3. Liberalizm ta’limoti
XX asming iqtisodiyot ta’limotlari tarixiga kirgan ta’limotlaridan biri
liberalizmdir. U 1920-1930- yillarda, awalroq, Angliyada (F. Xayek),
so‘ngra M. Fridman va V. Oyken tomonidan ishlab chiqildi. «Liberalizm»
- erkinlik, erkin faoliyat ma’nolarida qo‘llaniladi, u o ‘z nomiga monand
erkin iqtisodiy faoliyatga keng yo‘l berish, iqtisodiyotda bozorning
boshqaruv-chilik roliga yo‘l qo‘yib iqtisodiy muvozanatga erishishni maqsad
qilib qo‘yadi. Bu nazariya ilmiy jihatdan keynschilikka muholifat,
monetarizmga monandroq, yaqinroq turadi.
Liberalizm ta’limoti uning yirik vakili F. Xayek asarlarida rivojlantirildi.
U o ‘z tadqiqotlarini iqtisodiyot muammolari bilan birga falsafiy, tarixiy,
huquqiy, psixologik masalalari doirasida olib bordi. U o ‘z e ’tiborini
iqtisodiyot sohasida pul muomalasi, iqtisodiy sikl, ishsizlik, davlatning
iqtisodiyotdagi o‘mi kabi masalalarga qaratdi. U faqat bozor mexanizmigina
iqtisodiy rivojlanish va barqarorlikni ta’minlaydi, davlatning iqtisodiyotga
aralashuvi faqat qisqa muddatlardagina iqtisodiy o'sishga olib kelishi
mumkin, uzoq kelajak uchun u faqat inflyatsiya va ishsizlikka giriftor
qiladi, degan fikrda qat’iy turdi. F. Xayek o‘zining «Qullikka yo‘l» asarida
sotsializmga, undagi rejali iqtisodiy boshqaravga qattiq qarshi chiqdi va
ta’kidlaydiki, agar jamiyat utopik sotsializm g‘oyalariga ergashar ekan
oqibatda u «qullikka yo‘l oladi». Faqat hozirgi zamon bozor iqtisodigina
sivilizatsiyaga olib keladi, iqtisodiy erkinlikni cheklash jamiyatni siyosiy
va ijtimoiy tutqunlikka olib boradi, deb ta’lim beradi.
U davlatning iqtisodiyotga aralashuvi oqibatlari nimalarga olib kelishini
asoslashga harakat qildi. Uning fikricha, daromadlar va boylikni davlat
Do'stlaringiz bilan baham: |