Ldoshev, Q. Muftaydinov, V. Abdurahmonov


Download 5.44 Mb.
Pdf ko'rish
bet49/143
Sana15.10.2023
Hajmi5.44 Mb.
#1703859
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   143
Bog'liq
Iqtisodiy ta\'limotlar tarixi. Yo\'ldoshev Q.Muftaydinov Q

Milliy valyuta. Mirzo Ulug‘bek mamlakatda iqtisodiy va siyosiy barqaroriik 
bo‘lishining muhim omili pul muomalasini tartibga solish deb bildi. Buning 
uchun mamlakat o‘z milliy valyutasiga ega bo‘lishi va uni o ‘z hududida zarb 
etishi zarur. Bu bir tomondan, mustaqil moliya siyosati yuritishga, ikkinchi 
tomondan-moliyaviy mablag‘larni tejashga imkoniyat yaratadi.
Xizmatga yarasha taqdirlash. Alisher Navoiy olim va davlat arbobi 
sifatida taqsimot masalalariga jiddiy e’tibor qaratgan. U har kimga xizmatiga 
yarasha haq berish lozim. M ana shunda u «ona sutidek halol bo‘ladi» deb 
bildi. Demak, mehnatiga yarasha taqdirlash, rag‘batlantirish Alisher Navoiy 
nazarida nafaqat adolatli ish, shu bilan birga, odamlarning iqtisodiy tarbiyasi 
masalasi hamdir. Zero, har bir xodim faqat o ‘z qilgan mehnati evaziga 
yashash ko‘nikmalariga o ‘rgansin.
Savdogar faqat o ‘z foydasini ko‘zlamasin. Buyuk tariximizning m a’lum 
davrlarida savdo ishlari iqtisodiy rivojlanish uchun muhim omil bo‘lgan, 
savdogarlar faoliyati xazinani boyitishda yetakchi ahamiyat kasb etgan. Mana 
shu nuqtayi nazardan Alisher Navoiy aytadiki, savdogar yolg‘iz foydani 
niyat qilmasin. Faqat foyda deb ishlamasin, soliqlardan daromadni 
yashirmasin, behuda m ol-dunyo jam g ‘arm asin. Bu g ‘oya bugungi 
savdogarlarimiz uchun ham bag'oyat ahamiyatlidir.
«Наг bir ishdan foyda ko‘rsang bajar >. Alisher Navoiy odamlami kasb- 
hunarli, tejamkor va tadbirkor bo‘lishga da’vat etish bilan birga qilinadigan 
har bir ishdan manfaat, foyda bo‘lishini ko‘zlab harakat qilish lozimligini 
uqtiradi. U biror ishga kirishganda mashaqqatini oldindan ko‘ra bilish, 
«qiyinchilikdan erinmaslik chorasini ko‘rish»ga chaqiradi. U isrofgarchilik
o‘rinsiz saxiylik, halol molni sovurish eng yomon xislatlar, deydi, hatto 
bunday bo‘lishni «devonalik» deb baholaydi.
Alisher Navoiy yirik tadbirkor va boshqaruvchi. U yirik davlat arbobi, 
buyuk shoir bo‘lish bilan birga yirik tadbirkor va menejer ham bo‘lgan. 
Uning qaramog‘ida yirik qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishi, madrasalar
saroylar va boshqa mol-mulk bo‘lib, ulami m a’lum adolatli boshqarish 
tizimini yaratgan edi. Alisher Navoiyning bu xislatlari Oybekning «Navoiy» 
romanida mahorat bilan tasvirlangan.
Xiroj. Zahiriddin M uhammad Bobur «Xiroj» masalasida o ‘z ta’limotiga 
ega bo‘lgan. U yerdan olinadigan soliqni (xiroj) ikki toifaga bo‘lgan: 
«muqassam va muvazzar». Birinchisida xiroj hosilning miqdoriga qarab, 
ikkinchi —ekilayotgan yer maydoniga qarab belgilangan. Suv solig‘i ham 
bo‘lib, u hosilning 1/10 qismi darajasida bo‘lgan. Chorva hayvonlari soni 
qancha ko‘p b o ‘lsa, xiroj m iqdori nisbatan kamaytirilib borilgan.
83


Savdogarlardan olinadigan soliqlar islom m am lakatlaridan b o ‘lsa 
daromadning 1/20 miqdorda bo‘lgan, 0 ‘rta osiyolik savdogarlardan hatto 
soliq olinmagan ham.

Download 5.44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   143




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling