Mustaqil o‘zbekiston respublikasining tashkil topishi va uning tarixiy ahamiyati reja


Download 1.7 Mb.
bet2/4
Sana28.12.2022
Hajmi1.7 Mb.
#1069897
1   2   3   4
Bog'liq
MUSTAQIL O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING TASHKIL TOPISHI VA UNING TARIXIY AHAMIYATI

I.A.Karimov 1990 yil 14 martda O‘zbekiston Oliy Kengashida O‘zbekistonning birinchi Prezidenti qilib saylandi. 1990 yil 20 iyunda Mustaqillik to‘g‘risidagi deklaratsiyaning qabul qilinishi xalqning davlat mustaqilligiga intilishini huquqiy, iqtisodiy va siyosiy mazmun bilan to‘ldirdi va g‘oyat katta tarixiy ahamiyatga ega bo‘ldi.

  • I.A.Karimov 1990 yil 14 martda O‘zbekiston Oliy Kengashida O‘zbekistonning birinchi Prezidenti qilib saylandi. 1990 yil 20 iyunda Mustaqillik to‘g‘risidagi deklaratsiyaning qabul qilinishi xalqning davlat mustaqilligiga intilishini huquqiy, iqtisodiy va siyosiy mazmun bilan to‘ldirdi va g‘oyat katta tarixiy ahamiyatga ega bo‘ldi.
  • Mustaqillik deklaratsiyasining qabul qilinishi mamlakatimizning tom ma’nodagi, haqiqiy mustaqillikka erishish yo‘lida muhim ahamiyatga ega bo‘ldi. Shundan e’tiboran mamlakatimizning siyosiy, iqtisodiy va ma’naviy hayotiga doir masalalar mustaqil tarzda hal etila boshlandi.
  • O‘zbekistonning mustaqillik sari intilayotgani uning yangi Ittifoq shartnomasini ishlab chiqish jarayoniga respublika manfaati nuqtai nazaridan kelib chiqqan holda, qat’iylik bilan yondashayotganida yaqqol namoyon bo‘ldi.

Sobiq Ittifoqqa kiruvchi respublikalar rasman teng va suveren deb yuritilsada, amalda qaram edilar. Ular o‘z erlari, suvlari, o‘rmonlari va erosti boyliklariga, ko‘pdan ko‘p korxonalariga o‘zlari egalik qilolmas edi.

  • Sobiq Ittifoqqa kiruvchi respublikalar rasman teng va suveren deb yuritilsada, amalda qaram edilar. Ular o‘z erlari, suvlari, o‘rmonlari va erosti boyliklariga, ko‘pdan ko‘p korxonalariga o‘zlari egalik qilolmas edi.
  • 80-yillarning oxiri, 90-yillarning boshida ko‘pchilik respublikalar mavjud vaziyatni o‘zgartirish talabini ilgari sura boshladilar.
  • O‘zbekiston Respublikasining rahbari I.A.Karimov 1989yil 20sentabrda Moskvada bo‘lib o‘tgan KPSS MQ sining plenumida so‘zlagan nutqida respublikalar bilan Ittifoq o‘rtasidagi vakolatlarni aniq-ravshan ajratib qo‘yishni ko‘zda tutadigan yangi shartnoma ishlab chiqish zarurligi to‘g‘risida o‘z fikrini bildirib: „Biz Ittifoq va respublikalarning vazifalarini, burchlarini va o‘zaro majburiyatlarini aniq-ravshan belgilab qo‘yish, respublikalar mustaqilligini har jihatdan mustahkamlash tarafdorimiz“, - degan edi.
  • Biroq, markaziy hokimiyat respublikalarga erkinlik berish haqidagi talab-takliflarni e’tiborga olishni istamas,to‘g‘rirog‘i ularga erkinlik berishni xohlamas edi. Markazning qaysarligi hamda respublikalar jamoatchiligi ta’siri ostida markazdan ajralish harakati kuchayib bordi.

Download 1.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling