Ldoshev, Q. Muftaydinov, V. Abdurahmonov
V. I. Leninning iqtisodiy qarashlari
Download 5.44 Mb. Pdf ko'rish
|
Iqtisodiy ta\'limotlar tarixi. Yo\'ldoshev Q.Muftaydinov Q
3. V. I. Leninning iqtisodiy qarashlari
XIX asming oxiri va XX asr boshlaridagi Rossiyadagi ijtimoiy-siyosiy o‘zgarishlarV. I. Lenin (1870-1924) nomi bilan bog'landi. U marksizmning Rossiyaga tarqalishi, Rossiyada kapitalizm rivojlanishi, sotsialistik inqilob nazariyasi va sotsializm qurilishi bilan bog‘liq nazariyalami ishlab chiqdi, marksizm iqtisodiy ta’limoti Rossiya muhiti nuqtayi nazaridan rivqjlantirildi. U o‘zining XIX asming 90- yillarida yozgan «Rossiyada kapitalizm taraqqiyoti», «Bozorlar xususidagi masalaga doir» asariarida Rossiyadagi ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlar, rus jamiyatining tabaqalashuvi, Rossiyada kapitalizm taraqqiyotining o‘ziga xos jihatlari, ishchilar sinfining shakllani- shi, Rossiyadagi agrar munosabatlaming o‘ziga xoshgi masalalarini tadqiq etdi. U takror ishlab chiqarish nazariyasini rivojlantirib, kapitalning organik tuzilishi haqida, uning o‘sib borishi sharoitida kapitalni takror ishlab chiqarish sxemasini chizib berdi. U ana shu tahlilga asoslanib, ishlab chiqarish vositalari ishlab chiqarishning iste’mol buyumlari ishlab chiqarishga nisbatan ustun o‘sish qonunini ochdi. Lenin Rossiyada agrar masala juda muhim siyosiy-iqtisodiy muammo ekanligini inobatga olib «Agrar masala» va «Marksni tanqid qiluvchilar» (1901), «Dehqonchilikda kapitalizm rivojlanishi qonunlari haqida yangi m a’lumotlar» kabi asarlarni yozdi. Ularda «yer unumdorliginini pasayib borish qonuni» haqida qarashlami tanqid qildi, yer rentasining vujudga 118 kelishining ikkita sababi borligini — yerga xususiy mulkchilik monopoliyasi va yerga xo'jalik yuritish obyekti sifatidagi monopoliyadan kelib chiqib absolyut va differensial rentalar haqidagi qarashlarga oydinlik kiritdi. U agrar masalaga doir qarashlarida mayda dehqon xo‘jaliklari barqarorligi haqidagi konsepsiyani tanqid qilib, yerni milliylashtirishning iqtisodiy- ijtimoiy afzalligini asoslab chiqdi. Lenin o‘zining «Imperializm-kapitalizmning yuqori bosqichi» asarida kapitalizm o‘z taraqqiyotida monopolistik bosqichga o'sib chiqajagini, bu bosqichda iqtisodiyot va ijtimoiy hayotning ham m a jabhalarida monopoliyalar hukmronlik qilishi natijada erkin raqobat barham topishi, bu oqibatda jamiyatning inqirozga yuz to‘tishini bildirishi, endi u o‘zidan ko'ra ilg'orroq ijtimoiy tuzumga moddiy zamin tayyorlashi sotsializmning arafasiga aylanishi haqidagi g'oyalarni ilgari surdi. Leninning bir qancha asarlarida sotsialistik jamiyatning nazariyasi va uni barpo etishning amaliy yo'llarini ishlab chiqildi. U Rossiyadagi sotsialistik inqilobning (1917) amalga oshirishning tashkilotchisi va rahbari, birinchi proletar hukumatining raisi darajasida faoliyat ko‘rsatdi. U sotsializmga o ‘tish davri ko‘p ukladli bo‘lishi, ishlab chiqarish vositalarida umumxalq va kooperativ mulkchilik xarakteri bo‘lishi, jamiyatning bir markazdan, rejalashtirish asosida boshqarilishi, ilmiy-texnika taraqqiyoti va m ehnatni tashkil etishning sotsializmga xos usullari, m ehnat unumdorligini joriy etish kabi qator masalalarda o‘z qarashlarini bayon etadi. Download 5.44 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling