Ldoshev, Q. Muftaydinov, V. Abdurahmonov
D. Rikardoning iqtisodiy ta’limoti
Download 5.44 Mb. Pdf ko'rish
|
Iqtisodiy ta\'limotlar tarixi. Yo\'ldoshev Q.Muftaydinov Q
4. D. Rikardoning iqtisodiy ta’limoti.
David Rikardo (1772-1823) klassik iqtisodiy maktab namoyandasi hisoblanadi. U tarixga katta ta’sir o‘tkazgan iqtisodchilardan bin edi. Angliyada tug'ilgan, London fond biijasida zo‘r muvaffaqiyat bilan faoliyat ko'rsatgan. Bu yerda to'plangan boylik unga fan bilan shug'ullanishi va Angliya parlamentinig quyi palatasi ishida ishtirok etish imkonini bergan. Uning eng mashhur asari «Siyosiy iqtisod va soliq solish qoidalari» deb ataladi. U bu asami 1847- yilda yozgan. Bu asar uni mumtoz siyosiy iqtisod g‘oyalarining Adam Smitdan keyingi eng taniqli ifodalovchisi darajasiga ko‘tardi. Rikardo, ayniqsa, xalqaro iqtisodiyotdagi savdo erkinligi afzalliklarini tadqiq etish borasida dong taratdi. Erkin savdo mamlakatlar o‘rtasida savdoni yo‘lga qo‘yishdagi tariflar va boshqa to'siqlar bartaraf etiladigan siyosatni nazarda tutadi. Bu nuqtayi nazarni isbotlash uchun Rikardo biz hozir nisbiy afzalliklar qoidalari deb ataydigan konsepsiyani ishlab chiqdi. Ushbu afzalliklami tahlil etish orqali u shunday xulosa chiqardi: tovarlami import qiluvchi bir mamlakat eksport qiluvchiga nisbatan kamroq harakatlar bilan ishlab chiqara olsa ham, ulami boshqa mamlakatga import qilishi mumkin. Nisbiy afzalliklami David Rikardo quyidagi tarzda izohlab bergan edi. Portugaliya ham Angliya ham vino va kanop mato ishlab chiqaradi, ular bir-birlari bilan ushbu mahsulotlarni ayirboshlashdagi afzalliklami ко‘rib chiqadilar. 109 Faraz qilaylik: -Vinoning X barreli qiymati kanop matoning u yarddagi qiymatiga teng (demak, shunday ayirboshlanadi ham). -Portugaliyada 80 nafar ishchi bir yilda X barrel vino tayyorlashi mumkin. Shu miqdordagi vinoni 120 nafar ingliz ishchisi tayyorlashi mumkin. -90 nafar portugal ishchisi bir yilda Y yard kanop mato ishlab chiqarishi mumkin. Shu vaqt ichida xuddi shuncha yard kanop matoni 100 nafar angliyalik to‘qishi mumkin. «Fahmlaganimizdek, — deya fikrini davom ettiradi Rikardo, — garchi Portugaliya vinoni ham, kanop matoni ham Angliyaga nisbatan ancha samaraliroq ishlab chiqara olsa, u vinoni ishlab chiqarishga ixtisoslashadi va kanop matoni Angliyadan import qiladi. Buning boisi shundaki, Portugaliya tumanli Albion bilan savdo qilib, o ‘zi 90 kishini ishlatishi orqali bir yilda ishlab chiqarishi mumkin bo‘lgan miqdordagi kanop matoni bir yilda 80 kishi ishlashi evaziga olishi mumkin. Bunday ayirboshlashdan Angliya naf ko‘radi. U kanop mato ishlab chiqarishga ixtisoslashib, bir yilda 120 nafar kishi emas, balki 100 kishini ishlatish evaziga vino sotib olish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Parlament a’zosi sifatida Rikardo hukumatni an’anaviy proteksionizm savdo-sotiq siyosatiga o'zgarish kiritishiga majbur qilish maqsadida unga ta’sir o‘tkazdi. Garchi u bu maqsadga erishguncha qadar yashamagan bo‘lsa-da, uning kuch-g‘ayrati o ‘z samarasini berdi: 1840- yilda Angliya erkin savdo siyosatini ma’qullagan birinchi sanoatlashgan mamlakat bo‘ldi. Shundan keyingi 70 yil mobaynida jo‘shqin iqtisodiy o‘sishuni jahondagi eng boy mamlakatga aylantirdi. Mashhur klassik siyosiy iqtisod namoyandasi David Rikardo iqtisodiy fanda ilmiy tadqiqotlar usulini ham ishlab chiqdi. D. Rikardo asarlarida siyosiy iqtisod jamiyatning iqtisodiy bazasi haqidagi bilimlar tizimi sifatida tashkil topdi. D. Rikardoning jamiyat moddiy boyligini o'stirish uchun ishlab chiqarish va taqsimot sohalarida optimal shart-sharoitlar vujudga keltirilishi lozim, degan fikrlari hozir ham ahamiyatini yo‘qotmagan. D. Rikardo o ‘z iqtisodiy merosida qiymatning mehnat nazariyasini eng rivojlangan va o ‘z zamonasining eng to‘gri nazariyasi sifatida shakllantirdi. D. Rikardo kapitalistik jamiyat a’zolarini bir-biriga qarama- qarshi manfaatlari asosida o'rgandi. U o‘zidan awalgi iqtisodchi olimlarga nisbatan tizimlashgan, juda ilg‘or siyosiy iqtisodni yaratishga muvaffaq 110 bo‘ldi. Uning ilmiy qarashlari ham A. Smitniki kabi muayyan sinflar manfaatiga qaratilgan bo‘lib, ishlab chiqarishni rivojlantirish, millat boyligini o'stirish nuqtayi nazaridan o‘iganildi. D. Rikardo ilmiy merosidan klassik siyosiy iqtisodning quyidagi tizimlangan holatini yaqqol sezish mumkin. 1. Ilmiy abstraksiya usulidan foydalanib, iqtisodiy hodisa va jarayonlaming chuqur asoslariga yetib borishlari bilan bu jarayonlarning tahlili juda katta holislik bilan olib boriladi. 2. Klassik siyosiy iqtisod ta’limoti asosida qiymatning mehnat nazariyasi yotadi. Siyosiy iqtisod binosining poydevori qiymatning m ehnat nazariyasiga asoslangandir. Shuni ta’kidlash lozimki, klassik iqtisod namoyandalari kapitalizmni yagona va abadiy tuzum deb o'rgatishlari oqibatida uning qonuniyatlarini to‘la yorita olmadilar. 3. Klassik maktab ishlab chiqarishni taqsimot ma’lumotlarini sinfiy nuqtayi nazardan o'rgandi. 4. Klassik maktab namoyandalari ortiqcha ishlab chiqarish va krizislami inkor etadilar. 5. Klassik siyosiy iqtisod savdo erkinligi uchun kurashadi. Demak, klassik siyosiy iqtisod iqtisodiy fikrlar tarixida juda muhim o‘ringa egadir. Unda o‘sha davming ilg‘or, ilmiy-iqtisodiy fikrlari va ayni vaqtda, tarixan cheklanganliklar o‘z ifodasini topgandir. D. Rikardo iqtisodiy qarashlarida renta va ish haqi nazariyalari ham ilgari surilgan. D. Rikardoning renta haqidagi fikrlari A. Smitning renta haqidagi fikrlaridan farqli bo'lib, o‘ziga xos holda talqin etilgan. D. Rikardo tabiat va kapitalning qiymatni ko'paytirish xususiyatini inkor etadi. M asalan, uning nazariyasida yer rentasi (yerdan foydalanganligi uchun ijara haqi) bu tabiat natijasi emas, balki ijtimoiy omillaming qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining bahosiga bo‘lgan ta’siri natijasidir. Odamlar, birinchi navbatda, eng unumdor yerlarda ishlaydilar. Ammo aholi sonining ko'payib borishi yomon yerlarda ham ishlashga majbur etadi. Chunki yaxshi yerlarda yetishtirilgan mahsulotlar o ‘sib borayotgan aholining ehtiyojlarini qondira olmaydi. Faraz qilaylik, unumdorligi yaxshi muayyan yer uchastkasida ishlashga 10 soat ketadi va bozorda mahsulot bahosi 10 pul birligiga teng. Aholining o‘sishi oziq-ovqat tovarlari bahosining oshishiga olib keladi. Bu esa ishlab chiqruvchilami yomon yerlarda ham ishlashga majbur qiladi. Bu yerlardan ko'rsatilgan miqdorlardagi hosilni olish uchun 10 soat emas, balki 15 soat ish vaqti ketadi. Shunga muvofiq mahsulotning bahosi ham 15 pul 111 birligiga oshadi. Bozor bahosi bu summadan kam bo‘lmasligi kerak, aks holda yomon yer uchastkalari ishlatilmasdan qolib ketadi. Yaxshi uchastkada ishlovchi fermerlar ishlab chiqarishga 10 pul birligiga teng mehnat sarflaydilar, o‘z mahsulotlarini esa 15 pul birligiga sotadilar. 0 ‘rtadagi 5 birlik farq yer egasiga tegadi. D. Rikardo nazariyasi bo'yicha, ana shu renta hisoblanadi. Uning tasdiqlashicha, keyinchalik aholini yanada o'sishi kishilami yanada yomonroq yerlarda ishlashga majbur etadi, bu esa qishloq xo'jaligi mahsulotlari qiymatining o‘sishiga va rentaning ko‘payishiga olib keladi. Shunday qilib, yer rentasi miqdori tuproq unum dorligiga va uchastkaning bozorga uzoq-yaqin joylashishiga bog'liq bo'ladi. Bu qoida keyinchalik differensial renta konsepsiyasi nomini oladi. A. Smit ta’limotiga ko‘ra ish haqi mehnat unumdorligi natijasi, renta esa- yer unumdorligi natijasidir. D. Rikardoda ish haqi mehnat sarflari natijasi, renta esa- kamyoblik va yer uchastkalarining har xilligi natijasi hisoblanadi. Renta qiymat yaratmaydi. Aksincha, renta miqdori bozor bahosi darajasiga bog'liq bo'ladi. «Renta to‘langani uchun non qimmat emas, balki non qimmat bo‘lgani uchun renta to'lanadi... Agar, hatto, yer egalari barcha rentalardan voz kechganfarida ham nonning bahosi hech kamaymagan bo‘lar edi», -deb yozadi D. Rikardo. Download 5.44 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling