Ldoshev, Q. Muftaydinov, V. Abdurahmonov
Nizoin-ul-mulkning iqtisodiy qarashlari
Download 5.44 Mb. Pdf ko'rish
|
Iqtisodiy ta\'limotlar tarixi. Yo\'ldoshev Q.Muftaydinov Q
5. Nizoin-ul-mulkning iqtisodiy qarashlari
Sharq tarixiy iqtisodiy ta’limotlari tizimida Abu Ali ibn Ali Tusiy- Nizom-ul-mulkning butun dunyoga mashhur «Siyosatnoma» (yoki «Siyar 1 O 'sha asar, 85-bet 2 O 'sha asar, 85-86-bet 61 ul-Mulk») asarida ilgari surgan iqtisodiy g‘oyalari o ‘ziga xos o ‘ringa va o‘ziga xos ahamiyatga ega. Nizom -ul-mulk uzoq yillar davomida saljuqiy shohlar Alparslon (1063-1072- yillar) va Malikshoh (1078-1092- yillar) saroyida vazirlik lavozimlarida xizmat qilgan. U o ‘z zamonasining g‘oyat bilimdon, tadbirkor, o ‘z lavozimiga juda ham mos tushgan, sidqidildan xizmat qiluvchi vaziri sifatida dong taratdi. Shuning uchun ham u Nizom- ul-mulk, ya’ni mulkning nizomi, tartibi nomi bilan m ashhur bo‘lib ketadi. U davlatning deyarli barcha ishlarini o ‘zi olib boradi va yuksak tashkilotchilik mahoratini ko‘rsatadi. 0 ‘z navbatida, u mamlakatda fan va madaniyatni rivojlantirishga harakat qiladi, o ‘z davrining ilm-fan kishilarini saroyda ishlashga taklif etib, ularda g‘amxo‘rlik ko‘rsatadi. Nizom-ul-mulk davrida Sharqning mashhur olimi va faylasufi U m ar Hayyom saroyda ilm-fan bilan shug‘ullanadi, unga observatoriya qurib beriladi. Malikshohning o ‘zi ham ilm-fanga, davlatni boshqarish san’atiga qiziqqan sultonlardan bo‘lganligi «Siyosatnoma» asarida qayta-qayta ta’kidlanadi. Malikshoh saroyda faoliyat ko'rsatayotgan fozil-u olimlarga murojaat qilib davlatni boshqarish qoidalari, tartibi, usullari haqida bir kitob yozilishini, asarda o ‘tgan shohlar tarixi va hayotiy tajribalari umumlashtiriJishini topshiradi. Shoh fikricha, bu kitob davlatni boshqarish ishining dasturamali bo‘lishini ham uqtiradi. Tabiiyki, ushbu ijodiy ishda yetuk olimlar qatnashadilar. Ular ichida N izom -ul-m ulk ham qatnashib «Siyosatnoma» risolasini taqdim etadi. «Siyosatnoma»da iatisodiv masalalarea — xazina, uni boyitish va sarflanishi, oziq-ovqat va boshqa davlat barqarorligi uchun zarur zaxiralar tashkil etish, xizmatchilarga maosh belgilash, adolatli taqsimot, soliq va xiroj, zakot, moliya va xo‘jalik masalalariga doir bir qancha ko‘rsatmalar o ‘z ifodasini topadi. «Siyosatnoma» haqida bir qancha tadqiqotlar e’lon qilindi, u ingliz, fransuz, nemis tillarida nashr etildi. Asarda ilgari surilgan iqtisodiy g‘oyalar hozirgi davri ijtimoiy-iqtisodiy voqeliklari, o ‘tkazilayotgan iqtisodiy islohotlar, bozor iqtisodiyoti m uno sabatlarini qaror toptirish vazifalari bilan hamohangdir. Shu bilan birga, undagi iqtisodiy g‘oyalar xalqimizda, yoshlarimizda «Iqtisodiy ta ’limotlar tarixi»mizni o ‘rganish va shu asosda iqtisodiy tafakkur hosil qilish vazifasiga xizmat qilishligi bilan ham ahamiyatlidir. Kitobning dastlabki sahifasidanoq muallif davlatni idora qilish va mamlakatda iqtisodiy barqarorlikni ta ’minlash uchun amalga oshirilishi lozim bo‘lgan iqtisodiy tadbirlar haqida fikr yuritadi. Buning uchun 62 «chetdan koriz qazib, suv keltirish, qishlog‘-u dalalar obodonligi uchun katta ariqlar qazish, qal’alar qurish, shaharlar barpo etish, zebo binolar-u keng ko‘chalar, rabotlar qurdirish lozim» deb yozadi1. Asarda aholidan xiroi olishning yo‘l-yo‘riqlari bayon etilgan. Soliqlar odamlarga malol kelmaydigan bo‘lishi, ularga azob-uqubat yetkazmasligi, soliq to ‘lash imkoniyati yo‘qlarni majbur qilinmaslik kabi qoidalar taklif etiladi. Kitobda yoziladiki, «Xirojni ham u (soliq yig‘uvchi-muall.) shunday yo‘l bilan talab qilsinki, odamlarga ziyon yetmasin. Soliq o ‘z vaqtidan oldin olinsa, raiyatga ranj-u azob yetadi, ular majburlikdan mol-davlatlami yarim bahoda sotib, uy-joylarini tashlab, ovora va sarsonlikda g‘ariblikka mubtalo bo'ladilar2». Boshqacha aytganda, soliq solish va undirish ishini odamiylashtirish (gumanizm ruhi) lozimligi uqtiriladi. Davlatning mana bunday soliq siyosati podshohga, oqibatda el-yurtga naqadar foydali ekanligi bir necha hikoyatlar (tarixiy voqealiklar) misolida ishonarli qilib tushuntiriladi. Asar muallifi bozorlardagi oldi-sotdi ishlarini tartibga solish haqida ham tavsiyaberadi. Zero, bozorda tartib o‘matilsa mamlakatda osoyishtalik qaror topadi. Buning uchun «har bir shaharda tarozi va narxlami tartibga soladigan, oldi-sotdi ishlarini biladigan eng olim va dono kishilardan muxtasib qo‘yishi kerak. Va atrofdan olib kelib sotiladigan har bir molni bozorda sotish uchun va haridorlami aldamaslik uchun ular ustidan nazorat bo‘lishi shart. Tarozi toshlarini to ‘g‘ri tutib amri m a’ruf va nahyi munkar qilishlari lozim3». Asarda xizmatchilarga maosh berish tartibi haqida ham tavsiya berilgan. Masalan, davlat mol-mulkini muhofaza qiluvchi ashroflik lavozimidagi xizmatchilar «o‘z martabasi va bilimlariga ko‘ra maosh olishlari zarur. U larning oylik harajat va maoshlarini raiyat hisobidan emas, balki xazinadan berilishi kerak. Shunda xalq boshiga ranj-u azob tushmaydi...4» deb ta ’kidlanadi. Bu yerda biz ikkita tamoyilni ko‘ramiz: birinchisi, ish haqi xizmatchilarning o ‘z lavozimi va bilim-tajribasiga qarab tabaqalash- tirilishi zarurligi bo‘lsa, ikkincbisi, ularning ish haqi va oilaviy moddiy hayoti odamlarga malol kelmasligi. Bu hoi davlat xizmatchilariga nisbatan xalq noroziligiga sabab bo‘lmasligiga va ularning halol-u pok xizmat vazifalarini bajarilishiga sabab bo‘ladi. Bu fikr ham bugungi kunda naqadar ahamiyatli ekani tushunarlidir. 1 Siyosatnoma, Toshkent, «Adolat» nashiiyoti, 1997, 17-bet 2 O 'sha asar, 28- bet 3 O ’sha asar, 50- bet " O 'sha asar, 68 — 69- betiar 63 Kitobda davlat soliq xizmati xodimlarining aholidan soliq yig‘ishdagi o‘zboshimchaligi yomon oqibatlarga olib kelishi mumkinligi aytiladi. Shuning uchun ular faoliyatini davlat tom onidan qonuniy yo‘llar bilan nazorat qilib turishlik haqida ko‘rsatma bayon qilingan. Agar soliq xizmatchisi davlat belgilaganidan ko‘p soliq olsa, «Xalq bundan kam- bag‘allashadi», odamlarga ko‘p azob yetadi, ko‘p mollar talon-taroj etiladi'». Bu yerda o ‘zboshimchalik bilan, davlat buyrug‘isiz ham soliq yig‘uvchilar faoliyatini cheklash zarurligi haqida gap boradi. Nizom ul-m ulk o ‘z tajribasidan va tarixiy tajribalar dan kelib chiqib shunday nasihat qiladi: «Har bir narsa o ‘z vaqti va o ‘z joyida harj bo‘lishi kerak2». Shundagina «odamlar rohatda yashaydi, biror kishi mol-mulki jihatidan azob chekmaydi» . Demak, yuqorida keltirilgan fikrdan xulosa shuki, xazinaga (davlat yoki oila budjetiga) kelgan daromadni obdon o ‘ylab, kerakli maqsadlarga, eng zaruriy ehtiyojlaxga sarf etilmog‘i darkor. Shundagina farovon va tinch yashash imkoniyati vujudga keladi. Kitobning so‘nggi, 50- faslida g‘oyat ajoyib, ibratli iqtisodiy g‘oya ilgari surilgan. M uallif yozadiki «... Behuda haij ham, isrof va ifratga ham yo‘l bermaslik kerak, odam lar iqtisodni tejamsizlik deb bilmasin. Sahovat ham kishiga mos bo‘lsin, xazinadan nafaqa oladiganlarga haq berilsin: ko‘p oladiganga ko‘p, kam oladiganga kam. Shunda har bir odam o‘z qadrini tushunadr » Muallif «iqtisod» degan kategoriyaga amaldorlaming ish-xo‘jalik yuritish tartiblarini (xo‘jalik faoliyatini tashkil etish), daromadlar, boylik. mol- mulkni saqlash, zarur zaxiralarni shakllantirish, xazinani boshqarish, to ‘g‘ri sarf-harajatlar qilish kabi tushunchalam i kiritadiki, bu uning iqtisodiy dunyoqarashi qanchalik keng qamrovli ekanidan dalolat beradi. Download 5.44 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling