Ldoshev, Q. Muftaydinov, V. Abdurahmonov
U. Pettining iqtisodiy ta’timoti
Download 5.44 Mb. Pdf ko'rish
|
Iqtisodiy ta\'limotlar tarixi. Yo\'ldoshev Q.Muftaydinov Q
1. U. Pettining iqtisodiy ta’timoti
Klassik iqtisodiy maktab deganda U. Pettidan boshlanadigan iqtisodiy tadqiqotlar tan olinadi. Bu ta ’lim ot ishlab chiqarishdagi bozor munosabatlarini ichki aloqadorligini o‘rganadi va tahlil etadi. U. Petti klassik maktab otasi va statistikaning kashfiyotchisi hamdir. U. Petti iqtisodiy muammolarga bag‘ishlangan «Soliqlar va yig‘imlar to‘g‘risida traktat» (1662), «Donishm andlarga so‘z» (1665), «Irlandiyaning siyosiy anatomiyasi» (1672), «Siyosiy arifmetika» (1683) va boshqa asarlami yozdi. U dastlab o‘z asarlarida merkantilistlarning ijobiy savdo balansi g‘oyasini va sanoatni rag'batlantirish maqsadida davlatning iqtisodiyotga faol aralashuvini qo‘llab-quwatladi. Ammo u asta-sekin tadqiqot obyektini o ‘zgartirdi va asosiy e’tibomi savdo muammosidan ishlab chiqarish muammosiga qaratdi. Uning qayd qilishicha, boylik ishlab chiqarishda yaratiladi, muomala sohasida esa u faqat taqsimlanadi. U boylik to‘g‘risida fikrlarini bildirib, mamlakat boyligini ko‘paytirish masalasiga ham e’tiborini qaratdi. «Mehnat- boylikning otasi, yer esa- uning onasi» degan iborani ishlatdi. Mamlakat boyligini ko‘paytirish uchun U. Petti qamoq jazosi o ‘miga pul jarimasini joriy etish zarurligini, pul to‘lashga «qurbi yetmagan o‘g‘rilami» esa «qullikka» mahrum etishni, ishlashga majbur qilishni tavsiya etadi. U. Pettining merkantilistlar g‘oyasiga bo‘lgan salbiy qarashi nafaqat boylikning mohiyatini va uni ko‘paytirish yo‘llarini tahlil qilishda, balki tovarlar qiymatining yaratilishi tabiatini va bozorda ularning qiymati darajasiga ta’sir etuvchi omillami aniqlashda ham o‘z ta’sirini ko‘rsatdi. Bu boradagi tadqiqotlari keyinchalik uni qiymatining mehnat nazariyasi birinchi muallifi deb tan olinishiga sabab bo‘ldi. Umuman olganda, qiymatning m ehnat nazariyasi klassik iqtisodiy maktabning asosiy belgilaridan biri hisoblanadi. U. Petti qarashlaridan birida aytilishicha, tovar qiymati kumush qazib oluvchi mehnati bilan yaratiladi va uning, «tabiiy bahosi» hisoblanadi; kumush qiymatiga tenglashtirilgan tovarlar qiymati esa ulaming «haqiqiy bozor bahosi» hisoblanadi. Ikkinchi bir joyda qayd qilinishicha, tovar qiymati mehnat va yer ishtirokida yaratiladi. Ya’ni, «kemaning yoki kamzul (syurtuk)ning qiymati qandaydir yer miqdori va qandaydir mehnat miqdori qiymatiga teng, chunki har ikkalasi-kema ham, kamzul ham — yer va inson mehnati bilan yaratiladi». Bundan ko‘rinib turibdiki, tovar bahosi asosida sarfli mexanizm yotadi. U. Petti yer rentasi nazariyasini ham birinchilardan bo‘lib ishlab chiqdi. Uning fikricha, renta mahsulot (natura) ko‘rinishida, ish haqi va urug'likni ajratgandan keyin qoladigan mahsulot miqdoriga teng bo'lishi kerak. Demak, bu holda yer rentasi qo'shimcha mahsulotga teng. Pul holidagi renta qo‘shimcha mahsulotning kumush miqdoriga teng qiymatidir, deb ta’kidlaydi olim. U. Pettida foyda tushunchasi alohida kategoriya shaklida ifodalangan, renta barcha qo'shimcha qiymatga teng miqdor deb baholadi. Shu sababli renta to‘g‘risidagi nazariyada amalda qo‘shimcha qiymat haqida gap boradi. Qiymatga mehnat sarflari sifatida qarab, u birin-ketin renta (qo'shimcha qiymat)ni qo'shimcha mehnat natijasi ekanligini aniqlaydi. U rentaning kelib chiqishi to‘g‘risida ham muhim va qiziqarli fikrlami beradi (umuman, renta absolyut va differensial bo‘ladi). Absolyut renta xususiy mulkchilik bo‘lganda namoyon bo‘ladi. Differensial rentaning kelib chiqishini u yer uchastkalarining turlicha joylashganligi bilan tushuntiradi (birinchi sabab, ya’ni bozorga uzoq- yaqinligi, masofa, transport sarflari). U rentaning ikkinchi sababini ham aniqlab, yeming tabiiy unumdorligining turlicha ekanligini ko‘rsatgan. Olimlaming fikricha, U. Petti differensial rentani A. Smitdan ham yaxshi bayon etgan. U. Petti 1662- yilda e’lon qilingan «Soliqlar va yig‘imlar to‘g‘risida traktat» asarida o‘zining dastlabki iqtisodiy qarashlarini bayon etgan. U birinchi bo‘lib iqtisoddagi obyektiv qonuniyatlarni tabiat qonunlari bilan solishtirdi va ularni tabiiy qonunlar deb atadi. bu iqtisodiy nazariyani rivojlanishida juda muhim qadam bo‘ldi. U. Petti iqtisodiy fan tarixida birinchi bo‘lib abstrakt mehnat tushunchasiga yo‘l ochdi. Olim 1682- yilda nashr etilgan o'zining «Pullar to‘g‘risida» asarida pul haqida muhim ilmiy- nazariy fikrlami bayon qildi. U. Petti o'zining «Soliqlar va yig‘imlar to‘g‘risida traktat» asarida soliqlar haqida muhim fikrlami bayon qildi. Jumladan, «soliqlar qanchalik ulkan 101 (ko‘p) boimasin, agar u barchaga, proporsional tarzda bo‘lsa, bundan hech kim boyligini yo‘qotmaydi». U. Pettining «Siyosiy arifmetika» asarida Angliya va Fransiyani solishtiruvchi m a’lumotlar bor. Bu asar yangi fan-statistikaga asos soldi. O'sha davrda hali bu tushunchaning o‘zi yo‘q edi. U. Petti statistika bilan shug‘ullanganligi tufayli m a’lurn ma’noda «rejalashtirish» masalalari ham ko‘taxilgan. Uning asarlarida milliy boylik va milliy daromad statistikasiga, aholi sonini va uning tuzilishini hisoblashga, mehnat resurslarining qiymatini aniqlashga katta e’tibor beriladi. Download 5.44 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling