Ldoshev, Q. Muftaydinov, V. Abdurahmonov


Download 5.44 Mb.
Pdf ko'rish
bet73/143
Sana15.10.2023
Hajmi5.44 Mb.
#1703859
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   143
Bog'liq
Iqtisodiy ta\'limotlar tarixi. Yo\'ldoshev Q.Muftaydinov Q

Klark ta’limoti- 
U siyosiy iqtisodda iqtisodiy hayotning statikasi va 
dinamikasi haqidagi g‘oyalar bilan chiqdi. U iqtisodiyot statik bo‘lganda 
tadbirkor daromadi nolga teng bo‘ladi, dinamik bo‘lganda tadbirkor 
qo'shimcha daromad- sohibkorlik daromadi oladi, deb tushuntiradi. U 
mehnat va kapital kabi omillar unumdorligining pasayib borish qonunini 
izohlashga urindi, cheklangan unumdorlik, cheklangan mahsulot kabi 
iqtisodiy atamalami talqin etdi.


XI bob KEYNS TA’LIMOTI. YANGI KEYNSCHILIK
1. J. M. Keynsning iqtisodiy ta’limoti. Umumiy bandlik va 
samaradorlik haqidagi qarashlari
XX 
asr insoniyat sivilizatsiyasi tarixida juda ko‘p tarixiy ahamiyatga 
ega bo'lgan voqealar, katta ilmiy-texnik ixtirolar, yangi iqtisodiy ta’limotlar 
va siyosiy o‘zgarishlar davri bo‘ldi. Ana shu tarixan qisqa davrda yangi bir 
ijtimoiy-iqtisodiy tuzum (sotsializm) vujudga kelib, jahon sistemasiga 
aylanib, inqirozga yuz tutgan, tamomila yangi iqtisodiy munosabatlarga 
keskin o‘sib o‘tish jarayoni kechdi, xususan, iqtisodiy nazariyalar tarixida 
ham buyuk yangihklar yaratildi. Ingliz iqtisodchisi J. M. Keyns ishlab 
chiqqan nazariya ana shu yangiliklardan eng muhimi, mukammali bo'ldi 
deyish mumkin. Bu nazariya tufayli uning muallifi buyuk iqtisodchilar 
safidan faxrli o ‘rin oldi. Uning iqtisodiy ta’limoti bir qancha asarlarda 
ishlab chiqilgan bo‘Isa ham uni siyosiy iqtisod olamida mashhur qilgan 
kitobi «Ish bilan bandlik, foiz va pulning umumiy nazariyasi» (1936- 
yil) bo‘ldi.
Keynsdagi ilmiy iqtisodiy yangilik - o‘zidan oldingi iqtisodchilar iqtiso- 
diyotni tahlil qilishning mikroiqtisodiy usuhni taklif etgan bo‘lsalar, u 
iqtisodiy tahlilining makroiqtisodiy usulini ishlab chiqdi, uni milliy 
iqtisodiyot darajasida amalda qo‘lladi, iqtisodiyot nazariyasini, uning tahlil 
usulini yangiladi. To‘g‘ri, bu makroiqtisodiy tahlil qilishning ma’lum 
namunasini F. Kene XVIII asrda qishloq xo'jaligi va sanoat misolida, K. 
Marks XIX asrda kapitalistik tuzum iqtisodiyoti misolida ko‘rsatgan edilar. 
Ulardan keyin iqtisodchilar faqat mikroiqtisodiy tahlilga o‘tib olgan edilar, 
ya’ni ular ayrim olingan iqtisodiyot subyekti, korxonalar darajasidagi 
xo'jalik faoliyatini o‘rganishib, butun iqtisodiyot uchun takliflar, xulosalar 
qildilar. Ulaming nazarida bunday usul bilan iqtisodiyotni inqirozsiz rivoj­
lantirish mumkin edi. Ular korxonada ishlab chiqarish va muomala hara­
jatlarini kamaytirish, foyda olishni maksimallashtirish, korxonalarga 
investitsiyalar jalb etib, shu yo‘l bilan kapital samaradorligini oshirish 
masalalari bilan shug‘ullandilar. Biroq bunday yondashuv iqtisodiyot naza- 
riyasida, iqtisodiyotda m a’lum siljishlar, o‘zgarishlarga olib kelgan bo‘lsa 
ham, ulaming takliflari korxonalarni iqtisodiy inqirozdan asrab qolol- 
mayotgan edi. 1929-1933- yillardagi jahon iqtisodiy inqirozi butun 
kapitalistik dunyoni, xususan AQSH iqtisodiyotini larzaga soldiki, bu 
siyosiy iqtisod fanida qandaydir yangi tahlil usuhni kashf etishni taqozo
132


etar edi. Bunday ulug‘ sharafga aynan J. Keyns, keynschilik, uning ilmiy 
izdoshlari muyassar bo‘lishdi.
Keyns taklif etgan «makroiqtisodiy tahlil» usulining mohiyati nimada 
edi? U makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar- aholi daromadlari, ulaming band- 
ligi, ish haqi, investitsiyalar, jamg‘arish, muomaladagi pul miqdori
narx-navo, foyda, foiz kabilar o ‘rtasidagi bog'liqliklami ochib berdi. 
Zero, bu iqtisodiy ko‘rsatkichlardagi o‘zgarishlar o ‘z-o‘zidan alohida 
iqtisodiyot subyektlarining ham butun milliy iqtisodiyotning ham barqaror 
rivojlanishi va iqtisodiy o ‘sishiga olib kelardi. M asalan, aholi 
daromadlarining ortib borishi ularning jamg‘arishga, investitsiyalashga 
intilishiga sabab bo‘ladi, buning natijasi o ‘laroq, aholi uchun yangi ish 
joylari yaratiladi v a. h. k.
Keyns talab va taklif masalasida ham yangicha yondashuv qildi, ya’ni 
oldingi iqtisodchilar (masalan J. B. Sey) ilgari surgan g'oyaga ko‘ra, 
taklif o‘z-o‘zidan tovarga taklifni keltirib chiqaradi. Keyns ta’limotiga ko‘ra 
esa iqtisodiyotdagi keskin muammolar ochilishi resurslar taklifi bilan 
emas, balki ularga talabdan axtarish lozim. Demak, talabni shakllan- 
tiradigan omillami ishga solish zamr. Uning iqtisodiy g‘oyasi psixologik 
omil bilan bog‘lanadi, u iqtisodiyotda «asosiy psixologik qonun» amal 
qiladi, deb qaraydi.
Keyns ochgan ushbu qonunga ko‘ra, aholi daromadlari o'sishi bilan 
odamlarda ko‘proq iste’molga emas, aksincha, jamg'arishga moyillik 
tug‘iladi. Boshqacha aytganda, odamlarning daromadlari ortgani sari, 
ulaming daromadlarining bir qismi iste’mol qilinmay qoladi Va bu qolgan 
daromad jamg‘arilib boriladi, ya’ni iqtisodiyotni rivojlantirishga asqotishi 
real mumkin bo‘lgan investitsiyaga aylana boradi. Mana shu jamg‘arish 
moyilligi talab va taklif nisbatini 
0‘zgartiradi, oqibati o'laroq makro- 
iqtisodiyotda jami talab va jami taklifning o'zaro mos kelmasligi sodir 
bo'ladi, ya’ni ular o'rtasida uzilish yuzaga keladi. Bu uzilishni Keyns 
inflvatsiva va ishsizlik uzilishi deb ataydi.
Iqtisodiyotdagi taklif va talabning mos kelmasligi iqtisodiyotning mo‘tadil 
rivojlanishiga halaqit beradi, bozor mexanizmi esa bunday nomutanosiblikni 
tartibga sololmaydi. Demak, bunday inqiroziy holatdan iqtisodiyotni qut- 
qarish uchun tashqi omil ta’siriga muhtojlik seziladi. Bu tashqi omil 
iqtisodiyotga aralashuvi mumkin bo‘lgan davlat va uning iqtisodiy siyosatidir. 
Keyns iqtisodchilardan birinchi bo‘lib davlatning iqtisodiyotga aralashuvi 
lozimligi va uning tartibga solishga qodir kuch ekanligini payqadi. Keyns 
taklifi bo'yicha, davlat qo‘lida kuchli iqtisodiy va siyosiy qudrat bor, u bu
133


qudrat orqali iqtisodiy o‘zgarishlarni, islohotlami rag'batlantiradi. U davlat 
vositasida ro‘y beradigan iqtisodiy o'zgarishni obrazli qilib « t a l a b s a m 
a- r a s i» degan kategoriya bilan tavsiflaydi.
Ma’lumki, azal-azaldan aholini ish bilan band qiUshga iqtisodiy va 
siyosiy barqarorlik omili deb qarab kelingan edi. Bu g‘oya Sharqning 
buyuk daholari Amir Temur («Temur tuzuklari» asari), Nizom-ul- 
mulk («Siyosatnoma» asari) va boshqalar tomonidan qayd etilgan. Keyns 
ham yangi tarixiy davrda iqtisodiy o‘sish va barqarorlikka erishish omili 
deb aholini band qilish va ishsizlikka barham berish deb bildi. Uning 
fikricha, aholining ish bilan bandligi taklif samarasi bilan, taklifning 
o ‘zi esa aholining jamg‘arishga moyilligi va investitsiya sarflari bilan 
ta’minlanadi.
Keyns ixtiro qilgan «asosiy psixologik qonun» ta’sirida aholi daromadlarida 
iste’mol hissasi kamayib, jamg‘arish hissasi ortib boradi. U bunday 
bog‘liqlikni iste’mol o'sishining (Д1) daromad o‘sishiga (AD) nisbati 
bilan tavsiflaydi. Bu nisbat doimo 1 (bir) dan kichik bo'ladi, ya’ni:
- * < 1
AD
Masalan, Alq5, ADq7 bo‘lsa, bunda 5:7q0, 7 ya’ni 0. 7<1 dir.
Keynsning umumiy bandlik nazariyasiga ko'ra, investitsiyalar 
investitsiyagabo‘lgan intilishga bog‘liqdir. Jamiyatda aholi daromadlarining 
o‘stirilib borilishi, investitsiyalar hajmining o‘sishini keltirib chiqaradi. 
Shundan kelib chiqib, Keyns bandlikning umumiy hajmi uch omilga- 
«iste’molga moyillik», «eng yuqori samaradorlik» va «foiz normasi»ga bog'liq 
ekanini asoslagan.
Ayni chog‘da, Keyns iste’mol masalasini ham e’tibordan chetda 
qoldirmadi. U iste’molni ikki omil bilan bog'laydi. Birinchidan, milliy 
daromad miqdoriga bog‘liq, ikkinchidan, iste’molning qisqarishiga xalq 
moyilligi ta’sir qiladi. Shunday bog‘liqlikdan kelib chiqib, u xulosa qiladiki, 
iqtisodiy o‘sish ya’ni milliy daromadning bir maromda ko'payib borishi 
uchun aholi bandligini oshirib borish kerak, buning uchun esa yangi ish 
joylari ochishga investitsiyani yo‘naltirish darkor. AhoH esa investitsiya 
uchun o ‘z daromadidan jamg'arib bomvchi kuchdir. Biroq Keyns milliy 
daromadning investitsiyalashgan qismining o'zgarishiga davlat bevosita 
ta’sir ko'rsatmaydi, degan xulosaga suyanadi.
134



Download 5.44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   143




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling