bu uning 
iqtisodiy dunyoqarashi qanchalik keng qamrovli ekanidan dalolat beradi.

Download 5.44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   143




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling