Ldoshev, Q. Muftaydinov, V. Abdurahmonov
Islomda rabbarlik masalasi
Download 5.44 Mb. Pdf ko'rish
|
Iqtisodiy ta\'limotlar tarixi. Yo\'ldoshev Q.Muftaydinov Q
- Bu sahifa navigatsiya:
- V bob. UYG‘ONISH DAVRI 0 ‘RTA OSIYONING IQTISODIY G‘OYALARI
Islomda rabbarlik masalasi.
Islom ta’limotida davlatni, iqtisodiyotni, odamlami boshqarish ya’ni «menejment» masalasiga ham alohida ahamiyat berilgan. Ijara masalasi. Islom ta’limotida mulkni oqilona tasarruf etish, uni egasi samarali foydalana olmagan sharoitda ularni o‘zi va egasi uchun ham foydali tarzda ishlata oluvchilariga ijaraga berib turish qoidalari bayon etilgan. Bu shundan dalolat beradiki, mulk ijarasi masalasi bugun bozor iqtisodiyoti unsuri bo‘lmay u azaliy islomiy qadriyat ekan. Demak, bozor iqtisodiyoti sharoitida ijara munosabatlarini iqtisodiyot subyektlariga o'rgatishda islom qoidalariga amal qilishimiz nihoyatda dolzarb masaladir. Bo‘nak. Payg‘ambarimiz Sallollohu alayhuvassalamning muborak hadislarida bayon qilingan iqtisodiy qoidalardan biri. Bo‘nak (avans) mol olishda kafolat berib, mol qiymatining bir qismini ma’lum muddatda uzish sharti bilan olish kabi holatlami adolatli yo‘lga qo'yish tartibidir. Nasiyaga biror narsa olishda bo‘nak berish, qolgan haqini keyinroq to'lash yoki nasiyaga olingan mol uchun bir narsani kafolatlashga (garovga qo‘yish) tavsiya etilgan. Bunday munosabatlar odamlar o ‘rtasidagi iqtisodiy aloqalarda adolat o'matish maqsadini nazarda tutish bilan biiga odamlaming iqtisodiy ahvollarini yengillashtirishga ham yordam bergan. 53 V bob. UYG‘ONISH DAVRI 0 ‘RTA OSIYONING IQTISODIY G‘OYALARI Islom iqtisodiy g'oyalari 0 ‘rta Osiyo allomalarining iqtisodiy tafakkuri rivoji manbayi bo‘lib qoldiki, bu Forobiy, Ibn Sino, Beruniy, Yusuf Xos Hojib, Nizomulmulk, Amir Temur, Ulug‘bek, Navoiy, Bobur va boshqa ko‘plab mutafakkirlar ijodida o‘z ifodasini topdi. I. Abu Nasr Forobiyning iqtisodiy g‘oyalari Abu Nasr Forobiy va Abu Ali ibn Sino iqtisodiy merosi markazida inson va uning ehtiyojlarini qondirish masalasi turadi. Zero, yuqorida aytilganidek, inson bu dunyoning oliy n e’mati va uning ehtiyojlarini qondirish har qanday jamiyatning yashash va rivojlanish shartidir. Albatta, inson ehtiyojlari turli-tuman va doimiy o ‘sib boruvchidir. Odamlar ehtiyojlarini iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy, m a’naviy guruhlarga ajratish mumkin. Ammo inson ehtiyojlari ichida ustuvor o‘rinda iqtisodiy-ijtimoiy ehtiyojlarni qondirish turadi. Abu Nasr Forobiy buyuk ajdodlarimizdan biridir. U ilm-fan tarixiga Sharqning buyuk faylasufi, Sharq Arastusi, Sharq Aflotuni kabi mashhur nomlar bilan muhrlangan. Uning iqtisodiy va boshqa ijtimoiy qarashlari Arastu va Aflotun asarlarini tushuntirishga qaratilgan bir qancha asarlarida bayon etilgan, jumladan, uning iqtisodiy dunyoqarashi Download 5.44 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling