Ldoshev, Q. Muftaydinov, V. Abdurahmonov


Download 5.44 Mb.
Pdf ko'rish
bet41/143
Sana15.10.2023
Hajmi5.44 Mb.
#1703859
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   143
Bog'liq
Iqtisodiy ta\'limotlar tarixi. Yo\'ldoshev Q.Muftaydinov Q

Bozorai tartibga solish N izom -ul-mulk vazir sifatida ham bozorlarda 
barqarorlik bo‘lishini ta ’minlashni zarur deb bilgan. Buning uchun u 
bozorlardagi to sh -ta ro zin in g to ‘g‘riligi, narx-navolarning adolatli 
bo‘lishini nazorat qilib turadigan maxsus mas’ul kishilar tayinlagan. Ular 
bozorlarda tosh-tarozlam i «to‘g‘ri tutib amri m a’ruf va naxyi munkar 
qiladilar»
Sarf-harajatlar me’yori. Nizom-ul-mulk ta’lim beradiki, olingan daro- 
madlaming hammasi ham sarflanmasligi darkor «har bir narsa o ‘z vaqti 
va o ‘z joyida harj bo'lishi kerak». Faqat shundagina «odamlar rohatda 
yashaydi, biror kishi mol-mulki jihatidan azob chekmaydi».
Osoyishta va tincb hayot omili. Olim fikriga ko‘ra, mamlakatda 
osoyishta, tinch va farovon hayot hukm surmog'i uchun podshohdan 
tortib barcha rahbarlar, amaldorlargacha insofli, odil, yomon va noto‘g‘ri 
ishlardan qo‘l siltaydigan bo‘lishlari kerak.
Nafaqa ham mehnatga yarasha bo‘lsin. N izom -ul-m ulk aytadiki, 
xazinadan nafaqa oladiganlar: «ko‘p oladigan ko‘p, kam oladigan kam 
olsin. Shunda har bir odam o ‘z qadrini tushunadi». Boshqacha aytganda, 
davlat tomonidan ijtimoiy himoyalash ham notekislik (tabaqalashtirilgan) 
tamoyilga asoslanishi kerak, ya’ni nafaqa miqdori mehnatlari miqdoriga 
qarab belgilansin. Olim «Iqtisod» tushunchasini ziqnalik, qizg‘anchiqlik, 
baxillik deb tushunmasliklari, aksincha, xazinani to ‘g‘ri boshqarish, to‘g‘ri 
sarf-harajat qilish, mol-mulkni, boylikni, daromadni to ‘g‘ri tasarruf etish, 
zarur zaxiralar barpo etish deb tushunishlari kerak deb bildi.


VI bob. AMIR TEMUR VA TEMURIYLAR DAVRI IQTISODIY 
TA’LIMOTLARI
1. Amir Temurning iqtisodiy tafakkuri
Sohibqiron, buyuk sarkarda Amir Tem urning iqtisodiy g‘oyalari 
«Temur tuzuklari» asarida bayon etilgan. Unda Sohibqironning mamlakatni 
boshqarish, uni rivojlantirib borish qoidalari, tamoyillari, yo‘l-yo‘riqlari 
o ‘z ifo d a s in i to p g a n . Bu a s a rd a iq tis o d iy o tn i ta s h k il e tis h , 
barqarorlashtirish, tartibga solib, yuksaltirib borishga oid qimmatli iqtisodiy 
tavsiyalar jam langan.
Sohibqironning iqtisodiy g‘oyalari va siyosati zamirida inson, uning 
manfaati, farovon va tinch hayot kechirishi tashvishlari yotadi. U odamlarga 
kasb-hunar berish, ish bilan ta’minlash, tadbirkorlik faoliyati bilan va 
tijorat ishlari bilan mashg‘ul bo'luvchilarga yetarli sarmoya berish, yetarli 
uy-joylar qurib berish haqida qayg'uradi. «Temur tuzuklari»da quyidagilami 
o'qiymiz:
«Kasb-hunar va m a’rifat ahllariga saltanat korxonalaridan ulush berilsin», 
«bilagida kuchi bor faqir-miskinlar esa o ‘z ahvoli va kasbi koriga qarab yo‘l 
tutsinlar», «sarmoyasi qo‘lidan ketib qolgan savdogarga o ‘z sarmoyasini 
qaytadan tiklab olishi uchun xazinadan yetarli miqdorda oltin berilsin», 
«kuchi yetmaydigan dehqonlarga ekin-tikin uchun urug‘lik va asbob- 
uskunalar tayyorlab berilsin», «fuqarolardan uy-joyi buzilib, tuzatishga 
qurbi yetmaganlarga kerakli narsalami yetkazib berib, ularga yordam 
berilsin1». Sohibqironning yuqoridagi iqtisodiy qoidalari yangi, bozor 
iqtisodiyotini qurish, yangicha iqtisodiy tarbiyani yo‘lga qo‘yish ishlarida 
biz uchun muhim yo‘llanma, tarixiy yo‘l-yo‘riq bo‘lib xizmat qiladi.
Amir Tem ur iqtisodiy qarashlari tizimida solia masalasi markaziy 
o ‘rin tutadi. C hunki soliq tizim i orqali iqtisodiyot tashkil etilgan, 
boshqarilgan, mamlakat iqtisodiy va harbiy hayoti tartibga solingan. 
Sohibqiron o ‘z soliq sivosatida ham xalanine manfaati ustuvorlieidan 
kelib chiaadi. U agar aholi soliq tizimi orqali kambag‘allashib ketsa, 
davlat ham, oqibatda, kambag‘allashib boradi, aholining boy-badavlat 
yashamog‘i uchun adolatli soliq tizimi zarur, deb hisoblaydi.
Amir Tem ur ta ’kidlaydiki, aholidan olinadigan soliqlar ulaming ishlab 
topgan daromadlariga qarab belgilanishi, ulaming qaysi birlari el-yurt
1 Temur tuzuklari, Т., 1993, 67 —bet
68


obodonchiligi yo‘lida o‘z mol-mulki va sarmoyasini ayamay sarflasa, ularga 
davlat soliq to ‘lashda imtiyoz berishi kerak1. Shu bilan birga, u soliqlar 
odam larni m ehnatga, yaratuvchilikka, tadbirkoriikka, sohibkorlikka 
rag'batlantirishi zarurligini uqtiradi. «Amr qildimki, —deyiladi asarda, 
— aholidan mol-xiroj yig‘ishda ularni og‘ir ahvolga solishdan yoki 
mamlakatni qashshoqlikka tushirib qo‘yishdan saqlanish kerak. Negaki, 
aholini xonavayron qilish davlat xazinasining kambag‘allashuviga olib 
keladi2» .
Am ir Tem ur aholining o ‘zi yurgizayotgan iqtisodiy siyosatdan, 
xususan, moliyaviy munosabatlardan, pul muomalasi va soliq tizimidan 
xabardor bo'lishini, ya’ni, iqtisodiy savodxon boMishini talab qilardi. U 
aholi iqtisodiy savodxon bo'lsa, mamlakat iqtisodiy jihatdan ravnaq 
topadi, deb hisoblaydi.
Sohibqiron soliqlar xususida yana quyidagilami yozadi: «Agar aholi 
ro‘yxatga olingan yerlardan beriladigan soliqni naqd aqcha (pul) bilan 
to'lashga rozi bo‘lsa...3» ularga imtiyoz berilishi kerak. Bu yerda gap soliqni 
naqd pul bilan to ‘lovchilar naqd pulsiz (mahsulot yo‘li bilan) to'lovchilar 
oldida yengilliklar olishi ustida boradi.
M a’lumki, hozirgi islohotlar ikkinchi bosqichining ustuvor vazifalari- 
dan biri milliy valyutamizning qadr-qimmatini oshirish, uni mustahkam- 
lash, mamlakatning ichki va tashqarisida erkin almasha olishga erishishdir. 
Bunga iqtisodiyotni rivojlantirish, bo‘sh pul resurslarini aholi ixtiyorida, 
m uom aladan tashqarida qolmasligi choralarini ko'rish, pulning real 
muom alada yurishi orqali erishiladi. Ana shu umumiy qoidalar Amir 
Tem ur iqtisodiy siyosatida o ‘z ifodasini topgan. U naqd pul bilan davlat 
soliqlarini to'laganlarga m a’lum imtiyozlar bergan. Bu bilan aholining 
bo‘sh pullarini muomalaga kiritish, xazinani to'ldirish (bizning hozirgi 
ifodam iz b o ‘yicha davlat budjeti d aro m ad larin i k o ‘p ay tiram iz), 
iqtisodiyotimizda pul taqchilligini keltirib chiqarmaslik, pul emissiyasini 
keraksiz amalga oshirmaslik, ya’ni pulning qadrsizlanmasligining g‘oyat 
puxta o'ylangan iqtisodiy vositasini topgan. Shuningdek, u soliq islohotiea 
katta e ’tibor bergan, ishlab chiqaruvchilarga soliq to'lashda imtiyozlar 
bergan.
Amir Tem ur o‘tkazgan iqtisodiy islohotlar tizimida dehqonlardan 
olinadigan tushumlami tabaqalashtirish tamoyili ham alohida o'rin tutadi.
1 O 'sha asar, 9 5 - 9 6 - betlar
2 O 'sha as;.r 98 — betlar
3 O 'sha joyda, 98 —betlar
69


U tushumlar miqdori yer va iqtisodiy sharoitlarga qarab belgilanishini 
talab qilgan. Masalan, yangi yer o ‘zlashtirilib, dehqonchilik qilayotgan 
kishilardan 1-2 yil soliq olmaslik, keyingi yillarda esa u sarflagan sarmoyasi 
qoplanishini e’tiborga olib, soliq solish, yeming tabiiy unumdorligiga 
qarab hosilning 1/4, 1/3, 1/2 kabi nisbatlarda tayinlanishi kabi 
tabaqalashtiruvchi soliqlar joriy etdi. Ayni vaqtda, yangi yerlar o ‘zlashtirish, 
suv chiqarish va melioratsiya ishlari yukini davlat zimmasiga olish kabilar 
muhim ahamiyat kasb etadi.
Iqtisodiy nazariya fanida (ilgari «Siyosiy iqtisod») agrar munosabatlar, 
ulaming mavzusi bo‘lgan yer rentasi ta’limoti mavzusi alohida o‘rin tutadi. 
Bu t a ’lim o t m a rk a z id a yer re n ta si, u n in g m u tla q (a b s tra k t), 
differensiallashgan (tabaqali), monopol shakllari masalalari yotadi. Biroq 
bu ta’limot asoschilari deb U. Petti, A. Smit, D. Rikardo va boshqalaming 
nomlari tan olinardi. Aslida differensial renta ta ’limotining asoschisi, 
karvonboshisi sohibqiron Amir Tem ur ekanligini isbotlashga hojat yo‘q. 
T o‘g‘ri, Amir Tem ur renta g‘oyasi to ‘g‘risida maxsus asar yozgan emas. 
Biroq uning soliqlami yer sharoitlari va boshqa mavjud bo‘lgan sharoitlarga 
qarab belgilash tizimi ilmiy asoslanganligiga hech qanday shubha yo‘q.

Download 5.44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   143




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling