Ldoshev, Q. Muftaydinov, V. Abdurahmonov


Download 5.44 Mb.
Pdf ko'rish
bet78/143
Sana15.10.2023
Hajmi5.44 Mb.
#1703859
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   143
Bog'liq
Iqtisodiy ta\'limotlar tarixi. Yo\'ldoshev Q.Muftaydinov Q

Investitsiyalar 
— iqtisodiyotni rivojlantirish maqsadida mamlakat yoki 
chet ellarda turli tarmoqlarga uzoq muddatli kapital kiritish (qo'yish), 
kapital sarflar tushunchasiga to‘g‘ri keladi.
Makroiqtisodiy tahlil usuli- 
siyosiy iqtisodda iqtisodiy jarayonlam tahlil 
qilishning yangicha usuli. Ungacha mikroiqtisodiy tahlil usuli hukmronlik 
qilardi. Yangicha tahlil usulining mohiyati shuki, u asosiy makroiqtisodiy 
ko‘rsatkichlar o'rtasidagi farqni tahlil qilib, ular o'rtasidagi o ‘zaro ta’sir 
va bog'liqliklami ochib berdi.
Asosiy psixologik qonun. 
Keyns olgan yangi qonunlardan biri. Unga 
ko‘ra, odamlarning daromadlari ortib borgani sari, ularning jamg‘arishga 
moyilligi ham ortib boradi. Bu jamg‘armalar to‘planib investitsiyalashadi, 
ya’ni yangi ish joylari ochiladi, bandlik ortadi, iqtisodiyotning uzluksiz 
taraqqiy etib borishi mumkin bo'ladi. Unga ko‘ra aholi daromadlarida 
jamg‘arish ulushi ortib, iste’mol ulushi pasayib boradi.
Yangi keynschilik. 
Keyns metodologiyasiga asoslangan ta’limotini 
rivojlantirish va tanqidiy baholash vositasida ilgari surilgan yangi iqtisodiy 
ta’limot.Yangi keynschilar multiplikator o‘migaakselerator g‘oyasini 
ilgari surdilar. Akseleratorga ko‘ra investitsiyalami qanday joylashtirish va 
iste’mol qilish «industrlashgan investitsiya» faoliyatini vujudga keltiradi.


XII 
bob. MONETARIZM NAZARIYASI. SOTSIAL- 
INSTITUTSIONALIZM VA LIBERALIZM TA’LIMOTLARI
1. Monetarizm nazariyasi.
Monetarizm nazariyasi Keyns ta’limotiga muqobil bo‘lib, hozirgi zamon 
bozor iqtisodiyoti nazariyasi sifatida o‘tgan asming 50-60- yillarida yaratildi, 
keyinchahk uning ko‘p jihatlari boyitildi. U iqtisodiy ta’limotlar tarixida 
alohida o‘rin tutadi. Unga AQSH iqtisochisi Milton Fridman tomonidan 
«Pulning miqdoriy nazariyasiga oid tadqiqotlar» nomli asarda asos solindi. 
Uning bosh g‘oyasi, pul bozor iqtisodiyotida asosiy figura, uning 
harakatlantiruvchi kuchi, iqtisodiy o‘sishni ta’minlovchi iqtisodiy vositadir. 
Bu yerda pul shunchaki ulug‘lanmaydi, hatto u fetishlantiriladi, ya’ni 
uningsiz hech qanday iqtisodiy faoliyat yo‘q, u mo'jizaviy qudratga ega.
M. Fridman ta’kidlaydiki, erkin va xususiy tadbirkorlik o‘rtasida ichki 
aloqadorlik, bog‘liqlik mavjud, faqat iqtisodiy erkinlik sharoitidagina pul 
vositasida iqtisodiy samaradorlikka erishish mumkin; davlatning 
iqtisodiyotga aralashuvi bu erkinlikni buzadi, iqtisodiyotning o‘z qonunlari 
vositasida o‘z-o‘zini tartiblashtirishga to‘siqlik qiladi. Davlat faqat pul 
aylanishini nazorat qilib, baholarini va ishlab chiqarishning barqarorligini 
ta’minlab tursa bo‘ladi, bozorning o‘zi o‘z mexanizmi bilan iqtisodiy 
jarayonni tartiblashtiradi.
Monetaristik ta’limotga ko‘ra, pul muomalada yalpi talabni o'zgartirishga 
ta’sir etuvchi, hal qiluvchi vositadir. Pul massasi ortganda pulning odamlar 
aktivi tarkibidagi ulushi ham o‘sadi. Buning oqibatida odamlar bu ulushni 
qisqartirishga, ya’ni pul sarfmi kengaytirishga intiladilar. Bu esa narx- 
navoning va iqtisodiy faoliyatning o‘sishiga olib keladi. Va nihoyat, buning 
natijasida pullar odamlar o'rtasida qayta taqsimlanadi va iqtisodiyotda 
barqarorlik tiklanadi. Demak, muomalada pul miqdorining ko‘payishi ishlab 
chiqarish hajmining ortishiga xizmat qiladi. Pul miqdoriga nisbatan bunday 
qarashda Keyns fikriga o‘xshashlikni ko‘rish mumkin. Biroq Keyns bo'yicha 
muomaladagi pul miqdori foiz stavkasi vositasi orqali investitsion talabni 
oshiradi, demak iqtisodiy o‘sishni ta’minlab turadi. Fridman ta ’limotidagi 
o‘ziga xoslik shundaki, jami talabning o‘sishi ishlab chiqarish hajmining 
qisqa muddatlarda o‘sishiga ta’sir qiladi, uzoqroq muddatda esa u baholar 
darajasiga ta’sir etadi. Biroq yalpi milliy mahsulotga ta’sir ko‘rsatmaydi. 
Bu pulning miqdoriy ta’limotidagi yangicha talqindir.
Monetarizm ta’limotiga ko‘ra, ulaming ilmiy tadqiqoti inflyatsiyaga
140


yo‘l qo‘ymaslik va iqtisodiy muvozanatni ta’minlashga qaratilgan. Fridman 
inflyatsiyani sof pul hodisasi deb qaraydi, uni bartaraf qilish uchun 
budjetning taqchilligini qisqartirish, kasaba uyushmalari faoliyatini 
cheklash, aholining to‘la bandligi siyosatidan voz kechish tadbirlarini 
qo‘llashni tavsiya etadi. Shuningdek, buning uchun Markaziy bankning 
m u staq illig in i t a ’m in lash va qisqa m u d d atli m ak ro iq tiso d iy
tartiblashtirishdan voz kechish kerak. Pul miqdorining o‘sishi yalpi milliy 
mahsulotning real ko‘payishiga olib borishi darkor. Bunday holat «monetar 
qoida» nomini olgan edi. Yana shu narsa qoidaga kirishi kerakki, pul 
emissiyasi bir maromda borishi lozim. Shunda inflyatsiya cheklanishi
barqarorlik ta’minlanishi mumkin.
Monetarizm ta’limotiga ko‘ra faqat Markaziy bankkina ishlab chiqarish 
bilan muomaladagi pul miqdori o‘rtasidagi bog‘liqlikni ta’minlab turadi. 
Bu ikki omilning nisbati quyidagicha tavsiflanadi:
Hg • Ihq Pm • Pt
Bu yerda: Hg — bozordagi narx darajasi;
Ih — ishlab chiqarish hajmi;
Pm — muomaladagi pul miqdori;
Pt- pul birligining harakat tezligi.
Monetaristlar keynschilardan farq qilib, aholini ish bilan to‘la band 
qilish orqali iqtisodiy o ‘sishni ta’minlab bo'lmaydi, buning uchun esa 
faqat pulga, uning massasiga pul muomalasiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadigan 
chora-tadbirlarni ko'rish kifoya qiladi, iqtisodiy o‘sishga eng samarali, 
xavf-xatari kam vosita pul massasini ma’lum me’yorda (yiliga 3-5 foizga) 
oshirib borishdir, deydilar. Ular bu tavsiyaning ilmiyligini uzoq yillardan 
buyon pul emissiyasi sohasidagi kuzatishlar tasdiqlashini uqtirishadi. Bu 
masaladagi me’yor shuki, pul massasining ko‘payishi iqtisodiyotda mehnat 
unumdorligining o‘sishidan 1-2 foiz yuqoriroqbo‘lishi kerak degan fikmi 
bildirishadi.
Monetarizm ta’limotchilari fikricha, iqtisodiy rivojlangan mamlakat - 
larda odamlarning iste’mol qilish darajasi ancha yuqorilashib ketgan, 
shuning uchun ularning iste’mol uchun sarf-harajatlarida ham unchalik 
tez o‘zgarish kuzatilmaydi, ular pul sarflarini o'zgarishini rejalashtirishadi. 
Oqibatda pul harakatidagi tezlik ham ishlab chiqarishning hajmi ham 
sekin o‘zgaradi. Ular ijtimoiy-iqtisodiy sohada pul miqdoridagi o ‘zgarish 
bilan narx darajasidagi o‘zgarish o‘rtasida bog‘liqlik mavjudligini nazarda
141


tutib, quyidagi xulosani chiqarishgan: bozordagi narx-navo muomaladagi 
pul massasiga bevosita bog‘liqdir, narx shunday vositaki, u talab va taklifga 
bevosita ta’sir etish orqali iqtisodiy o‘sishni rag'batlantiradi, talab va 
taklif muvozanatini ta’minlaydi, bu o ‘z navbatida, iqtisodiyotdagi muta- 
nosib taraqqiyotni belgilaydi.
Ushbu nazariyaning kamchiligi shunda ediki, u iqtisodiy o ‘sish bilan 
bog'liq qarashlarni inkor etadi. Masalan, davlatning iqtisodiyotga 
aralashuvini tanqid qilish orqali obyektiv ravishda ishsizlikni ko‘paytirishga 
turtki beradi, ish kuchi potensialidan foydalanish darajasini pasaytirib 
yuboradi, ishsizlik va inflyatsiyani ijtimoiy muammoga aylanishiga sababchi 
bo‘ladi. To‘g‘ri, monitarizm o‘z davrida ijobiy rol o‘ynaydi, u davlatning 
iqtisodiy siyosati darajasiga ko‘tarildi.
Monetaristlar va keynschilar uchun umumumiy kamchilik shunda 
bo‘ldiki, ular ko‘proq iqtisodiy omillarning ta’sirini ilmiy tahlil qildilar, 
ijtimoiy omillar ta’sirini, ulaming iqtisodiy o‘sishga olib keluvchi kuch 
ekanligini inobatga olmadilar. G ‘arb mamlakatlarning ijtimoiy-iqtisodiy 
hayotidagi mavjud sobiq sotsialistik tuzum bilan .raqobatliligi sharoitida 
aholining ijtimoiy ahvolini yaxshilashga, ijtimoiy sohalami investitsiya- 
lashga urg‘u beriladi bozor iqtisodiyotiga asoslangan tuzumning g‘olib 
chiqishiga xizmat qildi. Monetarizm ta’limotidan kelib chiqadigan xulosa 
shuki, iqtisodiy o'sish va barqarorlik muammolarini tatbiq qilishda bir 
taraflama yondashuv foyda bermaydi, aksincha, ko‘p omillik konsepsiyasi 
ta’sirini nazarda tutmoq kerak. Prezidentimizning « 0 ‘zbekiston iqtisodiy 
islohotlami chuqurlashtirish yo‘lida» asarida bozor iqtisodiyoti sharoitida 
iqtisodiy o‘sish va makroiqtisodiy barqarorlikning chuqur asosi bo‘lib 
iqtiosdiyotda mb tarkibiy o‘zgarishlar qilish siyosati xizmat qilishi uqtiriladi. 
Bu nazariy xulosa o‘zining ijobiy samarasini berayotganini mamlakatimiz 
misolida ko‘rish mumkin. Zero, keyingi yillarda makroiqtisodiy ko‘rsatkich- 
lardagi barqaror o ‘sish tendensiyasi fikrimizni tasdiqlaydi. Prezidentimiz 
o‘zining yuqorida zikr etilgan asarida monetarizm nazariyasiga ortiqcha 
baho berilganligi xususida to‘xtalib, shunday deb yozgan edi:
«Binobarin monetarizm hech qachon ishlab chiqarishni tanglikdan 
olib chiqishga qodir bo‘lgan yagona yo‘naltiruvchi va hal qiluvchi kuch 
bo‘lgan emas.
Baraarorlashtirish dasturini ishlab chiaish choe‘ida ana shu aattiq 
monetarizmga tavanmaslik kerak. Balki muvozanatea keltirilean monetar 
sivosatni asosiy tarmoalarni va ishlab chiqarishni tarkiban aavta tashkil 
ailishni ao ‘llab-auwatlash sivosati bilan birga ao‘shib olib borishi zarur.
142


Eng asosiysi, aniqlab olingan ustuvor yo'nalishlardan kelib chiqib, bosh 
strategik yo‘lni belgilab olishdan va makroiqtisodiy siyosatni yo‘lga 
qo‘yishdan iborat». Yana shu narsa ham ta’kidlanadiki, albatta valyuta 
iqtisodiy barqarorlik, korxonalar moliyaviy ahvolini mustahkamlash, 
aholini ijtimoiy himoya qilish va iste’mol bozorining kuch omili bo‘lishda 
muhim vosita bo‘lib xizmat qiladi.

Download 5.44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   143




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling