Mustaqil o‘zbekiston respublikasining tashkil topishi va uning tarixiy ahamiyati reja


Download 1.7 Mb.
bet1/4
Sana28.12.2022
Hajmi1.7 Mb.
#1069897
  1   2   3   4
Bog'liq
MUSTAQIL O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING TASHKIL TOPISHI VA UNING TARIXIY AHAMIYATI

MUSTAQIL O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING TASHKIL TOPISHI VA UNING TARIXIY AHAMIYATI

Reja:

  • Mustaqillik arafasida respublikadagi ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy ahvol.
  • O‘zlikni anglashga intilishning kuchayishi. Siyosiy tizimdagi o‘zgarishlar.
  • Mustaqillikning e’lon qilinishi. O‘zbekiston Respublikasining tashkil etilishi.
  • Mustaqil O‘zbekiston davlatining yuzaga kelishi va mustahkamlanishida I.Karimovning tarixiy xizmatlari.

1. Mustaqillik arafasida respublikadagi ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy ahvol.

  • 1. Mustaqillik arafasida respublikadagi ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy ahvol.
  • 1985 yil aprel plenumida SSSR MK Bosh kotibi M.S.Gorbachyov tomonidan Ittifoqda “qayta qurish” siyosati e’lon qilindi.
  • Qayta qurishning asosiy mohiyati jamiyatning ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, madaniy sohalarida to‘planib qolgan inqirozli holatlarni bartaraf etish rejasidagi siyosat edi.
  • Aslida qayta qurishni amalga oshirish ikki bosqichga bo‘lingan edi.
  • Ulardan birinchisi 1985-1987 yillar bo‘lib, ikkinchi bosqichi – 1987 - 1990 yillarni o‘z ichiga olgan. Biroq, qayta qurish o‘zining birinchi bosqichidayoq inqirozga yuz tutdi. Buning sabablari quyidagilardan iborat:
  • 1.Qayta qurishning aniq, izchil, ilmiy jihatdan puxta ishlab chiqilgan aniq dasturi yo‘q edi.
  • 2. Mamlakatdagi partokratik rahbariyat “nomenklatura”ni saqlab qolishdan manfaatdor edi, chunki mamlakatni boshqarish ma’muriy-buyruqbozlik usuli orqali oson kechardi.

3.M.Gorbachyov g‘oyasi asosida qayta qurishni amalga oshirish mumkin emasdi. Sotsializmga xos mulkiy munosabatlar, ijtimoiy sohadagi siyosat, yakkapartiyaviy rahbarlik, mustabid boshqaruv usuli hech qachon demokratiya bilan kelisha olmas edi. Bir so‘z bilan aytganda, qayta qurish mustaqillikka intilishni yanada tezlashtiruvchi omil bo‘ldi.
80-yillar oxiri 90-yillar boshlarida O‘zbekistonda mustaqillikka intilish harakatlari kuchaya borib, uni qo‘lga kiritish shart-sharoitlari vujudga keldi.
1989 yil oktyabrda “Davlat tili to‘g‘risidagi qonun”ning qabul qilinishi mustaqillik yo‘lida muhim bosqich bo‘ldi. Qonunni amalga oshirish maqsadida O‘zbek tilini o‘qitish maxsus kurslari tashkil etildi, o‘zbek tilidagiadabiyotlar, darsliklar nashr etilishiga va o‘quv yurtlarida o‘qitilishga e’tibor kuchaydi. 1990 yil bahorda Markazning qattiq qarshiligiga qaramasdan Prezidentlik lavozimi ta’sis etildi. Bu o‘zbek davlatchiligi va mustaqilligining prinsipial yangi bosqichi bo‘ldi. O‘zbekiston rahbariyati ba’zi yuqori rahbarlik lavozimlarga tavsiya qilingan shaxslarni Moskvada suhbatdan o‘tkazish amaliyotini tugatdi.

Download 1.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling