Pul paydo bo‘lgan davrdan, ayniqsa, tanga
shaklda turli metallardan
pul zarb etish boshlangan davrlardan boshlab iqtisodiy tafakkur dahola-
rining fikru zikri turli mineral xomashyolar hajmi va og‘irligida mujassam-
lashgan qimmatbaho metallar — oltin, kumush, mis va boshqalar hissasini
aniqlash uslubi va asbobini yaratish muammosi bo‘lib kelgan. Ayniqsa,
bu masala X—XI asrlarda —
xalqaro savdo tez rivojlanib, zargarlik
buyumlari yasash kuchayavergach, fan
va amaliyotning eng dolzarb
muammosiga aylandi. X asrda M ovarounnahr va Xurosonda juda katta
miqdorda to‘la qiymatga ega bo‘lmagan tangalar zarb etish avjga chiqqach,
ahvol yana ham og'irlashdi. Masalan, muomalada bo'lgan
«Ismoiliy»
dirhamlari yoniga qimmatga ega bo‘lmagan metallardan zarb qilingan
Buxoro dirhami —
«gitrifiy» kabilar yoki past sifatli kumushdan yasalgan
«muhammadiy» tangalar muomalaga chiqarildi.
Bunday hoi turli xil
qallobliklaming, aldashlaming kuchayishiga qulay sharoit yaratdi. Bu oltin
dinorlar ham muomalada qatnashmay qolishiga olib keldiki, natijada oltin
tangalar oddiy tovarlar kabi tortib beriladigan vaziyat vujudga keldi.
M a’lumki, Abu Rayxon Beruniy mineralogiya va metallshunoslik
bo‘yicha o ‘z davrining eng yetuk olimi edi. Shuning uchun h am u
iqtisodiy
taraqqiyotga putur yetkazayotgan bunday ahvolga qarab tura olmas edi. U
juda katta tadqiqotlar, izlanishlar, amaliy tajribalar o ‘tkazib,
minerallar
tarkibidagi qimmatbaho metallar hissasini topish uslubini yaratdi. Bu
usulni amalda qo‘llash uchun maxsus o ‘lchov asbobi yaratish ham kerak
edi. Shunday asbob Beruniy tomonidan yaratildi, bu esa pul munosabatlari
tarixida, uning rivojlanishida bebaho ahamiyatga ega bo‘ldi. Beruniy o ‘zi
yasagan asbobning tuzilishini, uning qanday mexanizmlardan va qanday
qilib yasaganini
«Mineralogiya» nomli asarida bayon qilgan. Bu asbob
yordamida turli metallardan yasalgan tangalar
tarkibidagi qimmatbaho
m etallarning haqiqiy m iqdorini o ‘lchash m um kin b o ‘ldi. Bunday
asbobning yaratilishi pullar o'rtasidagi haqiqiy nisbatlarni aniqlash, ulami
o ‘zaro almashtirishning adolatli asoslariga ega bo‘lish imkoniyatini berdi.
Shuningdek, bu usul yordamida pul yasashdagi mavjud qallobliklarni
bartaraf qilish va ana shunday noxushliklarning oldini olish mumkin bo‘lib
qoldi. Buyuk bobokalonimizning bundan 1000 yildan ziyodroq awal ishlab
chiqqan usullari hozirgacha ham o ‘z ahamiyatini yo‘qotm agan'.
Do'stlaringiz bilan baham: