markazlashtirib olgach, odamlarda jamiyat va oila oldidagi mas’uliyat
yo‘qoladi. Demak, davlatlashtirish vositasida daromadlami qayta taqsimlash
siyosati amalda milliy daromadni boylardan kambag‘allarga emas, ulardan
davlatga va korporatsiyaga taqsimlanishga olib keladi. Natijada yalpi sinf-
davlat amaldorlari va menejerlar shakllanib, jamiyatning imkoniyatlari
ulaming qo‘liga o ‘tadi.
Albatta, klassik liberalizm o ‘zgarishsiz qolmadi. U jamiyatdagi turli
oqimlar, qarashlar, g‘oyalar ta’sirida o ‘ziga xoslik, yangilanish kasb etib
bordi. Ana shunday yangi liberalizm oqimidan biri- «sotsial bozor xo‘jaligi»
g‘oyasidir. Unga ko‘ra, bozor shunday ajoyib adolatli erkin mexanizmdirki,
u talab va taklif qonuni ta’sirida narxlarni shakllantiradi, ya’ni bozor
narxini vujudga keltiradi, u esa resurslami kerakli, samara beradigan
jabhalarga qarab taqsimlaydi. Faqat erkin bozor narxi vositasidagina bozor
muvozanatiga erishiladi.
LiberaUzm nazariyasi, umuman iqtisodiyotni tartiblashtirishga qarshi
emas. Faqat bu vazifani davlat emas, bozor va undagi narx bajargani
ma’qul. Liberalizmda sotsial-institutsionalizm ta’siri ham yo‘q emas. Bu
ta’sirni, shunda ko‘rish mumkinki, go‘yo bozor iste’molchi uchun
rag‘batlantiruvchi kuchga ega, u iste’molchiga o ‘z talabini qondirish uchun
148
tanlab olish imkoniyatini beradi. Iste’molchining rag‘batlantirganligi
tufayli iqtisodiy o ‘sish ham barqaror tus oladi.
Nazariya tarafdorlari iqtisodiyotning me’yoriy ko‘rsatkichi sifatida
«iqtisodiy hayotning sotsialligi» (ijtimoiylashuvi) darajasini ilgari suradilar.
Buning ma’nosi shuki, iqtisodiy o ‘sish va barqarorlikka faqat iqtisodiy
Do'stlaringiz bilan baham: |