Ldoshev, Q. Muftaydinov, V. Abdurahmonov


Download 5.44 Mb.
Pdf ko'rish
bet50/143
Sana15.10.2023
Hajmi5.44 Mb.
#1703859
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   143
Bog'liq
Iqtisodiy ta\'limotlar tarixi. Yo\'ldoshev Q.Muftaydinov Q

Qo‘shimcha mahsulot. Ibn Xaldun ta ’limotida qo‘shimcha mahsulot 
ishlab chiqarish g‘oyasi ilgari surilgan. Uning fikriga ko‘ra, jamiyat zaruriy 
mahsulot ishlab chiqarish bilan cheklansa, u qashshoqlik va qoloqlikdan 
chiqa olmaydi. Jamiyatning rivojlanishi va aholi turmushining ortishi «mehnat 
miqdorining oshishiga», ya’ni qo'shimcha mahsulot yaratilishiga bog‘liq. 
Qo‘shimcha mahsulot yaratilishiga odamlarning mehnat taqsimoti asosida 
ishlashlari asos bo'ladi. Chunki, bunda odamlar bir-birlaridan o ‘rganadi, 
mehnat unumdorligi ortadi. Ehtiyojlarni qondirish mahsulotlaming qiymati 
bo‘yicha almashuvi orqali amalga oshadi. Oo‘shimcha mehnat va ao‘shimcha 
mahsulot almashuvi bozomi vujudga keltiradi. Odamlarning to ‘planib 
(shahar, sanoat mehnati) ishlashlari (mehnat kooperatsiyasi) qo'shimcha 
mahsulot ishlab chiqarishda bosh omildir.
Qiymat nazariyasi. «Qiymat» kategoriyasi iqtisodiyot nazariyasining 
qiyin masalalaridandir. Ibn Xaldun ana shu kategoriya mazmunini ochish, 
idrok qilish darajasiga ko‘tarilgan birinchi olim, deyish mumkin. U tovarlar 
almashuvi asosida ijtimoiy zaruriy mehnat yotadi, mehnat qiymatning 
substansiyasini (mazmunini) tashkil etadi degan g‘oyat muhim nazariyaga 
birinchi bo‘lib asos soldi.
Mulkdor bo‘IishIik-insonning muqaddas huquqi. Ibn Xaldun ta’limotida 
mulkdor bo‘lishning qonuniy, umuminsoniy huquqi ekanligi asoslab berilgan. 
Mulkdor bo‘lishlik, xususiy mulk egasi bo‘lishlik kimlamingdir muruwati 
emas, balki insonning qonuniy, obyektiv, huquqiy zaruratidir. Davlat ana 
shu huquqni ro‘yobga chiqarishga va boshqarishga xizmat qilishi kerak.
Farovon yashash odamlarning o ‘zlariga bog‘liq. Ibn Xaldun ta’lim bergan 
ediki, jamiyatning holati, uning boyishi, ravnaqi, istiqboli, eng awalo
jamiyat a’zolarining intilishlariga, harakatlariga bog‘liq. Demak, butun 
mamlakat har bir fiiqaro ham o ‘z farovonligini o‘zi ta’minlashga mutasaddi 
va mas’uldir.
Pul-boylik. Ibn Xaldun pulni boylik deb tushundi. Uning fikricha, pul 
qancha ko‘p bo‘lsa, jamiyat va odamlar shuncha boy bo'lishadi. Zero, pul 
(oltin va kumush) o ‘zida mahsulotlardagi mehnatni mujassamlashtirgan. 
Bu dunyoqarash mohiyatan cheklangan bo‘lsa ham, o‘z davrida ancha 
ilg‘or qarash bo‘ldi. Bu ta ’limotning yana bir jihati shuki, «pul-boylik» 
degan tushunchaga merkantilizm tarafdorlari Ibn Xaldundan 300-350 yillar 
keyin keldilar.
84



Download 5.44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   143




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling