Ldoshev, Q. Muftaydinov, V. Abdurahmonov
Download 5.44 Mb. Pdf ko'rish
|
Iqtisodiy ta\'limotlar tarixi. Yo\'ldoshev Q.Muftaydinov Q
- Bu sahifa navigatsiya:
- Xizmatga yarasha taqdirlash.
- Savdogar faqat o ‘z foydasini ko‘zlamasin.
- «Наг bir ishdan foyda ko‘rsang bajar
- Alisher Navoiy yirik tadbirkor va boshqaruvchi.
Milliy valyuta. Mirzo Ulug‘bek mamlakatda iqtisodiy va siyosiy barqaroriik
bo‘lishining muhim omili pul muomalasini tartibga solish deb bildi. Buning uchun mamlakat o‘z milliy valyutasiga ega bo‘lishi va uni o ‘z hududida zarb etishi zarur. Bu bir tomondan, mustaqil moliya siyosati yuritishga, ikkinchi tomondan-moliyaviy mablag‘larni tejashga imkoniyat yaratadi. Xizmatga yarasha taqdirlash. Alisher Navoiy olim va davlat arbobi sifatida taqsimot masalalariga jiddiy e’tibor qaratgan. U har kimga xizmatiga yarasha haq berish lozim. M ana shunda u «ona sutidek halol bo‘ladi» deb bildi. Demak, mehnatiga yarasha taqdirlash, rag‘batlantirish Alisher Navoiy nazarida nafaqat adolatli ish, shu bilan birga, odamlarning iqtisodiy tarbiyasi masalasi hamdir. Zero, har bir xodim faqat o ‘z qilgan mehnati evaziga yashash ko‘nikmalariga o ‘rgansin. Savdogar faqat o ‘z foydasini ko‘zlamasin. Buyuk tariximizning m a’lum davrlarida savdo ishlari iqtisodiy rivojlanish uchun muhim omil bo‘lgan, savdogarlar faoliyati xazinani boyitishda yetakchi ahamiyat kasb etgan. Mana shu nuqtayi nazardan Alisher Navoiy aytadiki, savdogar yolg‘iz foydani niyat qilmasin. Faqat foyda deb ishlamasin, soliqlardan daromadni yashirmasin, behuda m ol-dunyo jam g ‘arm asin. Bu g ‘oya bugungi savdogarlarimiz uchun ham bag'oyat ahamiyatlidir. «Наг bir ishdan foyda ko‘rsang bajar >. Alisher Navoiy odamlami kasb- hunarli, tejamkor va tadbirkor bo‘lishga da’vat etish bilan birga qilinadigan har bir ishdan manfaat, foyda bo‘lishini ko‘zlab harakat qilish lozimligini uqtiradi. U biror ishga kirishganda mashaqqatini oldindan ko‘ra bilish, «qiyinchilikdan erinmaslik chorasini ko‘rish»ga chaqiradi. U isrofgarchilik, o‘rinsiz saxiylik, halol molni sovurish eng yomon xislatlar, deydi, hatto bunday bo‘lishni «devonalik» deb baholaydi. Alisher Navoiy yirik tadbirkor va boshqaruvchi. U yirik davlat arbobi, buyuk shoir bo‘lish bilan birga yirik tadbirkor va menejer ham bo‘lgan. Uning qaramog‘ida yirik qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishi, madrasalar, saroylar va boshqa mol-mulk bo‘lib, ulami m a’lum adolatli boshqarish tizimini yaratgan edi. Alisher Navoiyning bu xislatlari Oybekning «Navoiy» romanida mahorat bilan tasvirlangan. Xiroj. Zahiriddin M uhammad Bobur «Xiroj» masalasida o ‘z ta’limotiga ega bo‘lgan. U yerdan olinadigan soliqni (xiroj) ikki toifaga bo‘lgan: «muqassam va muvazzar». Birinchisida xiroj hosilning miqdoriga qarab, ikkinchi —ekilayotgan yer maydoniga qarab belgilangan. Suv solig‘i ham bo‘lib, u hosilning 1/10 qismi darajasida bo‘lgan. Chorva hayvonlari soni qancha ko‘p b o ‘lsa, xiroj m iqdori nisbatan kamaytirilib borilgan. 83 Savdogarlardan olinadigan soliqlar islom m am lakatlaridan b o ‘lsa daromadning 1/20 miqdorda bo‘lgan, 0 ‘rta osiyolik savdogarlardan hatto soliq olinmagan ham. Download 5.44 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling