unga yollangan xodimning mehnatini to ‘g‘ri qadrlashga chaqiriladi. Bu,
bir tom ondan, ishning samarali b o ‘lishiga olib kelsa,
ikkinchi tomondan,
«Boshqalar mehnatining qadriga yetish insoniylikning eng yirik alomatidir»
(o‘sha joyda). Buyuk ohm ushbu asarda davlat bilan (yurt boshlig‘i)
mehnatkash xodim o ‘rtasidagi bir sirni ochadi. Bunga ko‘ra, davlatning
buyuk bo‘lishi, uning boyishi, el boshlig‘ining esa dovrug‘i olamga yoyilishi
u c h u n
xalq b o y ish i, ish la y d ig an o d a m la r m e h n a tig a m uvofiq
rag'batlantirilishi lozim. «Yurt boshlig‘i (davlat) odamlami o ‘z mehnati
natijalaridan manfaatdorligini ta ’minlasa, yurt uchun fidoyi b o ‘ladilar,
o ‘z jonini ham ayamaydilar», deb ta ’kidlaydi Yusuf Xos Hojib.
U davlat
rahbarini xalqini to ‘q va farovon qilishga undaydi1. Ulug‘ bobokaloni-
mizning yuqoridagi iqtisodiy о ‘git lari m am lakatim iz Prezidenti I.
Karimovning iqtisodiy qarashlari, bozor iqtisodiyotini qurish konsepsiyasi
hamda
uning iqtisodiy siyosati, u boshliq hukumatimiz olib borayotgan
yaratuvchanlik faoliyatida e’tiborga
olinmoqda, ularga asoslanilmoqda.
Fikrim izning isboti sifatida I. Karimovning « 0 ‘zbekiston iqtisodiy
islohotlami chuqurlashtirish yo‘lida» nomli kitobidagi quyidagi satrlami
keltiramiz: «Bunda islohotlar inson manfaatlariga mos kelgan, uning talab
va ehtiyojlarini qondirishga yordam bergan, turmush darajasini oshirishga
qaratilgan taqdirdagina ahamiyatli bo‘lishini hamisha yodda tutmog‘imiz
lozim2». Ha, inson hayotining darajasi o ‘zi
qilayotgan mehnatga, uning
sifatiga va miqdoriga bog'liq emas ekan («xizmatiga yarasha» — Yusuf Xos
Hojib), hech qanday iqtisodiy islohot ko‘zlangan natijani bermaydi.
M a’lumki, insonlar o ‘zlarining har bir harakatidan manfaat axtaradi,
zero, manfaat katta harakatlantiruvchi kuchdir.
Ushbu haqiqatni Yusuf
Xos Hojib quyidagi fikr bilan tasdiqlaydi: «Aslida butun qimirlagan jon
naf va ezgulikni o ‘ylab harakatlanadi. Shu nafi bo'lmaganida
edi ovchi
ham uydan chiqmas edi3». Bu fikr, keyinchalik, «Siyosiy iqtisod» darsliklarida
boshqalar tilidan, «har qanday harakat zaminida manfaat yotadi»
degan
ibora bilan ifodalab kelindi.
Do'stlaringiz bilan baham: