Ldoshev, Q. Muftaydinov, V. Abdurahmonov
Sotsial-institutsionalizm ta’limoti
Download 5.44 Mb. Pdf ko'rish
|
Iqtisodiy ta\'limotlar tarixi. Yo\'ldoshev Q.Muftaydinov Q
2. Sotsial-institutsionalizm ta’limoti.
Iqtisodiy ta’limotlar tarixida vujudga kelgan' nazariyalami tahlil qilish shuni ko'rsatadiki, ulaming barchasi iqtisodiyotga barqarorlik baxsh etish va uning o‘sish sur’atlarini ta’minlashga qaratilgan. Faqat iqtisodchilar bu pirovard maqsad uchun omil tanlashda, yondashuvda bir-birlaridan farqlanishadi. Ana shunday ta’limotlardan biri sotsial- institutsionalizmdir. Unga AQSH olimlari- A. Veblen, J. Kammons, U. Mitchell, J. Gelbrayt, R. Xeylbroner, A. Grachi, U. Rostou kabi iqtisodchi-sotsiologlar asos solishgan. Ularning umumiy fikri shuki, iqtisodiyotga yangi kuch, o ‘sish sur’atlari baxsh etadigan omil institutlardir, ya’ni turli ijtimoiy-iqtisodiy muassasalardir. Ular bu institutlarga oilani, korporatsiyani, xayriya jamg‘armalarini, iste’molchilar jamiyatini, kasaba uyushmalarini, turli klublami, boshqaruvchilar guruhlarini kiritishadi. G o‘yo bu muassasalar faoliyatida jamiyatning turli toifalarining urf-odatlari, an’analari, axloqi, fe’l-atvori, dunyoqarashlari namoyon bo‘ladi; iqtisodiyot kategoriyalari, iqtisodiy munosabatlar ijtimoiy psixologiya ko‘rinishida tahlil qilinadi. Ular odamlarning iqtisodiy faoliyatida hal qiluvchi ahamiyat kasb etmaydi, mulkiy munosabatlarning o‘rni va roli ham inkor etiladi. Ushbu ta’limotning «institutsionalizm» deb atalishini XX asr boshlarida Amerika iqtisodchisi U. Gamilton taklif etgan. Institutsionalistlar sotsiologiyani siyosiy iqtisod bilan bog‘laydilar, iqtisodiy nazariyani sotsiologik kategoriyalar bilan bog‘laydilar. Ularning fikriga ko‘ra, an’analar, urf-odatlar ijtimoiy - iqtisodiy rivojlanishning birlamchi asoslaridir, real iqtisodiy munosabatlar esa ularga nisbatan ikkilamchidir, odamlarning tafakkuri, qarashlari, urf-odatlarining ko‘rinishidir. Sotsial-institutsionalizm tarafdorlari maijinalizm ta’limoti metodo- logiyasini, uning asosiy g‘oyalarini tanqid qiladilar va inkor etadilar. Ularning fikricha, neoklassik ta’limot iqtisodiy muammolarni tor doira bilan cheklaydi, ya’ni faqat bozor iqtisodiyoti o‘z-o‘zini tartibga soluvchi mexanizm deb qarab, iqtisodiyotni sotsial munosabatlardan ajratib talqin 143 |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling