Ldoshev, Q. Muftaydinov, V. Abdurahmonov


Marksizm iqtisodiy ta’limotining tarixiy taqdiri


Download 5.44 Mb.
Pdf ko'rish
bet66/143
Sana15.10.2023
Hajmi5.44 Mb.
#1703859
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   143
Bog'liq
Iqtisodiy ta\'limotlar tarixi. Yo\'ldoshev Q.Muftaydinov Q

4. Marksizm iqtisodiy ta’limotining tarixiy taqdiri.
0 ‘tgan asming 90-yillari boshlarida marksizm ta’limoti, uning asosiga 
qurilgan sotsialistik xo‘jalik tizimi inqirozga yuz tutdi, SSSR va boshqa bir 
qancha mamlakatlardagi sotsializm tuzumi parchalanib ketdi. Bu 
mamlakatlar bozor munosabatlariga asoslangan yangi iqtisodiy tuzumga 
o ‘ta boshladilar. Bu hoi marksizm iqtisodiy ta’limotining tarixiy taqdiri 
haqida mulohaza qilishga undaydi. Bunday tarixiy voqealikning sodir bo‘lishi 
obyektiv haqiqatmidi yoki qandaydir tasodifiy bo'ldimi degan savollar 
o‘rtaga tashlandi.
Aslida, marksizm ta’limotining va sotsialistik xo‘jalik tizimining inqirozi 
tarixiy zarurat va obyektiv haqiqat edi, deyish uchun bugun ilmiy asoslarga 
egamiz. Zero, ta’limotning o ‘z zaminida tarixiy taraqqiyotga zid keluvchi 
jihatlar mavjud edi. Bular jamiyatning hukmron sinf-umumxalq mulkiga
119


asoslangan iqtisodiy tizimning yaratilishi, iqjtisodiyotni va butun ijtimoiy 
siyosiy hayotni yagona kommunistik m afkura bilan boshqarilishi, xususiy 
mulkning har qanday ko'rinishini inkor etilishi, raqobatchilik muhitining 
yo‘qotilishi, uning o'miga sotsialistik musobaqa degan munosabatning 
joriy qilinishi, tovar ishlab chiqarish va t ovar-pul munosabatlarining 
sotsializm uchun mutlaqo yot deb e’lon qilinishi, tadbirkorlik va ishbilar- 
monlikka yo‘l berilmaganligi, ma’muriy-buyruiqbozlik va markazlashtirilgan 
rejalashtirish tizimining qat’iy belgilab qo'yilishi, o‘z imkoniyatiga qaramay 
boshqa davlatlar ham sotsialistik yo‘lga kiri shlari uchun ularga iqtisodiy 
yordam berilishi va qo‘llab-quwatlanishi, asossiz ravishda qurollanish 
poygasida ishtirok etilishi. «AQSH ga yetib olish va undan o ‘zib ketish 
uchun» kurashga kirishi va boshqalardir. Boshcqacha aytganda, umuminsoniy 
taraqqiyotga zid keluvchi omillarni asos qilib olinishi jamiyat va davlatning 
inqiroziga olib keldi.__
To‘g‘ri, sotsialistik taraqqiyotning dastlabki davrlarida mamlakatda biroz 
iqtisodiy rivojlanish bo'ldi ham. Bu o ‘sishga, asosan, iqtisodiy dastaklar 
vositasi bilan emas, balki ekstensiv (resurslarni tejamsiz iste’mol qilish) 
usulidan foydalanish bilan erishildi. Katta fesurslami jalb qilish evaziga 
og‘ir sanoatning ustuvor rivojlanishiga urg'd berildi, xalq iste’moli tovar- 
lari va aholiga maishiy xizmat ko‘rsatish sohalariga kam e’tibor berildi. Bu 
esa aholi moddiy farovonligining o ‘sib bofishiga to ‘sqinlik qildi, sovet 
xalqining turmush darajasi G ‘arbdagi davlatlardagi turmush darajasidan 
keskin orqada qolaverdi. Bu, o ‘z navbatida, xalqning tuzumga, davlatning 
iqtisodiy siyosatiga noroziligini uyg'otayotgan edi. Bulaming hammasi 
sotsialistik tuzumning, sotsialistik sistemaning barbod bo‘lishiga olib keldi. 
Bugungi kunda sobiq Ittifoq o‘ramidagi mustaqil davlatlar bozor 
iqtisodiyotiga asoslangan demokratik jamiyat qurish tomon rivojlanib 
bormoqdalar. Bozor munosabatlari yo‘li bilan rivojlanish esa umuminsoniy 
qadriyatlarga va taraqqiyot tendensiyasiga muvofiq keladi.
NAZORAT SAVOLLARI
1. Marksizm iqtisodiy ta’limoti qanday tarixiy shart-sharoitlarda vujudga 
kelgan edi?
2. Marksizm iqtisodiy ta’limotining asosiy jihatlari nimalar edi?
3. «Kapital» asari va unda ilgari surilgan nazariy masalalar nima?
4. Lenin iqtisodiy qarashlarining asosiy jihatlarini tushuntiring.
120



Download 5.44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   143




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling