Ldoshev, Q. Muftaydinov, V. Abdurahmonov


Download 5.44 Mb.
Pdf ko'rish
bet33/143
Sana15.10.2023
Hajmi5.44 Mb.
#1703859
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   143
Bog'liq
Iqtisodiy ta\'limotlar tarixi. Yo\'ldoshev Q.Muftaydinov Q

«Fozil odamlar 
shahri» 
asarida ham o‘z ifodasini topgan.
Mutafakkir Aflotun qarashlari haqida gapirar ekan, «mulkka ega bo'lish 
yomon odat emasligini, qashshoqlikda (mulksiz) yashagandan ko‘ra, 
badavlat yashamoq afzaldir», degan fikrni aytadi. Faqat 
«mulkni befoyda 
jamg ‘arishdan saqlanish zarur»,
degan fikrni ilgari suradi. Fikrini davom 
ettirib yozadiki: «Odamlarga, avlodga zarar keltirmaydigan mol-mulk 
orttirish foydali ishdir; bunda qonunlar yordamida ruh va badanni 
e’zozlanishiga sazovor qiladigan tarbiya muhim ahamiyatga ega. Faqat 
boshqalar uchun zarar keltiradigan boylik to‘plash, mol-mulkka ega bo‘lish 
yomon odatdir1».
Olim Aflotun falsafasini sharxlar ekan, odamlarni mulkiy qonunlar 
asosida tarbiyalash masalasiga alohida e’tibor beradi. «Agar shahar aholisi 
m a’rifatsiz, tajribasiz odamlar va bolalardan iborat bo‘lsa, u holda ular
1 Abu Nasr Forobiy. Fozil odamlar shahri. Т., 1991, 38 —bet
54


qonun o‘matgan tartib va boshqaruv usulini qabul qilmaydilar». ( 0 ‘sha 
joyda, 39-bet. ) Qayd etiladiki, qonunlar asosida, ya’ni huquqiy tarbiya 
ijtimoiy-iqtisodiy hayotda g‘oyat muhim ahamiyatga ega. Huquqiy tarbiya 
faqat o‘zini emas balki boshqalami ham o‘ylab yashash va ishlashga xizmat 
qiladi, mulkni, manbalami to ‘g‘ri tasarruf etish, undan yaxshi natijalar 
olishga da’vat etadi. Shuning uchun ham mamlakatimizning Ta’lim 
to‘g‘risidagi Dasturi va Qonunida huquqiy va mulkiy tarbiyaga katta o‘rin 
ajratildi. Forobiy uqtiradiki, «Mulk orttirishda unchalikxavfyo‘q, ammo 
uni ehtiyot qilib saqlash kerak. Agar boshqa birovlar hisobiga mulk 
orttirganlar jazolanmasalar, u holda shahar aholisidan insof va shuhrat 
yo‘qoladi. Mulkni ehtiyot qilib saqlab/ o‘z ehtiyoji uchun ishlatsa, bu 
yomon ish-hisoblanmaydi...1»
Bu ko'rsatmalaming ahamiyati bugungi kunda juda ham katta. Zero, 
odamlar, mustaqillik va demokratiya tufayli mulkdor bo'lmoqdalar. Biroq 
mulkdor bo‘lish boshqa-yu, mulkni ehtiyot qilib, o £zi va jamiyati uchun 
samarali foydalanish undan ham muhim.
Ishlab chiqarish va iste’mol uchun harajat qilish muayyan zaruratdir. 
Ishlab chiqarish va hayotning samarasi ko‘pincha ana shu harajatlar 
miqdori, tartibi va mezonlariga ham bog‘liqdir. Olim hisoblaydiki, yashash 
uchun ega bo‘lingan mablag‘lami, mahsulotlar va mulkni to‘g‘ri taqsimlan- 
masa, me’yori bilan harajat qilinmasa, bunday ishda «nomaqbulchilik 
ro‘y beradi». «Bu — boshqarilishi eng qiyin bo‘lgan ishdir, kimda-kim 
o‘z ixtiyorida bo‘lgan mulkni foyda chiqarish uchun muomalaga qo'ymasa, 
uni faqat o‘zi uchungina jamg‘arsa, juda katta zarar keltiradi2»
Forobiy qarashlarida taasimot masalasi juda keng va o‘ziga xos usulda 
talqin etiladi. U jamiyat va odamlar yo‘lidagi mulk va noz-ne’matlami 
to‘g‘ri taqsimlash davlat qurilishida asosiy masaladir, degan fikmi bildiradi. 
Demak, jamiyat hayotida eng muhim muammolardan biri mulkni, 
mahsulotlami kerakli maqsadlarga to ‘g‘ri, samarali taqsimlanishidir. 
Taqsimot ishi maqsadga muvofiq yo‘lga qo‘yilmas ekan, ko'pchilik odamlar 
bachkanalashib ketadi, odamlar faqir ahvolga tushib qoladi.
Taqsimot mavjud mulk, mahsulot, boyliklar hisobini to‘g‘ri yo‘lga 
qo‘yishdan boshlanadi. Xuddi ana shu fikr Forobiy tomonidan oldingi 
o ‘ringa chiqariladi. «Awalo, — deydi olim, — yer va joylaming miqdori, 
keyin ularning egalari va tutgan o‘rinlari, so‘ngra nihoyatda zarur narsalar
1 Abu Nasr Forobiy. Fozil odamlar shahri. Т., 1991, 47 —bet
2 Abu Nasr Forobiy. Fozil odamlar shahri. Т., 1991, 42 —bet
55


bo‘lgan oziq-ovqatlar, ekiladigan yerlar, saroy va shaxsiy uylarning 
miqdori hisobga olinishi zarur1». Forobiy Aflotunning quyidagi fikrlarini 
alohida ajratib keltiradi: «Taqsimotning ishi juda qiyin, lekin juda zarar 
ishdir». Buyuk daholaming taqsimot va mulkni tasarruf etish masalalariga 
bu qadar chuqur qarashlari bejiz emas.
Albatta, taqsimot mavjud narsalar taqsimotidir, u ishlab chiqarishga 
nisbatan vaqt jihatidan keyingi o ‘rinda turadi, ishlab chiqarish munosabat- 
laridagi ikkinchi bo‘g‘indir. Biroq shuni unutmaslik kerakki, taqsimot 
ishlab chiqarishning boshqa tomoni, aslida uning davomi va takrorlanishidir. 
Buning m a’nosi shuki, to ‘g‘ri va adolatli taqsimot tizimi yaratilgan 
sharoitdagina ishlab chiqarish natijalari shunchalik yaxshi bo‘ladi. Bu yerda 
gap faqat makroiqtisodiy darajadagi taqsimot ustidagina borayotgani yo‘q, 
bu xulosa mikroiqtisodiyotning barcha bo‘g‘inlari uchun ham bab-baravar 
ahamiyatga ega. Forobiyning iqtisodiy qarashlarida jamiyat hayotining eng 
muhim masalalari ko'tarilgan.
Sharq falsafasida ehtivoilar masalasi deganda odamlar ehtiyojlari va 
ularning qondirish vositalarini qidirish emas, balki har bir odamning 
shaxs sifatidagi zaruriy ehtiyojlami tadqiq qilish va ulam i qondirish 
muammolari m uhim ahamiyat kasb etadi. Ana shu ehtiyojlar tizimida 
odamning shunday fiziologik ehtiyojlari mavjudki, ular faqat harakat 
qilish, m ehnat va yaratuvchanlik (ishlab chiqarish) bilan qondiriladi. 
Demak, inson ehtiyojlarining eng muhimi mehnat qilish (varatuvchanlik~> 
ehtivoiidir. barcha ehtiyojlami qondirishga ham xuddi ana shu mehnatga 
bo'lgan ehtiyojni qondirish orqali erishiladi. Sharq iqtisodiy tafakkuri 
markazida inson va uning ehtiyojlari, ulami qondirish masalasining turishi 
bejiz emas.
Ijtimoiy-iqtisodiy tafakkuming ana shu eng dolzarb masalasi Sharqning 
buyuk farzandi, faylasuf Abu Nasr Forobiy asarlarida asosiy o ‘rin olganligi 
fikrimizning dalilidir. Sharq Arastusi nomi bilan mashhur bo'lgan alloma 
Arastu falsafasi tahliliga bag‘ishlangan asarida iqtisodiyot fanining muhim 
kategoriyasi bo‘lgan ehtiyojlar masalasiga alohida e’tibor berib, ehtiyojlami 
qondirish inson harakatining markazida turajagini ko‘rsatdi. 13 inson 
ehtiyojlarini qondirishda m ehnat va m ehnat qurollarining o ‘rni beqiyos 
ekanligini uqtirib o ‘tadi.
1 Abu Nasr Forobiy. Fozil odam lar shahri. Т., 1991, 37- b e t
56


Abu Ali ibn Sino shu narsani chuqur tushunib yetadiki, odamlar 
o ‘zaro hamkorlikda bo‘lishlari kerak, ya’ni ular iqtisodiy munosabatlarga 
kirishishlari lozim. Chunki har bir odam alohida holda ishlaganda, u 
qanchalik kuchli va salohiyatli b o ‘lmasin, hatto o ‘z ehtiyojlarini ham 
qondira oladigan mahsulotni yaratishga qurbi yetmaydi. Shuning uchun 
odamlar o ‘zaro iqtisodiy kelishuvga kelishga, ya’ni m ehnat taqsimoti 
asosida faoliyat qilishga intiladilar. Buning iqtisodiy nazariya nuqtayi 
nazaridan m a’nosi shuki, ishlab chiqarish munosabatlari haqiqatdir
tabiiy zaruratdir, muayyan holatdir.
Ibn Sino odam jamiyatdan tashqarida yashay olmasligini, u jam oat 
muhitidagina ijtimoiy bog‘liqbo‘la olishini qayd etgan. Ular o‘zaro iqtisodiy 
hamkorlik orqali o ‘z hayotlarini ko‘radilar, o ‘zlarining hayotiy ehtiyojlarini 
qondiradilar. Biroq, odamlarning o ‘zaro munosabatlari adolat doirasida 
bo‘lmog‘i darkor, adolatni esa fanni (haqiqatni) sevadigan davlat o ‘matishi 
mumkin, holos.
Ibn Sino fikricha, davlat har bir odamning jamiyatdagi o ‘rnini (ish 
joyini) aniq belgilab, qanday faoliyat, yuritishini tashkil qilib berishi 
kerak, ayniqsa, davlatda tekinxo'rlar, boshqalar hisobiga kun ko'ruvchilar 
bo‘lishiga aslo yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi. Davlat bunday takomilga faqat fanni 
rivojlantirish orqali erishadi.
Ibn Sino savdo munosabatlarining jamiyat taraqqiyotida katta ro ‘l 
o ‘ynashini ham uqtirgan. U savdo aloqalari shaharlar (mamlakatlar, 
xalqlar) o'rtasida yo‘lga qo‘yilishi lozimligini ta’kidlaydi, chunki shundagina 
ijtimoiy taraqqiyot yuz beradi, odamlar o‘rtasida tushunish vujudga keladi. 
Yuqoridagi qoidalarga xulosa qilib shuni aytishimiz mumkinki, ibn Sino 
ilmiy ijodida iqtisodiy munosabatlar masalasi ham, uning muammolari 
va ularni takomillashtirishga oid tadqiqotlar ham salmoqli o ‘rin tutadi.
Abu Ali ibn Sino «Tibbivot dostoni»da yozadiki, agar hayvonlar tabiat 
ne’matlariga qanoat qilib yashasalar, odamlarga bu ne’matlar ozlik qiladi, 
ular oziq-ovqat, kiyim-kechak, uy-joyga bo‘lgan ehtiyojlarini qondirishlari 
lozim. Uning ta’kidlashicha, agar hayvonlar tayyor tabiat ne’matlarini 
o ‘zlashtirib olsalar, odamlar o ‘z m ehnatlari bilan o ‘zlariga ovqat, kiyim- 
bosh, uy-joy yaratadilar, ular ana shu maqsadda dehqonchilik, hunar­
mandchilik, chorvachilik bilan shug‘ullanadilar. Shuning uchun alloma 
odamlarni ijtimoiy foydali mehnatga chorlaydi.

Download 5.44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   143




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling