Ldoshev, Q. Muftaydinov, V. Abdurahmonov
Mirzo Ulug‘bekning iqtisodiy islohotlari
Download 5.44 Mb. Pdf ko'rish
|
Iqtisodiy ta\'limotlar tarixi. Yo\'ldoshev Q.Muftaydinov Q
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3. Alisher Navoiyning iqtisodiy dahosi
- Uchinchidan
2. Mirzo Ulug‘bekning iqtisodiy islohotlari
Mirzo Ulug‘bek o ‘zining podshohlik, olimlik, mutafakkirlik faoliyatida ulug‘ bobosi Amir Tem ur vasiyatlariga, uning ko'rsatm alariga to ‘la asoslandi. Natijada uning 40 yillik hukmronligi davrida mamlakatda barqarorlik, tinchlik, hamjihatlik, iqtisodiy ravnaq katta ijodkorlik hukm surdi. M irzo U lug‘bek o ‘z faoliyatida iqtisod ilmiga, iqtisodiyotni rivojlantirish va barqarorlikni ta ’minlashga katta e’tibor berdi. U shunday iqtisodiy o ‘zgarishlar (islohotlar) qildiki, bular oqibatida iqtisodiy inqirozlarning oldini oldi, davlat qudratini yuksak darajaga ko‘tardi. Uning soliqlarni tartibga solish va pul muomalasini barqarorlashtirish, pulning qadrsizlanishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun ko‘rgan chora-tadbirlari tarixiy ahamiyatga ega bo‘ldi. Masalan, u xirojning miqdorini tabaqalash- tirish yo‘lini tutdi, ya’ni xirojni yeming shart-sharoiti, unumdorligi, bozorlarga yaqin-uzoqligi kabi omillarga qarab belgiladi. Iqtisod ilmining hozirgi tushunchasi bilan aytganda, ver rentasi ta ’limotini asoslashga harakat qildi. U soliqlami pul shaklida to‘lashni afzal deb bildi va shunday soliq shaklini ijtimoiy adolatga xizmat qiladi, deb bildi. Mirzo Ulug‘bek iqtisodiy dunyoqarashida pul islohoti alohida o ‘rin 70 tutadi. U shu maqsadda pul zarb qiluvchi korxona qurdirdi. Pul birliklarining nomini ana shu korxona joylashgan shahar — Buxoro xalq atamasi bilan atashni lozim topdi (masalan, donaki adliya, nildonaki adliya, dudonaki adliya kabi). Pul birligining vazni pul qiymatiga qarab 2, 3—8, 6 gramrn og‘irlikda belgilangan. Bunday iqtisodiy tadbir mamlakatda tovar-pul m unosabatlarining rivojlanishiga, xalqaro savdo ravnaqiga, milliy mulkning barqaror bo‘lishiga xizmat qiladi. 3. Alisher Navoiyning iqtisodiy dahosi 0 ‘zbek xalqining m a’naviy merosida, uning madaniyati xalqaro miqyos kasb etishida mutafakkir shoir Alisher Navoiyning o ‘mi, uning xizmatlari beqiyosdir. Hozirga qadar xalqimiz, xususan, yoshlarimiz uni she’riyat mulkining sultoni deb tanib keldilar. Biroq Alisher Navoiyning ilmiy merosi shu qadar boy va keng qirraligi, unda iqtisodiyot masalalariga doir ko‘pgina qim m atli g‘oyalar ham o ‘z ifodasini topgan. Buyuk mutafakkirimizning iqtisodiy qarashlari uning bir umrlik kitobi bo'lgan «Mahbub ul-qulub» («Qalb sevgilisi») asarida bayon qilingan. U asarda taqsimot munosabatlariga, ularning adolatli tashkil etilishiga e ’tiborni qaratdi, xususan, xizmatga yarasha taqdirlash (haq to ‘lash) masalasi uning diqqat markazida turdi. U yasovul misolida shunday deydi: «Agar u xizmatiga yarasha haq olishi xayolida bo‘lsa, u ota merosi va ona suti kabi haloldir1». Bu yerda Alisher N avoiy ikkita iqtisodiy g'oyani ilgari suradi: birinchidan, mehnatning miqdori va sifatiga muvofiq taqdirlanish fikri bo‘lsa, ikkinchidan, mehnatiga yarasha haq olish «ona sutidek halol» ekanligi haqidagi fikr uqtirilgan. «Mahbub ul-qulub» asarida Alisher Navoiy jamiyatning boyishida savdo-sotiq, tijorat ishlari muhim rol o ‘ynashi haqidagi iqtisodiy g'oyani markantilistlardan bir asr ilgariyoq asoslab bergan. «Savdogar, — deb yozadi buyuk allomamiz, — yolg'iz foydani niyat qilmasligi, savdo qilib foyda topaman, deb ortiqcha kema so‘rmasligi, mol va pul ko‘paytiraman, deb jonsarak bo'lmasligi kerak». «Savdogar boj-xiroj berish o ‘miga o ‘z molini yashirib, o ‘z obro‘sini to ‘kmasa yoki topgan-tutganini merosxo‘rlari sotib-sovurishi uchun to ‘plab qo‘ymasa yoki biror yomon hodisani ko‘zlash uchun sarflamasa, jamg'armasa yaxshi bo'ladi2». 1 Mahbub u l-q u lu b » , 1., 1983, 2 1 - b e t 2 O 'sha asar 33 —bet 71 Asarda bayon etilgan yuqoridagi iqtisodiy fikrlardan quyidagi iqtisodiy xulosalarga kelish mumkin: birinchidan, savdo, bozor, tijorat, muomala jarayoni (oldi-sotdi) iqtisodiyotni rivojlantirishda yetakchi ahamiyat kasb etadi. Zero, ular tovarlar takchilligini tugatishga xizmat qiladi. Ikkinchidan, savdo davlat budjeti darom adining m anbayi, m am lakat iqtisodiy qudratining tayanchlaridan biridir, zero, savdogarlar davlat xazinasiga boj-xiroj to ‘lab turish bilan moliyaviy m unosabatlarda m uhim rol o ‘ynaydilar. Uchinchidan, allomamiz savdogarlarni insofga, diyonatga chaqiradi, ulardan faqat o ‘z foydasini ko‘zlab ish tutmaslikni talab qiladi. M a’lumki, mazkur davrda (hatto eng taraqqiy etgan mamlakatlarda ham) asosiy ishlab chiqaruvchi kuch dehqonlar bo'lgan, jamiyatning iqtisodiy ahvoli, kelajak taraqqiyoti, odamlar farovonligi ham ulaiga bog‘liq bo'lgan. Alisher Navoiy o‘z daxosi bilan dehqonlarning moddiy n e’matlar yaratuvchi asosiy kuch ekanini, jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy taqdiri ularga bog‘liq ekanini ko‘ra bildi. U yozdiki, «Olamning obodonligi dehqondan, m ehnat tut shodon, ular shodon». «Dehqon qanday ekin ekishga qilsa harakat — elga ham oziq-ovqat yetkazar, ham barakat1» Keltirilgan fikrlardan, Alisher Navoiy moddiy n e’mat yaratuvchi boshqa kishilar guruhini (hunarmandlar, mayda tovar ishlab chiqaruv- chilar), ularning iqtisodiy aham iyatini kamsitgan, degan fikr kelib chiqmaydi. Alisher Navoiyning mashhur «Farhod va Shirin» dostonida hunarning, hunarm andchilikning katta iqtisodiy-ijtimoiy ahamiyati ko‘rsatib berilgan. Alisher Navoiyning «Mahbub ul-qulub» asarida qiymat kategoriyasi ham m a’lum m a’noda o ‘z ifodasini topgan. Albatta, mazkur asarda bu murakkab iqtisodiy tushuncha (qiymatning ta ’rifi berilgan) to ‘la holda ilmiy asoslab berilmagan. Alisher Navoiyning qiymat haqidagi fikri chinni idish misolida (o‘sha davrlarda chinni idish tayyorlash g‘oyat og‘ir, ko‘p m ehnat talab qiluvchi hunar b o ‘lgan) shunday ta ’riflanadi: «Chinni idishning — uni tayyorlashdagi qiyinchiligiga yarashligi bilandir; uni asrashda ham qiymatga ahamiyat beriladi. Qiymati oz narsaning — hurmati oz2». Bu yerda biz uchun aham iyatli bir xulosa shuki, xali G ‘arb adabiyotlarida qiymat tushunchasi uchramagan bir davrda Alisher Navoiy qiymatning miqdoriy jihatini tushunib yetdi va uni o ‘z asarida ta’rifladi. Alisher Navoiv iqtisodiyotning muhim jihati bo‘lgan mulk masalasiea e’tibomi qaratadi. U mulkni to ‘g‘ri tasarruf etish, resurslar, iqtisodiy 1 O 'sha asar, 36- bet 2 O'sha asar, 7 - 8 - bet 72 shart-sharoitlardan unumli foydalanish, isrofgarchilikka yo‘l qo‘ymaslik kerak, deydi. Ana shunda odamlar to ‘q va farovon yashashlari mumkinligi haqidagi iqtisodiy qarashni ilgari suradi. «Isrof qilish saxiylik emas, o ‘rinsiz sovurishni aqlli odamlar saxiylik demas. Halol molni kuydirganni devona, deydilar, yorug1 joyda sham yoqqanni aqldan begona, Download 5.44 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling