Ldoshev, Q. Muftaydinov, V. Abdurahmonov


Download 5.44 Mb.
Pdf ko'rish
bet40/143
Sana15.10.2023
Hajmi5.44 Mb.
#1703859
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   143
Bog'liq
Iqtisodiy ta\'limotlar tarixi. Yo\'ldoshev Q.Muftaydinov Q

Taqsimot-moddiy va m a’naviy n e ’m atlarni ehtiyojlar asnosida 
taqsimlanishidagi munosabat Forobiy taqsimot masalasini juda qiyin, 
ammo juda ham zarur ish, deb hisoblaydi. Zero, taqsimot ishi to ‘g‘ri 
bo‘lmas ekan, odam lar bachkanalashib ketadi, faqir ahvolga tushib 
qoladilar. Taqsimot ishining boshi mavjud mulk va ne’matlaming miqdorini 
aniq hisobini olishdir. Jamiyatda adolatli qonunlar asosida yaratilgan
65


taqsimot tizimi bo‘lgandagina ishlab chiqarish yaxshi natijalar beradi.
Abu Ali ibn Sino ehtiyojlar va ularni qondirish haqida. Ehtiyojlarni 
qondirishning muhim ijtimoiy jihati-bu odamlar o'rtasida hamkorlik va 
aloqalar o'matishdir. Chunki har bir odam qanchalik qobiliyatli bo‘lmasin 
hatto o ‘z ehtiyojini ham qondirishga yetarli ne’matlar yarata olmaydi. 
Demak, ijtimoiy ehtiyojlarni mehnat taasimoti asosida ishni tashkil etish 
orqali qondirilishi mumkin. Bunda davlatning o ‘rni g‘oyat muhimdir. U 
adolatli qonunlar orqali odamlarni ijtimoiy hayot va m ehnatda o ‘z 
o ‘rinlarini topib olishlarini ta’minlaydi.
Pul muomalasini tartibga solish. Tarixan tovar-pul munosabatlarining 
rivojlanishi tufayli pulga (oltin va kumush pullarga) talabning ortib ketishi 
qalbaki pullaming (tarkibida qiymati past metallaming ko‘payib ketishi) 
muomalaga chiqarilishiga olib kelgan. Bunday holat iqtisodiyotni izdan 
chiqarishga, odam lar turmush ahvolini yomonlashtirishga olib keladi. 
Ana shu vaziyatni bartaraf qilish vositasi pullar tarkibidagi qimmatbaho 
metallar salmog‘ini aniq belgilab berish lozim. Buyuk olim Beruniy besh 
yil davomida ana shunday apparat yaratdi va pul muomalasidagi inqirozni 
bartaraf etdi.
«Qutadg‘u bilig»- Buyuk allomamiz Yusuf Xos Hojibning ulkan tarbi- 
yaviy m a’naviy, badiiy va iqtisodiy tafakkur manbayi bo'lgan asari. Asarda 
mehnatga to ‘g‘ri va adolatli haq to ‘lash, odamlar m ehnatini taqdirlash
m ehnatkashning qadriga yetish, moddiy manfaatdorlik, kasb-hunar 
egallash masalalari o ‘z ifodasini topgan. U nda yoziladiki, inson hayvon 
tengi emas, ana shuni bilib unga amal qilinsagina barcha ish ko‘ngildagidek 
bitadi va ishdan samara chiqadi. Demak, tekis taqsimot yaroqsizdir, faqat 
mehnatning miqdori va sifatiga qarab taqsimot tashkil etish jamiyatda 
tartib bo‘lishiga olib keladi. Kitobda davlatning (davlat boshlig‘ining) bu 
boradagi vazifalari aniqlashtirilib berilgan.
Xiroj-iqtisodiyot subyektlaridan, odamlar daromadidan davlat hisobiga 
olinadigan majburiy to ‘lov, tushum. Xiroj ham m a zam onlarda ham 
davlatning iqtisodiy tayanchi va qudrati bo‘lib kelgan N izom -ul-m ulk 
ning «Siyosatnoma» asarida xirojning (soliq) m e’yorlari belgilab beriladi. 
Soliqlar shunday b o ‘lishi kerakki, ular odamlaiga malol kelmasligi, azob- 
uqubat yetkazmasligi, soliq to ‘lash qobiliyatidan kelib chiqishi, nochorlar 
soliqqa tortilmasligi lozim. U nda yoziladiki, soliqlar adolatsiz b o ‘lganda, 
odam lar o ‘z uy-joylarini ham sotib, Vatanlarini tashlab sarsonlik va 
g‘ariblikka mubtalo bo‘ladilar. Faqat adolatli soliqlargina iqtisodiy ravnaqqa 
olib keladi.
66



Download 5.44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   143




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling