Ldoshev, Q. Muftaydinov, V. Abdurahmonov


Kembrij iqtisodiy maktabi. A. Marshall ta’limoti


Download 5.44 Mb.
Pdf ko'rish
bet70/143
Sana15.10.2023
Hajmi5.44 Mb.
#1703859
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   143
Bog'liq
Iqtisodiy ta\'limotlar tarixi. Yo\'ldoshev Q.Muftaydinov Q

2. Kembrij iqtisodiy maktabi. A. Marshall ta’limoti
XIX 
asming oxiri XX asr boshlaridagi siyosiy iqtisodda yana bir yangi 
ilmiy yo‘nalish- neoklassik sivosiv iatisod vujudga keldi. Bu yo‘nalishning 
asoschisi Kembrij universiteti professori A. Marshall (1842-1924) va uning 
izdoshlari bo‘ldilar. A Marshall A Smit va D. Rikardolaming klassik siyosiy 
iqtisod fanidagi yo‘nalishlarini o ‘zining «Siyosiy iqtisod tamoyillari» 
kitobida tartibga soldi, umumlashtirdi va shu asnoda o‘zi yangi iqtisodiy 
maktabga asos soldi.
Kembrij maktabi, garchi umumiy tarzda Avstriya maktabiniing 
metodologiyasiga asoslangan bo‘lsa ham, («eng yuqori naflilik», «yuqori 
foydalilik», «cheklaganlik») bahoni tahlil etishda cheklangan naflilikning 
subyektiv baholash uslubi ustuvorligini rad etdi; shuningdek, «bahoning 
pirovard asosi ishlab chiqarish hujjatlaridir» degan klassik iqtisod g‘oya- 
sidan voz kechdi. A. Marshall o‘z ta’limotida cheklangan naflilik va ishlab 
chiqarish harajatlari nazariyasini yaxlit bir ta’limotga aylantirishga harakat 
qilib, shunday xulosaga keladi: bahoni belgilashda na talab, na taklif 
belgilovchi ustuvor rol o ‘ynaydi, balki ular bozor baholari shakllanishida 
barobar ahamiyatga ega bo‘ladi. U baho shakllanishining har uchala unsuri- 
talab, taklif va bahoning bir-biriga ta’sirini o‘zaro bog‘liqlikda olib, tahlil 
qildi.
A. Marshall tushuntirdiki, bozor mexanizmi kuchli raqobat ta’sirida 
amal qiladi, bu esa talab va taklifning bahoga bog'liqligini kuchaytiradi. 
Ushbu qonuniyatni u shunday sharxlaydi: bozorda tovarlar bahosi ortsa, 
talab kamayadi, taklif esa ko‘payadi. Yoki pasaysa, talab ortadi, taklif esa 
qisqarib boradi. Demak, bozorda bahoning o‘zgarib borish jarayonida 
qandaydir muvozanatlik, ya’ni muvozanat narx qaror topadi: m a’lum 
tovarga yoki tovarlar guruhiga bo‘lgan talab uning taklifi bilan barobar- 
lashadi. Bu yerda vaqt omili (uzoq yoki qisqa davr) maydonga chiqadi.
Baho shakllanishida vaqt omilini tahlil etib, xulosa qilinadiki, vaqt 
davomida talab va taklifdagi o‘zgarishlammg bahoga ta’siri ham o ‘zgaradi, 
ya’ni goh talab, goh taklif muvozanatni buzib, bozorda boshqaruvchi 
vazifasini o ‘taydi, qisqa muddatda talab ustuvorlik qilsa, uzoqroq davrda
126


taklif yetakchilik qiladi. Bundan ko‘rinadiki, ma’lum muddat ichida taklif 
miqdori doimiylik kasb etadi, shunda talab baho tarkib topishining hal 
qiluvchi omiliga aylanadi. Bunday holatda baho ortadi. Natijada yuqori 
bozor bahosi bilan ishlab chiqarish harajatlari o ‘rtasida farq paydo bo'lib, 
m a’lum foyda olinadi. A. Marshall tadbirkorda vaqtincha vujudga kelgan 
qo‘shimcha daromadni kvazirenta deb atadi. Biroq boshqa davr kelib taklif 
ortar ekan, baho pasayadi, kvazirenta yo‘q bo'ladi. 
.
Kembrij maktabining taklif ta’limotida yetakchi o‘rinda cheklangan 
harajatlar g‘oyasi yotadi. A. Marshall cheklangan harajatlar deganda ma’lum 
bir cheklangan, so‘nggi, oxirgi tovarning ishlab chiqarish harajatlarini 
tushunadi. Bunda u cheklangan harajatlarini bozorga tovar chiqargan 
tadbirkoming cheklangan harajatlari bilan aralashtirib yuboradi. Demak, 
unda cheklangan harajatlar cheklangan taklif bilan bir qatorda turadi.
A. Marshall o ‘zining cheklangan harajatlar ta’limotida klassik siyosiy 
iqtisod yetakchisi A. Smitning daromadlardagi uch omil nazariyasiga 
suyanadi. U tadbirkoming cheklangan daromadida uch omil borligini- 
ish haqi, foiz va tadbirkorlik daromadini ko'rsatadi. Shunday mantiqdan 
kelib chiqib, u ishchini «ratsional subyekt» deb baholaydi, ishchi esa 
o'zining ishlab chiqarishdagi ishtirokini «plyus» yoki «minus» bilan 
baholaydi. Agar minus sifatida mehnat harajatlari hisoblasa, plyus tariqasida 
ishchining salbiy ehtirosini qoplovchi ish haqi turadi.
A. Marshall xuddi shunday tarzda pul kapitali egasining iqtisodiy holatini 
tavsiflaydi. Masalan, kapital egasi o‘z pulini turli ne’matlaming cheklangan 
nafliligini nazarda tutib shaxsiy iste’moliga sarflashi yoki o ‘z shaxsiy 
halovatini qondirishni keyinroq muddatga kechiktirib, foiz olish maqsadida 
kapitalni ishlab chiqarishga sarflashi mumkin.
Shunday vaziyatni tahlil qilib, sohibkoming keyingi qarorini subyektiv 
xohishiga bog'liq ish deb, ikkinchi holni foydaliroq ish deb bilib, harakat 
qiladi deb tushuntiradi. Bunda tadbirkor daromadi ikki qismga ajratiladi: 
bir qismi sohibkorning firmani boshqargani uchun qilingan mehnatini 
qoplaydi, ikkinchi qismi noaniq: raqobat mavjud bo'lgan bozorga tovar 
ishlab chiqargani uchun tavakkalchiligini qoplaydi.
Kembrij maktabi ta’limoti XX asrning ma’lum davrigacha siyosiy 
iqtisodda ustuvor mavqeni egallab keldi. Alohida olingan iqtisodiy subyekt- 
ning mikroiqtisodiy tahliliga asoslangan xulosalar bozor iqtisodiyotining 
ziddiyatlarini bartaraf qilolmasligini iqtisod ilmining keyingi davri ko‘rsatib 
berdiki, endilikda makroiqtisodiy tahlil yordamida iqtisodiy taraqqiyotga 
erishish mumkinligini isbotlashga urinishlar bo‘ldi.
127


Avstriya iqtisodiy maktabi asos solgan maijinalizm ta’limoti Amerika 
iqtisodiy maktabi tom onidan davom ettirildi, m a’lum m a’noda 
rivojlantirildi. Bu ilmiy maktabning asoschisi amerikalik professor J. B. 
Klark boidi. U o‘zining «Boylikning taqsimlanishi», «Iqtisodiy nazariya- 
ning muhim belgilari» nomli mashhur asarlarida maijinalizm ta’limoticha 
o ‘ziga xos yondashdi. Biroq uning qarashlarida «cheklanganlik» g‘oyasi 
makroiqtisodiy tahlil bilan boyitildi. U cheklangan kapital unumdorligi 
va cheklangan mehnat unumdorligi ta’limotiga suyanib, ishlab chiqarish 
va taqsimot tahlilini amalga oshirdi. Shundan kelib chiqib, siyosiy iqtisod 
predmetini «qisqartirib», uni faqat taqsimot munosabatini o'rganadigan 
fanga tenglashtirdi.
Klarkning taqsimot nazariyasi jamiyatdagi taqsimotni adolatga asoslan­
gan, ziddiyatlardan holi bo‘lgan munosabat bo‘lishiga qaratilgan muloha- 
zalar bildirdi. Buning uchun u ishlab chiqarishning har bir omiliga yaratil- 
gan daromadga qo'shilgan hissasiga qarab taqsimlanishi kerak, degan fikmi 
ilgari surdi.
Klark siyosiy iqtisod fanida xo'jalik hayotining statikasi va dinamikasi 
haqidagi g‘oya bilan chiqqanligi ham yangilik bo‘ldi. U statika deganda 
bozor iqtisodiyotining muvozanatini o‘matishga xizmat qiluvchi sharoit- 
larni inobatga olishni tushundi. Bunga asos bo‘lib quyidagi omillar xizmat 
qiladi: texnika taraqqiyotining yo‘qligi va ishlab chiqarish sohalari o‘rtasida 
mehnat va kapitalning erkin harakat qilishi, bu sohalarda foydalanilayotgan 
mehnat va kapital miqdorining doimiyligi, iste’mol mollariga talabning 
o'zgarmasligi va erkin raqobatning hukmronlik qilishi. Taxmin qilinadiki, 
iqtisodiyotda bir emas, bir necha doimiy muvozanat bo‘lib, ular uchun 
o ‘zgarmas m ehnat va kapital harakati xarakterli bo‘ladi. Yuqorida 
ko‘rsatilganlardan birortasining yetishmasligi yoki-yo‘q b o ‘lishi iqtisodiyot­
da muvozanatning buzilishiga sabab bo'ladi, iqtisodiyot harakatga kelib 
yangi statik holatga qaytadi. Dinamika ana shu statik holatning sabablarini 
ko‘rsatadi.
-Iqtisodiyotda uchta figura qatnashadi, - deb ta’lim beradi Klark, - 
Bular- pul egasi (kapital), ishchi va tadbirkor. Bu yerda pul egasi foiz 
olish maqsadida o‘z kapitalini ishlab chiqarish vositalariga aylantiradi, 
ishchi ish haqi olish ilinjida o‘z kuchini sarflaydi, tadbirkor esa bozor 
muvozanati sharoitida ishlab chiqarish tashkilotchisi sifatida harakat qiladi 
va xuddi ishchi kabi ish haqigagina ega bo'ladi. Ishlab chiqarish statik holat

Download 5.44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   143




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling