Ldoshev, Q. Muftaydinov, V. Abdurahmonov
Oo‘shimcha mahsulot va mehnat taqsimoti ta’limotining asoschisi
Download 5.44 Mb. Pdf ko'rish
|
Iqtisodiy ta\'limotlar tarixi. Yo\'ldoshev Q.Muftaydinov Q
Oo‘shimcha mahsulot va mehnat taqsimoti ta’limotining asoschisi
Ibn Xaldun xalqlar va davlatlarning haqiqiy boyligi pulda emas, balki mehnatda va m ehnat mahsulotlarida ekanini payqadi. Uning fikricha, jamiyatning farovonligi va uning rivojlanishi m amlakat aholisining ko‘payishi, ish kuchlarining shaharlarda to ‘planuvi, ya’ni «mehnat miqdorining o ‘sishi»ga bog'liqdir. Biroq, jamiyat faqat zaruriv mahsulot 77 ishlab chiqarish bilan chegaralansa, u qashshoqlik va qoloqlikdan chiqa olmaydi. Jamiyatning rivojlanishi, aholi turmush darajasining ortishi faqat «ortiqcha mahsulot», qo‘shimcha mahsulot ishlab chiqara olganidagina ta ’minlanadi. Demak, jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti asosini qo'shim cha m ahsulot ishlab chiqarish tashkil etadi. G ap shundaki, qo‘shimcha mahsulot, uning mohiyati, ahamiyati, taraqqiyotning birdan- bir moddiy asosi ekanligi to ‘g‘risidagi tushunchaga u G ‘arb iqtisodchilari- dan kamida 350-400 yil ilgariroq kelgan edi. Odamlarning m ehnat taqsimoti asosida ishlashi ularning m ehnat unumdorligini oshiradi. Ya’ni zaruriy ehtiyojlarni qoplab qo'shim cha mahsulot yaratish imkoniyatini tug‘diradi. Olim yozadiki, jamoaga, guruhga birlashgan odamlarning bir-biriga ta’siri, o ‘rgatishi, yordami, natijasida ularning o'zlari iste’mol qiladigan m ahsulotdan k o ‘proq mahsulot ishlab chiqariladi ya’ni, qo‘shimcha mahsulot yaratiladi. Gap shundaki, odam yakka holda hatto o ‘zini boqishga ham yetmaydigan mahsulot yaratishi m um kin, agar ular ko'pchilik bo ‘lib, birgalashib ishlasalar, ya’ni m ehnat taqsimoti asosida faoliyat yuritsalar, o ‘z ehtiyoj- laridan ko‘proq n e’m atlar yaratadilar. Mutafakkir uqtiradiki, shaharning yoki viloyatning bir qism aholisi m ehnat taqsimoti asosida ishlab, zaruriy mahsulot yaratsalar, aholining boshqa qismi ortiqcha m ehnat bilan qo‘shimcha mahsulot yaratadi. Bu mahsulot yordamida boshqa ehtiyojlarni qondirish m um kin b o ‘ladi. Ehtiyojlarni qondirish mahsulotlami qiymati bo‘yicha almashtirish orqali ta ’minlanadi. Demak, q o ‘shimcha m ehnat va qo‘shimcha mahsulot almashuvini bozorlarni vujudga keltiradi, ehtiyojlar tarkibini kengaytiradi, ularga erishish esa intilishni kuchaytiradi. Ibn Xaldun yana shuni asoslab berdiki, qo‘shimcha mahsulot jamiyat a’zolarining m ehnat taqsimoti asosida birlashgan mehnatining natijasidir, bu mahsulot odamlarning qanchalik to ‘planib ishlashlariga, ulaming mehnat taqsimoti asosida birlashib harakat qilishlariga bevosita bog‘liqdir. Xulosa shuki, jamiyatdagi m ehnat taqsimoti sharoitida har bir odam qo‘shimcha mahsulotning ko‘payishidan bevosita manfaatdordir, chunki u ulaming har birining va hammasining farovonligiga xizmat qiladi. Jamiyat ning qashshoqlik va qoloqlikdan chiqishi ham ishlovchilar soniga va ulaming mehnat taqsimoti asosida bir ish kuchi sifatida birgalashib ishlashiga bog‘liqdir. Iqtisodiyot ana shunday asoslarda tashkil etilsa, iste’mol qilinadigan n e’m atlar ko‘payadi va ulaming narxlari past b o ‘ladi. Ibn Xaldun shaharlaming jamiyat taraqqiyotida va qo‘shimcha mahsulot 78 ishlab chiqarishda bosh omil ekanligiga e’tiborni tortadi. Uning fikricha, shaharlar qancha katta bo‘lsa, ular qancha ko‘p bo‘lsa, ularda odamlar, ish kuchi qanchalik to ‘plansa, taraqqiyot va jamiyat taraqqiyoti shunchalik yuqori bo‘ladi. U shaharlar paydo bo‘lgach, odamlar ham ochlik, qash- shoqlikdan, qoloqlikdan qutiladilar deb hisoblaydi. Xo‘sh, odamlami to ‘planib ishlashga, shaharlar barpo etishga, m ehnat taqsimoti asosida faoliyatlarini muvofiqlashtirishga nima majbur etdi? Bu savolga uning o ‘zi quyidagicha javob beradi: «Bunga odamlarning osoyishta, xotiijam va badavlat yashashga bo'lgan intilishlari sababdir». Demak, jamiyatning harakatlantiruvchi kuchi mehnat taqsimoti asosida to ‘planib, m ehnat qilishlaridir. Butun tarix haqiqati, sanoat shaharlari tarixi Ibn Xaldun g‘oyalarining naqadar asosli ekanligini isbotlab turibdi. Ibn Xaldunning fan olamidagi buyuk xizmatlaridan biri insoniyat iamivatning rivoilanish konsepsivasini varateanidadir. Bu ta’limotga ko‘ra jamiyat quyi fazadan yuqori fazaga tomon progressiv ravishda rivojlanib boradi. Bu rivojlanish kuchi jamiyatning o ‘zidadir, ya’ni odamlarning shaharlarda to ‘planib kooperatsiyaga uyushib, m ehnat taqsimoti asosida uyushgan faoliyat yuritishlaridir. Bu g‘oyaning ahamiyati shundaki, ungacha jamiyat taraqqiyoti qandaydir tashqi kuch ta ’sirida bo‘ladi degan qarash hukmron edi. Albatta, «Tashqi kuch» g‘oyasi jamiyatni taraqqiyotga rag‘batlantirmas edi. Ana shunday sharoitda Ibn Xaldun ta’limoti harakat lantiruvchi ahamiyatga ega bo‘ldi. Download 5.44 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling