Ldoshev, Q. Muftaydinov, V. Abdurahmonov
Download 5.44 Mb. Pdf ko'rish
|
Iqtisodiy ta\'limotlar tarixi. Yo\'ldoshev Q.Muftaydinov Q
- Bu sahifa navigatsiya:
- «Boburnoma»
- Birinchisi
deyd ilarJ>>,
— deb yozadi. 4. Zahiriddin Muhammad Boburning iqtisodiy g‘oyalari Bobur o‘z qisqa hayoti davomida ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy va madaniy- ma’rifiy hayotning juda ko‘p muammolariga yechim topishga harakat qildi. Uning ilmiy dunyoqarashi mashhur «Boburnoma» asarida bayon etildi. Bu asar o'zining har jih a td an m ukam m alligi, turli sohalarga oid tadqiqotlarning mahsuli ekanligi, juda ko‘p fanlarga oid bebaho material- larga boyligi bilan ilmiy jamoatchilikning hayrat va tahsiniga sazovor bo‘ldi, shu bilan birga, tariximizni bilish, o'zligimizni anglash uchun bebaho manba sifatida ham ahamiyatlidir. U nda adabiyotshunoslik, manbashu- noslik, jug‘rofiya, tilshunoslikka oid hamda ijtimoiy-iqtisodiy hayotga oid g‘oyalar va qarashlar mujassamlashgan. Bu asarni mutolaa qilar ekanmiz, undan mamlakatimizning bugungi hayotida ro‘y berayotgan o'zgarishlami tahlil qilish, ulardan xulosalar qilish va qilayotgan ishlarimizda foydalanish uchun fikrlar topamiz. Ayniqsa, iqtisodiyotga oid, uning umumiy asoslariga (ishlab chiqarish, uning insoniyat hayotidagi ahamiyati) oid, savdo va tijoratga borlik ilmiy qarashlar bizni to ‘lqinlantiradi. «Boburnoma» uzoq yillar «Buyuk ipak yo‘li» bo‘ylab qilingan sayohat va kuzatishlar tasviri berilgan asardir. Bu yo‘ldan qancha-qancha savdogarlar, tojirlar (tijoratchilar, do‘kondorlar) o ‘z mollarini dunyoning turli mintaqalari va mamlakatlariga yetkazib berganlar. Ular o‘z ishlari bilan savdo — iqtisodiy faoliyatnigina emas, ayni chog‘da, xalqlar o'rtasida do‘stlik, tinchlik va o ‘zaro manfaatdorlik rishtalarini ham bog'laganlar. M a’lumotlarga qaraganda, hatto urushlar, o ‘zaro kelishmovchiliklar hukm surayotgan davrlarda ham savdogar-tijoratchilarning mol-mulkini talash, bosqinchilik qilish, ziyon yetkazish qattiq qoralangan. Agar moziyga nazar solinsa, o ‘sha davrlarda davlatlar, xonlar, podshohlar urush-janjallari, asosan, qulay savdo yo‘llari, bozorlari, dunyo bozorlariga chiqish maqsad- larida olib borilgan. Buyuk Amir Tem ur va uning munosib vorisi bo‘lgan 1 O 'sha asar, 69 —bet. 73 Bobur ham mamlakatlar, xalqlar o ‘rtasida halol savdo-sotiq hamkorlik, tinchlik, ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot uchun kurashganlar. «Boburnoma»da asar muallifining o ‘zi tug'ilib o ‘sgan yurt, Vatani, uning tabiiy, iqtisodiy, m a’naviy resurslari, ajoyib mehnatkash, yaratuvchi xaiqi to‘g‘risida to‘lqinlanib yozgan satrlarini hayajonsiz o‘qish qiyin. Mana uning jonajon Andijoni haqidagi fikri: «... Farg‘ona viloyatining poytaxtidur. Oshligi vofur, mevasi farovon, qovun va uzumi yaxshi bo'lar. Qovun mahalida poliz boshida qovun sotmoq, rasm em as...1»; Qobul haqida: «Hindiston bila Xurosonga vosita bu viloyatdur. Biser yaxshi savodxondir. Savdogarlar Xitoyga va Rumga borsalar, ushmuncha — o‘q savdo qi]g‘aylar... Quyi Hindistondir, o ‘n -o ‘n besh-yigirma ming uyluq, karvon Qobulga kelur... Xuroson va Iraq, Rum va Chin matoi Qobulda topilur... Nayshakami kelturub, ekturub edim. Chilg‘o ‘zani Nijrovdin keltururlar2». Yoki Samarqand to ‘g‘risida shunday yozadi: «Samarqand shahri ajab orasta shahardur, bu shaharda bir xususiyat borkim, o ‘zga kam shaharda andoq bo‘lg‘ay. H ar xirfagarning bir boshqa bozori bor, bir-birlariga maxlut emastur, tovar rasmedur. Xo‘p nonvoliqlari va oshpazliklari bordur. Olamda yaxshi qog‘oz Sam arqanddan chiqar. Juvozi qog'ozlar suyi tom om Konigildin keladur...3» Yuqoridagi fikrlaming ahamiyatli tomoni shundaki, birinchidan, ularda iqtisodiy fikrlar, qarashlar ifodalangan b o ‘lsa, ikkinchidan, ularda Boburning yaratuvchilik, ishlab chiqarishga qiziqishlari bayon etilgandir. Moddiy ne’matlaming uzoq-uzoqlarga yetib borishi va m ashhur bo‘lib ketishi o ‘sha davr iqtisodiy va ijtimoiy siyosatining natijasi bo‘lsa, boshqa tom ondan, ular savdogarlarning olijanob xizmatlari tufaylidir. «Bobur- noma»da bir yurt mollarining boshqa yurtlarga olib borilishi, almashuvi, aholi ehtiyojlarining qondirilishi va ulaming ahamiyati maroq bilan hikoya qilinadi. Bobur savdo-sotiqning xalqlar o ‘rtasidagi bebaho ahamiyatini juda chuqur tushunar edi. Shuning uchun ham u savdo karvonlarini yo‘llarda talash, bosqinchilik qilish, mol-mulkiga ziyon yetkazish kabi salbiy illatlarga shaxsan o ‘zi ham qat’iy qarshi chiqadi. Bunga misol qilib quyidagi so‘zlami keltirish mumkin: «Kalotga yetganda, qalin Hinduston savdogarikim, Kabotga savdo qilgali kelgan ekandurlar, qocha olmadilar, cherik eli alar ustiga — o‘q yetib bordi. Aksar birin bo‘ldilarkim shundoq yog‘iylik mahalida 1 Zahriddin M uhammad Bobur. Boburnoma, Т., 1989, 5—6 —betlar 2 O'sha asar, 117 —118 —betlar. ’ О ‘sha asar, 46 — bet. 74 yog‘iy viloyatiga kelatug‘onlarni talamoq kerak, men rozi bo‘lmadim, savdogarlarning ne gunohi bor...1 ». O'zgalar mulkiga hiyonat qilmaslik, ularning mulkini muqaddas bilish, el-yurt farovonligi yo‘lida tinib-tinchimay ishlayotgan odamlami qadrlash, ulami himoya qilish kabi umumbashariy qadriyatlar Boburga bobosi Amir Temurdan meros b o ‘lib kelgan. Otasining ana shunday olijanob xislatini eslab quyidagilarni yozgan edi: «Adolatla shu martabada edikim, Xitoy karvoni kelaturg‘onda, Andijonning sharqiy tarafidagi tog‘laming tubida ming uylik karvonni qor bostikim, ikki kishi kuturdi. Xabar topib muxassillar yiborib, karvonning jam i’ jihotini zabt qildi. Har chandonkim, vorisi hozir yo‘q edi, bovujudi ehtiyot saqlab, bir-ikki yildan so‘ngra Samarqand va Xurosondan vorislarini tilab kelturib, mollarini solim topshirdi2». Bobur iqtisodiy dunyoqarashini o ‘rganish, uning iqtisodiyotga oid qarashlarini tadqiq etish navbatdagi dolzarb vazifalardan biridir. Biz yuqorida keltirgan fikrlar ushbu ezgu ishdagi dastlabki harakat mahsulidir. «Qur’oni karim» va islom shariati qoidalari asosida soliq haqida ta’limot— Islomdagi farzlardan biri — zakotdir. U soliq m a’nosida qo‘llaniladi. Zakot pul va savdo yig'imi turlarida to ‘langan. Bobur g‘oyat adolatli, insonparvar inson bo‘lganligidan uning soliq haqidagi qarashlari ham umuminsoniyat qadriyatlarini aks ettirgan. U soliqni hisoblash uchun soliq mavzusining «hisobi»ni hisoblash, ya’ni mol-mulkning soliq solishga layoqatli miqdorini aniqlash zarur, deb bilgan. Soliq hosilga, ya’ni olinayotgan daromadga qarab belgilangan. Bobur iqtisodiy ta’limotida «xiroj», ya’ni yer solig‘i masalasi alohida o ‘rin tutadi. U yer solig‘ini ikki toifaga bo‘ladi, ya’ni «muqassam va muvazzar». Birinchisi, olingan hosilning miqdoriga borliq bo‘lgan, ya’ni hosilning 1/3 dan 1/2 gacha miqdorda belgilangan; ikkinchisi, ekilayotgan yer maydoniga bog‘liq qilib qo‘yilgan. Sug‘oriladigan yerlarga belgilanadigan soliq miqdori ham alohida hisoblangan. Suv solig‘i hosilning 1/10 ning yarmi miqdorida tayinlangan. Shu bilan birga, chorva hayvonlariga ham ularning turlari va soniga qarab tabaqalashtirilgan tarzda soliq belgilangan. Masalan, 40 ta qo'ydan bittasi, 120 ta qo‘ydan ikkitasi, 201 ta qo‘ydan uchtasi, qo‘ylar soni 400 tadan ortgan taqdirda har 100 tasidan bittadan qo‘y zakot (soliq) sifatida to ‘lashi farz qilingan. Feodalizm davri iqtisodiyotida savdoning ahamiyati, uning iqtiso- 1 O'sha asar, 187 —bet 2 O 'sha asar, 10 —bet 75 diyotdagi salm og‘i yuqori ekanligi m a’lum. Bobur savdogarlarning mamlakat hayotidagi o ‘m ini yaxshi tushunganligi tufayli ular daro- madidan ham soliq to ‘lashning alohida (o‘ziga xos) tartibini taklif etgan. Masalan, savdogarlarning savdo yig‘imining har 20 misqoli — oltindan bir misqoli savdo yig‘imi tarzida olingan. Ahamiyatli tomoni shundaki, birinchidan, soliq hissasi savdodagi olinadigan daromad hissasiga nisbatan kamayib borilishi ko‘rsatilgan, bu esa savdogarlami rag‘batlantiruvchi vositaga aylangan; ikkinchidan, agar savdogarlar Islom mamlakatlaridan kelgan bo‘lsa, daromadning 1/20 qismi miqdorida soliq belgilangan. Yana shu qoida biriktirilib qo‘yilganki, musulmon savdogarlardan olingan soliq, ulaming o ‘z mamlakatlaridagi soliq miqdori darajasida bo‘lishi ko‘zda tutilgan. Bobur ishlab chiqqan soliq siyosati uzoq yillar musulmon mamlakat- larda qo‘llanilgan. Bu esa Bobur iqtisodiy tafakkur olami juda uzoqni ko‘zlovchi ilmiy asoslarga suyanganidan dalolat beradi. Bunday salohiyat uning vorislari, hamyurtlari qalbida unga nisbatan yanada chuqur hurmat va faxrlanish hissini tuydiradi. Download 5.44 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling