Ldoshev, Q. Muftaydinov, V. Abdurahmonov
Download 5.44 Mb. Pdf ko'rish
|
Iqtisodiy ta\'limotlar tarixi. Yo\'ldoshev Q.Muftaydinov Q
2. Multiplikator nazariyasi.
Keyns ta ’limotida bu nazariya ham muhim o‘rin tutadi. Keyns iqtisodiyotda multi plikatsion jarayon boradi, bu jarayon investitsiyalar bilan bog'liqdir, deb ta’lim beradi. Investitsiya ish kuchi va boshqa resurslami harakatga keltiradi, ishlab chiqarishni kengaytiradi, bu esa yangi daromadlar yaratilishi demakdir. Daromadlarning bir qismi jamg‘arilib, investitsiyalashib yana ishlab chiqarish kengayadi, binobarin yana yangi daromadlar vujudga keladi va h. k. investitsiyalashuv oqibatida ishlab chiqarishning uzluksizligi yuz beradi. Multiplikator ko‘rsatkich sifatida uning koeffitsienti asos qilib olinadi. Bu koeffitsient daromadlarning o'sishi (AD) bilan investitsiya o ‘sishi (Д1) o‘rtasidagi bog‘liqlikni ifodalaydi. Shungako‘ra multi plikatsion „ A D koeffitsient (K) aniqlanadi. Bunda K = ~^J dir. Bu koeffitsient joylashtirilgan investitsiyalar daromadlami qanchalik oshirishga olib kelganligini aniqlashga xizmat qiladi. Keyns buni shunday ta’riflaydi: Kq2. 5 bo‘lganda 1 dollar investitsiya summasi 2. 5 dollar daromad keltirgan. Ayni paytda «К» iqtisodiyotda pasayishni ham ifoda etadi. Bu investitsiyalar qisqarishi bilan daromadlarning ham qisqarishini tavsiflaydi. M anashu multi plikatsion jarayongaham davlat aralashishi kerak bo‘ladi, ya’ni u korxonalarga budjet hisobidan investitsiya yo'llab, iqtisodiy o‘sishni rag‘batlantiradi. Investitsion faollik eng ko‘p daromad ta’minlanib turilganda davom etadi, daromadlar kamayib borar ekan investitsion faollik ham pasayadi. Keyns o‘z kitobida foizga oid qoidalami ham sharhlaydi. Uning ta’limoti bo‘yicha, foiz miqdori investitsion jarayonning chegarasi sifatida qabul qilinadi. Buning m a’nosi shuki, investitsiya keltiradigan daromad bank beradigan foiz miqdoridan kam bo‘lmasligi kerak, aks holda pulni bankka qo‘yib ko‘proq daromad olish maqbulroq ko‘rinadi. Keyns foizning ortishini ko‘ngilsiz hoi deb tushunadi, zero bu investitsion faollikni susaytiradi. Shuni qayd etish kerakki, Keynsning umumiy bandlik g'oyasi hayotdan ajralgan abstraktsiya emas, balki real iqtisodiyot uchun qo‘llanma ham bo‘ldi. Bu ta’limot davlatning iqtisodiy faoliyatni kuchaytirishga oid amaliy takliflaridan iborat bo‘ladi. Ma’lumki, ko‘pgina G ‘arb davlatlari o ‘z iqtisodiy siyosatiga Keyns takliflarini asos qilib olib, iqtisodiy o ‘sish va barqarorlikni ta’minlab turadilar. 135 |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling