Ldoshev, Q. Muftaydinov, V. Abdurahmonov
Pyer Buagilberning iqtisodiy g‘oyalari
Download 5.44 Mb. Pdf ko'rish
|
Iqtisodiy ta\'limotlar tarixi. Yo\'ldoshev Q.Muftaydinov Q
2. Pyer Buagilberning iqtisodiy g‘oyalari.
Fransiya klassik iqtisodiy maktabning asoschisi va asosiy namoyandasi Pyer Buagilber hisoblanadi. U Angliya klassik iqtisodiy maktabining asoschisi Petti kabi professional iqtisodchi olim bo'lgan emas. P. Buagilberning iqtisodiy g‘oyalarining vujudga kelishiga Fransiyadagi inqirozga yuz tutayotgan ijtimoiy-iqtisodiy holat sabab bo‘ldi. Fransiyadagi ijtimoiy-iqtisodiy muhit Anghyanikidan keskin farq qilar edi. Fransiyada feodal munosabatlar hali ham kuchli bo‘lib, qirollar va uning atrofidagilar tomonidan qattiq himoya qilingan. 0 ‘sha davrdagi Lyudovik XIV qirolligida moliya vaziri lavozimini egallab turgan Jan Batist Kolber tomonidan olib borilgan siyosat mamlakat iqtisodiyotining umumiy rivojiga olib kelmadi. U sanoatni, moliyani taraqqiy ettirishni tarafdori edi, ammo bu ish qishloq xo'jaligining ziyoniga o‘tkazildi, feodal munosabatlar to‘la saqlab turildi, bu esa iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishga to ‘siq edi. Manifakturalar paydo bo‘ldi, ammo rivoj topmadi. Sex tizimi saqlangan bo‘lib, rivojga to‘siq edi. Yer masalasi to‘la hal etilmadi, «senyorsiz yer yo‘q» tamoyili saqlandi, mayda yer egaligi, dehqonlaming turli soliq va yig‘imlarga mahkum etilganligi, ulami bu tizimda yemi yaxshilash va ishlab chiqarishni rivojlantirishga rag‘batlantirmas edi, vaholanki, aholining 3/4 qismi dehqonlar bo‘lib, ular bu sohada tushkunlikda edi. Ichki bozor ham tor bo‘lib, tadbirkorlikning o ‘sishiga yo‘l bermasdi. Kapitalistlar asosiy soliq to‘lovchi sinf edi, dvoryanlar va dindorlar umuman soliq to ‘lamagan, shahar buijuaziyasi hali nisbatan kam sonli, soliqlardan ustalik bilan bosh tortar edi. Ana shunday sharoitlar P. Buagilberning iqtisodiy qarashlariga katta ta’sir ko‘rsatdi. 102 1707- yili P. Buagilberning «Fransiyani qoralash» asari chop etildi. Unda Fransiyaning kambag‘allik holati ko'rsatildi, merkantilistik siyosat qoralandi. Iqtisodiy islohotlar o‘tkazish to ‘g‘risida yangi g'oyalar ilgari surildi. Biroq ular o ‘zi ishongan va umid qilgan hukumat vazirlari tomonidan ham e’tiborga olinmadi, qo‘llab-quwatlanmadi. Iq tiso d iy fik rla rn in g riv o jla n ish id a va F ra n siy a d a b o zo r munosabatlarining shakllanishida P. Buagilberning hissasi katta bo'ldi. Aynan uning asarlari merkantilistik g‘oyalaming batamom obro‘sizlanishi va fransuz klassik iqtisodiy maktabining shakllanishi uchun nazariy- metodologik asos bo‘lib xizmat qildi. U, Pettiga o'xshab, mamlakatning boyligi pul miqdoridan iborat emas, balki barcha foydali narsa va ne’matlardan tashkil topadi, degan konsepsiyani ilgari surdi. 1691- yilda u Fransiyani og‘ir iqtisodiy ahvoldan chiqarish tizimini taklif etdi. Dastlabki fikrlari bo'yicha turli islohotlar o ‘tkazilib, 1707- yilda esa uning g‘oyalari yetilib, quyidagi uch qismdan tarkib topdi: 1. Soliq tizimini o‘tkazish. Soliq tizimining dehqonlar mehnatidan manfaatdorlik tamoyiliga asoslanishi, undan tashqari soliq, barchaga tegishli bo‘lishi kerak. 2. Ichki savdoni har xil cheklashlardan ozod qilish (ichki savdo erkinligi): ya’ni ichki bozomi kengaytirish, mehnat taqsimotining o‘sishini ta’minlash, tovar-pul muomalasini kuchaytirish kerak; 3. Donning erkin sotilishiga yo‘l berish, donga tabiiy baho ta ’sirini cheklamaslik. Gap shundaki, mamlakatda donga sun’iy ravishda baho belgilangan b o ‘lib, ishlab chiqarish harajatlari qoplanm as edi. Buagilberning fikricha, iqtisodiyot erkin raqobat sharoitida rivojlanishi va tovarlar bozorida «haqiqiy qiymat»ga ega bo‘lishi kerak edi. U davlat bu sohada dehqonlarga homiylik qilishi zarur, deb hisobladi. Birinchi fransuz klassigining fikricha, iqtisodiyotdagi asosiy soha savdo emas, balki ishlab chiqarish, eng awalo, qishloq xo‘jaligi hisoblanadi. P. Buagilber o‘z asarlarida iqtisodiyotning «tabiiy qonunlari» to‘g‘risida qayd qilib o‘tadi. Davlat yuqori sohqlarni joriy etish yoki proteksionizm siyosatini qo'llash bilan ularga xalaqit bermasligini tavsiya etadi. Download 5.44 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling